6
I bob. NEFT, GAZ VA KONDENSATNI TAYYORLASHNI O’RGANISH
1.1.Tabiiy gazlarni qayta ishlashga tayyorlash
Tabiiy yoqilg‘i gazlar metan qatori uglevodorotlari aralashmasini o‘zida
namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar
(vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar – geliy va
argon) bo‘ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug‘laridir.
Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni shartli ravishda uch
guruxga bo‘lish mumkin:
I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning
miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo‘ladi.
II guruhga propan, izobutan va n–butan kiradi. Bu uglevodorodlar normal
sharoitda gaz ko‘rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatga o‘tadi.
III guruhga izopentan, n–pentan, geksan va biroz yuqori molekulali
uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda bo‘lib, benzin
tarkibiga kiradi.
Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon
komponentlar va namlikni yo‘qotish, so‘ngra bu gazlardan I va II guruh
uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir.
Ma’lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko‘ra ularni uch guruhga
bo‘lish mumkin:
1.
Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo‘lgan bo‘lib tarkibida juda oz miqdorda
suyuq uglevodorod saqlagan gazlar;
2.
Yo‘ldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar;
3.
Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil
bo‘ladigan gazlar.
Tabiiy gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yoqilg‘i sifatida
keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqarishda xom
ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Bu maxsulotlar asosan vodorod, atsetilen, formaldegid,
xloroform va boshqalar.
7
Yo‘ldosh gazlar kommunal extiyojlar va avtotransportlarda yoqilg‘i uchun
qo‘llaniladi, shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida ham
foydalaniladi.
Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod
gazlari hosil bo‘ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko‘ra bir–biridan
farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda
to‘yinmagan uglevodorodlarga boy bo‘ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va
butilenlar miqdori ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Tabiiy gazlarni qazib chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz gidratlari hosil
bo‘ladi.
Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil
uglevodorodlar – metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki
oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga
egadir:
.
6
;
6
;
6
;
17
;
17
;
8
;
6
2
2
2
2
2
2
2
10
4
2
8
3
2
6
2
2
4
O
H
CO
О
Н
N
О
Н
S
Н
О
Н
Н
С
i
О
Н
Н
С
О
Н
Н
С
О
Н
СН
Gidratlar ko‘rishini – oq kristal moddalar bo‘lib, hosil bo‘lish sharoitiga
ko‘ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o‘xshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida
suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to‘la bo‘ladi, kichik
qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo‘ladi.
Gaz gidratlari hosil bo‘lishi kuvurlar va jihozlarda tiqinlar tufayli ko‘ndalang
kesim yuzasi kichrayishiga olib keladi.
Neft va gaz sanoati korxonalarida gazlarni quritish va ingibirlashni turli
sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo‘lishiga qarshi kurashda
ingibirlash usuli (gaz oqimiga ingibitor kiritish) keng qo‘llaniladi. Bu usulning
mohiyati shundaki, bunda nam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi
va natijada suv bug‘lari bosimi hamda gidratlar hosil bo‘lish temperaturasi
pasaytiriladi. Ingibirlash hisobiga gidratlar hosil bo‘lish temperaturasi
pasaytirilishini Gamershmidt tenglamasi yordamida aniqlash mumkin:
Δt = 0,556 K/M ∙
w
/100 -
w
8
bu yerda Δt- ma’lum bosimdagi gidratlar hosil bo‘lishni pasayish
temperaturasi,
0
С;
w-
ingibitor massa ulushi,%; К-o‘zgarmas (metanol uchun
К=2335; glikollar uchun К=4000); М- ingibitor molekulyar massasi.
Gidratlar hosil bo‘lishiga qarshi ingibitorlar sifatida metanol va gazlarni
quritishda glikollar keng qo‘llaniladi. Metanol (СН
3
ОН) – metil spirti bo‘lib, gaz
oqimiga kiritilganda suv bug‘larini yutadi va ularni past muzlash haroratidagi suvli
spirt eritmasiga o‘tkazadi.
Glikollar ham suv bug‘iga to‘yingandan keyin separatorlarda ajratiladi va
so‘ngra qayta tiklanadi.
Ingibitorlar sifatida kalsiy xlor (CaCl
2
) eritmasi va litiy xlor ham ko‘p
qo‘llaniladi. Gidratlar hosil bo‘lishini oldini olishni yanada samarali usuli bu
gazlarni quritishdir, bunda namlik miqdori keskin kamayadi.
Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorlarning quritishni keng tarqalgan usullari
mavjud:
- suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etil glikollar)
- qattiq yutuvchilar – (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar)
sintetik seolitlar va boshqalar.
Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni kuritish kenga
qo‘llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo‘llash ikki ko‘rinishda
bo‘ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion .
Dostları ilə paylaş: |