Pedagog xodimlardan dars tahlili daftarini talab qilish qanchalik toʻGʻRI?



Yüklə 17,5 Kb.
tarix09.01.2023
ölçüsü17,5 Kb.
#98360
Tahlil daftar o‘qituvchi yuritmaydi


#Soʻragan_edingiz

PEDAGOG XODIMLARDAN DARS TAHLILI DAFTARINI TALAB QILISH QANCHALIK TOʻGʻRI?

#Savol
Men maktab direktoriman. Yaqinda hududiy xalq talimi boʻlimida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maktab pedagog xodimlar tomonidan dars tahlili daftari yuritilishini nazoratga olish lozimligi aytildi. Maktab rahbar xodimlari va oʻqituvchilar oʻzaro dars kuzatish daftarini yuritishga majburmi? Mutasaddilar tomonidan bunday hujjatlarning talab qilinishi qanchalik toʻgʻri?

#Javob
Tushunmovchiliklar boʻlmasligi hamda nima uchun ayrim mutasaddilar oʻqituvchilardan haligacha oʻzaro dars kuzatish daftarini talab qilayotganliklarini tushuntirib berish uchun, bu masalaga toʻliqroq yondashishga harakt qildik.

Taʼlim muassasalarida oʻqituvchilarning darslarini tahlil qilish yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligining 2010-yil 24-maydagi 122-sonli buyrugʻining 2-ilovasida “Umumtaʼlim muassasalarida darslarni kuzatish va tahlil qilish boʻyicha tartib” belgilab berilgan boʻlib, unga koʻra oʻquv yili davomida har haftada oʻqituvchilar tomonidan kamida 1 soat, maktab rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi metodistlari tomonidan kamida 1 soat, xalq taʼlimi boshqaruvi idoralari rahbarlari tomonidan kamida 2 soat dars tahlil qilinishi lozimligi belgilab berilgan edi.

2011-yilda esa Xalq taʼlimi vazirligining “Dars – muqaddas” tadbirini amalga oshirish boʻyicha uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu tavsiyada taʼlim muassasalari direktorlari, ularning oʻrinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, oʻqituvchilar tomonidan 1 soat oʻqituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilab berilgan edi.

❗️Xulosa qilishga shoshilmang!

Haqiqatdan ham pedagog xodimlardan 2020-yilga qadar oʻzaro dars kuzatish daftari talab qilingan. 2020-yilga kelib oʻqituvchilar juda koʻp qogʻozbozliklardan ozod qilindi. Shu qatori oʻzaro dars kuzatish daftari yuritish tartibi ham bekor qilingan.

Adliya vazirligidan 2020-yil 29-iyunda 3058-1 son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga muvofiq oʻzaro dars kuzatish daftarini yuritish tartibi bekor qilingan.

Yaʼni, ushbu yoʻriqnomaga muvofiq mumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlangan.

Oʻzaro dars kuzatish va tahlil qilish oʻqituvchining oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid tadbirlar qatoriga kirib, mazkur belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt boʻyicha hisobi yuritilmaydi.

Shunday ekan pedagog xodimlardan oʻzaro dars kuzatish daftarini talab qilish mutlaqo notoʻgʻri. Darslarni tahlil qilish oʻqituvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan jarayon hisoblanib, buning uchun ulardan hisobot talab qilish mumkin emas.


Umirov
Yüklə 17,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə