98
Rasm ustida ishlash. Rasmni bolalar kuzatgach, o`qituvchi rasmda nimalar
tasvirlanganini so`raydi.
Rasmda nimalarni ko`ryapsiz?
Unda qaysi fasl tasvirlangan?
Kuz faslidan tashqari yana nechta fasl bor?
Kuz faslga qaysi oylar kiradi?
4. Yangi mavzu:
OLTIN FASL.
Mavzuni o`qituvchi o`qib beradi va mazmunini gapirib beradi. O`quvchilarga 2 ta
gapdan o`qitish.
5. Lug`at ustida ishlash:
Ser – bisot, ko‘p
Qoya – tik tog`
Manzara - ko`zga tashlanib turadigan joy
Iste`mol
- yeyish, ichish
Issiqsevar - issiqni yaxshi ko`radigan qushlar.
6. Qayta o`qish va so`zlashga o`rgatish.
Sinf o`quvchilari mavzuni navbati bilan ifodali o`qiydilar va mazmunini
gapiradilar.
7. Savol – javob o`tkazish:
1. Kuz faslida tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
2. Kuzda qaysi qushlar boshqa o`lkalarga uchib ketadi?
3. Kuzda jonivorlar hayotida ro`y beradigan o`zgarishlar to`g`risida nimalarni
bilasiz?
4. ―Kuz‖ fasli haqida qanday she`r va maqollarni bilasiz?
5. Kuz fasliga qaysi oylar kiradi?
8. ―Oltin fasl‖ mavzusi savol va topshiriqlar orqali mustahkamlanadi:
1) Aqliy hujum asosida mustahkamlash
.
- Kuz fasliga oltin fasl deb nomlanishining sababini ayting?
- Kuzdagi ob-havoni ayting?
99
- Kuzdagi kishilar mehnati haqida gapiring?
2) “Ring – bo’rd” o’yinidan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: