O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Bop II. 2.1.Arxeologiya XVIII asr XIX asrdagi rivoji



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

Bop II.
2.1.Arxeologiya XVIII asr XIX asrdagi rivoji. 
Arxeologiya keyingi rivojlanishi yevropadagi si
ё
siy va iqtisodiy rivojlanishlar 
bilan bog’liq. Jumladan Frantsiyadagi revolyutsiya, Napoleon urushlari, boshqa 
davlatlarda ham boshlangan burjua revolyutsiyalari, kapitalistik munosabatlarning 
rivojlanishi, ayniqsa transport vositalarini, sanoat korxonalarining rivojlanishi va 
h’.k. arxeologiyani rivojlanishiga olib keldi. Yevropadagi davlatlar qadimgi Rim 
Respublikasi si
ё
siy tuzum sifatida, davlat shakli sifatid ideal tuzum ekanligini 
tushundilar va nihoyat Fransiyada ham aynan shunday davlat tuzildi. 
General Napoleon Bonapartning Misrga qilgan ekspeditsiyasi natijasida Sharq 
mamlakatlariga ywl ochildi. Misrga Napoleon bilan birga juda kwplab talantli 
olimlar h’am kelishgan edi. Burjuaziyaning rivojlanishi arxeologiyani rivojiga 
h’am katta tasir etdi. Napoleonning Misrda qilgan dastlabki ishlaridan biri bu yerda 
Misr institutini ochilishi bo’ldi. 


32 
Bu davrda Yevropada ibtidoiy davr arxeologiyasi rivojlandi. Sanoatni 
rivojlanishi natijasida temir ywllarni qurilishi, avtomobil ywllarini qurilishi, suv 
tegirmonlari, shamol tegirmonlarini qurilishi kabi ishlar boshlanishi munosabati 
bilan shu qurilishlar olib borilgan joylarda juda kwplab ibtidoiy davr 
ё
dgorliklari 
ochildi. 
XIX asrdan boshlab «buyuk arxeologik kashfi
ё
tlar» davri boshlanadi. 
Napoleonni Misrga olib borgan olimlari ichida Denon degan juda talantli, ziyrak 
olim bor edi. U juda qisqa vaqtda butun Misrni kezib chiqdi va juda h’am kwplab 
arxitektura obidalariga 
ё
zilgan 
ё
zuvlarni nusxasini oldi, boshqalarini chizma 
nusxasini tushirdi, turli topilmalarni sotib oldi va twpladi. 
Misrning turli qismlarida toshdan qurilgan ibodatxonalar, maqbaralar, turli 
haykallarning ostonasi toshlavh’alar bilan twla edi. Shunday topilmalardan biri 
Rozetta qishlog’idan topilgan yozuvli bazalt toshi bo’lib, unda uch xil tilda 
qadimgimisr tilida - ieroglifda, yangi misr tilida - demotik yozuvida va grek tilida - 
grek alifbosida yozilgan edi. Keyinroq aniqlanishicha, har uchta yozuv bitta 
narsani ifodalar edi. U ham bo’lsa kohinlarning Ptolemey V Epifap (mil. il. 196 y.) 
sharafiga chiqarilgan farmoishi edi. Rozetta qishlog’idan topilgan tosh lavh’aning 
uch tilda bitilganligi va uning bir tomonida grek tilidagi nusxasini ham borligi 
sababli qadimgimisr, hamda yangimisr tilidagi nusxalarini o’qish uchun kalit bwlib 
xizmat qildi. 
Misrning qadimgi yozuvlarini yoqish albatta juda qiyin edi. Ammo Fransuz 
olimi Fransua Shampolon (1790-1832) ning juda ko’p tillarni bilishi tufayli va 
Rozetta topilmasidagi uch tilda yozilgan yozuvlar tufayli Misr ierogliflarini 15 ta 
belgisini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. Shu 15 ta belgini aniqlash usuli keyingi 
qadimgimisr ierogliflarini tadqiq etish uchun katta baza bo’lib xizmat qildi. 
Frantsiya ekspeditsiyasi davrida Misr yodgorliklaridan juda yaxshi 
kollektsiyalar to’plandi. Biroq Amen tinchlik bitimiga ko’ra bu topilmalarni 
hammasi, shu bilan birga Rozetta qishlog’idan topilgan toshlavha ham Angliya 
ixtiyoriga berildi. Ammo Fransiyada hamma topilmalarning chizmalari, 
yozuvlardan kwchirmalari bwlganligi tufayli bu erda 1808-1813-yillarda Misr 
topilmalarini jamlagan 12 tomdan iborat tablitsalar va 24 tomdan iborat matnli 
kitob chiqarildi. 


33 
Shampolondan keyin Fransiyaga kelib katta ishlar qilgan yirik nemis olimi 
Lepsius (1810-1884) edi. Lepsius Shampolonga nisbatan o’zining juda aniqligi va 
ziyrakligi bilan ajralib turar edi. U Misr topilmalarini o’rganishga juda ham 
aniqlik, albatta uslubiy jih’atdan to’g’ri yondashdi. Har bitta topilmadan qanday 
informatsiyani olish mumkin bo’lsa, maksimal darajada oladi. Misrning Memfis 
shahri yaqinida u yaqin yarim yil qolib ketadi va u erda 67 ta piramidani, yaqin 
130 ta mozor-maqbarani tadqiq qiladi. U birinchi martta shu topilmalarga 
asoslanib turib Misrni davrlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Misr, Efiopiya, Sinay 
yarim oroli xududlarini ko’p tomli yodgorliklari nomli kitoblarni nashr etdi. 
Lepsius tomonidan to’plangan arxeologik materiallar keyinchalik o’zi direktori 
bo’lgan Berlin arxeologiya muzeyiga topshirildi. 
Yevropaliklar umun Mesopotamiya tarixi to’g’risidagi ma’lumotlar juda ham 
kam edi va ular har bir yangilikni juda ziyraklik bilan kuzatib turishar edi. Shu 
bilan birga Misrga borgan Yevropaliklar toshdan yasalgan piramidalarni, mavzoley 
va makbaralarni ko’rishgan bo’lishsa, Messopotamiyada bunday narsalar umuman 
yo’q edi. Bu erdagi qurilishlar asosan g’ishtdan, ko’p hollarda xom g’ishtdan, juda 
kam hollarda pishiq g’ishtdan bo’lar edi. Shuning uchun qadimda juda ulug’vor 
bo’lgan shaharlar ham ko’proq xom g’isht bilan ko’tarilgan bo’lganligi uchun ular 
tashlab ketilgandan keyin oddiy jonsiz dashtdan farqi bo’lmay qoldi. 
Mesopotamiya tarixini assurologiya yo’nalishini o’rganishni boshlab bergan 
olim Klavdiy Djems Rich (1784-1821) bo’lib, aslida kelib chiqishi frantsuz, ammo 
Angliyada yashab inglizlarni Ost-
Đ
nd kompaniyasini Bag’doddagi vakili bo’lib 
ishlagan. U Mosulda bo’lgan payitda mahalliy aholining xotirasida qolgan 
rivoyatlarda eslatiladigan Nineviyani asoslagan podshoh Nimrod to’g’risida 
so’raganda mahalliy arablar o’sha shaharning o’rnini ko’rsatishadi. Ammo Rich bu 
yerni qazib ko’rgani bilan hech narsani topa olmaydi. Lekin keyinroq ma’lum 
bo’lishicha Rich Nineviyani o’rnini juda aniq aniqlagan ekan. U qazishmalar olib 
borgan davrda sopoldan yasalgan plitalarni to’playdi. Bu topilgan plitalar 
Ashurbanipal kutubxonasini klinopis yozuvli kutubxonasining birinchi hujjatlari 
ekanligi aniqlangan. 
1942-yilda Fransiyaning Mosuldagi konsuli Emil Botta Dur-Sharrukin shahri 
yaqinidagi Xosrobod qishdog’idagi tepani qazib ko’rganda Assuriya podshosi 


34 
Sargon (mil.il. 722-705yy.) ning saroyini topadi. Sargon saroyi - saroy zallari, 
ichki hovli, ibodatxona, zipapoyasimon burj, omborxonalar, oshxona, vino 
saqlaydigan xonalar, otxona topilgan. Saroylarning devorlari yozuvli va bo’rtma 
usulda ishlangan barelef tasvirli plitalar bilan qoplangan edi. Ayniqsa juda yirik 
qilib ishlangan, yuz qismi odam, qolgan qismi besh oyoqli qanotli buqa tasviri 
tushirilgan haykal, Gilgamesh va Enkichu dostonidagi qahramon Gilgameshning 
bir qo’lida o’ldirilgan sherni, ikkinchi qo’lida gurzini ushlab turgan tasvir 
hammani hayratga tushirdi. 
Đ
ngliz Genri Leyyard Nineviyani topishga muvaffaq bo’ldi. U faqat bitta 
emas, balki bir nechta Nineviya podsholari saroylarini topdi. Ularning ichida eng 
mashhuri Ashshurbanapal kutubxonasi bo’lib, 20000 ortiq sopol taxtachalariga 
yozilgan matematikaga, astronomiyaga, meditsinaga, tarixga, grammatika va 
boshqa fanlarga doir asarlar bor edi. Bundan tashqari davlatning qonunlari, 
buyruqlari, xatlar, xabarlar, xo’jaliklarning daromadlari va hisobotlari, arznomalar 
va iltimoslar, sud qarorlari, shartnomalar, uylarni oldi-sottisi, erlar, qullar, qarz 
olib, qarz berish to’g’risidagi, xullas juda ham ko’p hujjatlar bor edi. 
Baxtga qarshi Rich ham, Botta ham, Leyyard ham nemis olimi Lepsius kabi 
arxeolog-olim emas edilar. Shuning uchun qazishmalar davrida qazish uslublarini, 
ayniqsa topilmalarni ahamiyatini tushunib yetmaganliklari sababli ularni juda 
ko’plari, shu jumladan sopol-taxtachalardagi hujjatlar yo’qotildi. 
Arxeologik qazishmalar XIX asrning birinchi yarmida Suriyada, Kichik 
Osi
ё
da va Falastinda ham oz bo’lsa ham davom etdi. Xuddi shu davrdan boshlab 
Gretsiya xududida xam qazishmalar boshlanib, Qadimgi Elladaning klassik 
materiallarini olishga muvaffaq bo’ldilar. Malumki, Yevropalik olimlar 
Gretsiyaning qadimgi materiallari bilan faqat Frantsiyadagi nusxalarga qarab turib 
fikr yuritilar edi. 
Đ
lgari varvarlarcha qazishmalar olib borilgan Pompey shahrini to’liq o’rganish 
uchun qazishmalar boshlab yuboriladi. Endilikda shaharning turli qismlarida 
alohida-alohida chuqurlar qazib faqat topilmalarni sug’urib olish emas, balki katta 
maydonlarda qazishmalar olib borilib, faqat yaxshi topilmalar emas, balki har bitta 
buyumning holati to’g’risida batafsil malumotlar yig’dilar va natijada butun boshli 
shaharni kundalik hayoti, xalqning kundalik turmushi to’g’risidagi ma’lumotlarni 


35 
olishga muvaffaq bo’ldilar. Antik davrning kichik shahrini to’liq ochishib, uni 
kundalik hayotini har tomonlama o’rgandilar. 
XIX asrning 20-yillarida Vulche shahri yaqinidagi Etruriyadagi miloddan 
ilgarigi VIII asrlarga oid qabristonda nemis olimi Eduard Gergard qazishmalar 
o’tkazib, bu erdagi qabrlardan 20000 ortiq suratlar tushirilgan vazalar topildi. Bu 
olimning qilgan katta ishi o’sha 20000 surat tushirilgan vazalarni topganligi emas, 
balki o’sha vazalarni davrlashtirganligi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Eduard 
Gergard ellinlar davri vazalaridagi suratlardagi ishlatilgan rang, suratning 
mazmuni, vazalarning shakllariga qarab turib bu vazalarni «gapirtirishga», ya’ni 
davrini aniqlashga majbur qildi. Bu ish shu darajada yaxshi amalga oshirilgan 
ediki, hatto shu payitga qadar arxeologlar sur’at solingan vazalarni topib olsalar, 
uning aniq davrini aniqlash uchun Eduard Gergardning XIX asrda amalga oshirgan 
davrlashtirishiga murojaat qiladilar. Aynan Edvard Gergardning qilgan bu ishi 
arxeologik topilmalarni davrini aniqlash uslublarini kelib chiqishidagi bir katta 
bosqich edi. 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə