Pedagogik kompyuter dasturlari Reja : Pedagogik dasturiy vositalar Pedagogik didaktik talab va vositalar



Yüklə 292,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix18.04.2023
ölçüsü292,83 Kb.
#106096
1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyeva Ozodaxon

1.
 
Mualliflik dasturlari 
Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim 
tizimlarida turli o`rgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. 
O`rgatuvchi ko`rgazmali dasturiy 
vositalar mualliflik dasturiy 
ta`minotlari 
yordamida 
yaratiladi. 
Ta`lim 
jarayonida 
bunday 
dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi 
auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va 
vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, 
o`zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari 
yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun 
mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni 
samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, 
zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida qo`llaniladi. 
Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish 
juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan 
foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish 
hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida 
mualliflik dasturiy ta`minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. 


Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe 
Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz 
mumkin. 
Articulate 
Storyline 
kurslar 
yaratish 
uchun 
mo`ljallangan eng mashhur 
dasturlardan biri bo`lib, u 
moslashuvchan, foydalanishda 
qulay va turli maqsadli kurslar 
yaratish 
uchun 
ishlab 
chiqilgan. 
Articulate 
Storyline — 
uch 
utilitli 
(Presenter, 
Quizmaker, 
Engage) paket, o`rgatuvchi 
kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda 
ko`rish va masofali ta`lim tizimlariga integrallanishi mumkin bo`lgan 
Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi. Dastur 
murakkab interfaol senariylarni amalga oshirish uchun deyarli cheksiz 
imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o`quv kursining murakkab interfaol 
senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni qo`llashni bilish 
shart emas — Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. 
Ushbu dasturning xususiyati oson o`zlashtirilishida, shuningdek, 
yaratilayotgan loyihalarning yorqin vizual uslubida: Articulate 
mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-learning muharrirlaridan 
ko`ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko`rinadi. Dastur Microsoft 
Office 2007ga o`xshash interfeysga ega, ishlab chiquvchilar, 
foydalanuvchilar, o`rganichlari oson bo`lishi maqsadida tashqi 
ko`rinishini PowerPointga maksimal o`xshashligini ta`minlangan. 
YUqorida 
buyruqlar 
to`plamidan 
iborat 
klassik 
Ribbon-panel 
joylashgan. 
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-
ob`yektlarni qo`yishni qo`llab-quvvatlaydi. Barcha ko`p tarqalgan video 
(flv, avi, wmv, mov, mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, 


aiff, ogg) formatlari importlanadi, bundan tashqari, Internetdagi 
rolikning HTML-kodini yoki veb-kameradan video-yozish, ovozni esa 
mikrofondan yozib qo`yish mumkin. SWF — roliklari ham muammosiz 
qabul qilinadi, bu esa boshqa multimediya muharrirlarining loyihalari 
bilan integrasiyalash bo`yicha cheksiz imkoniyatlarni ochadi. Veb-
sahifalar slaydlarda freymlar ko`rinishida aks etadi. Ulardan foydalanish 
mumkin va bu ham roliklarni loyihalash imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Adobe Captivate— Microsoft 
Windows va dasturiy ta`minotni 
namoyish 
etish, 
video-darslarni 
yozish, 
dastur 
simulyasiyasini 
yaratish, o`quv taqdimotlarni yaratish 
va .swf formatda turli testlarni 
yaratish uchun qo`llanilishi mumkin 
bo`lgan Mac OS Xning 5 versiyalari 
uchun 
elektron 
ta`limda 
qo`llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe 
Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga 
konvertasiya qilish imkoniyati mavjud. Dastur simulyasiyalarini yaratish 
uchun Captivateda chap va o`ng sichqoncha tugmasini bosish va 
klavishalarni 
bosish 
mumkin. 
SHuningdek, 
Adobe Captivateni 
skrinkastlarni, 
podkastlarni 
yaratish 
va 
Microsoft 
PowerPoint 
taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo`llash 
mumkin. 
Captivate 
yordamida 
dasturlarning 
interfaol 
namoyishlari, 
simulyasiyalar, yordamchi ma`lumotlar, skrinkastlar, o`yinlar va darslar 
yaratish va tahrirlash mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar 
ekrandan qilingan yozuvlarga nisbatan ancha kam joy egallaydi. 
Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga effektlar, faol nuqtalar, 
matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari mumkin. 
Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo`lish vaqtlarini 
tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o`tish, 
shuningdek, tashqi murojaatlarga o`tishni ta`minlashi mumkin. 
Captivate tasvirlarni, PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni 


loyihaga import qilishni qo`llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi 
materiallarni yaratish va namoyish etishning qulay vositasidir. Captivate 
keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: Microsoft PowerPointda 
yaratilgan taqdimotlar asosida o`quv materiallarni yaratish, monitordagi 
suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish imkoniyatli 
testlar yaratish. 

Yüklə 292,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə