Pedagogik kompyuter dasturlari Reja : Pedagogik dasturiy vositalar Pedagogik didaktik talab va vositalar



Yüklə 292,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix18.04.2023
ölçüsü292,83 Kb.
#106096
1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyeva Ozodaxon

 
2.
 
Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar 
(SCORM, TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish 
SCORM standart paketlari
:
SCORM (angl. Sharable Content Object 
Reference Model -birgalikda foydalanish uchun ob`yekt tarkibidagi 
namunali model. 
Bu o`quv materiallari orqali bilim oluvchining o`rganilayotgan 
o`quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini o`qitishni boshqaruvchi 
tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle)ga hisobot ko`rinishda 
yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo`lgan 
slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir 
slayd(bet)ni o`quvchi qancha vaqt davomida o`rganganligini, bu 


standartda (ya`niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o`quv kontentni 
boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi 
vaqtda mavjud bo`lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring 
tools) ko`pchiligi yaratiladigan o`quv kontentni aynan SCORM yoki 
AICC standarti ko`rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS 
tizimlari uchun elektron ta`lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API 
yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi 
Moodle tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish.
Moodle – 
Web muhitida o`qitish va on-line rejimdagi darslarni 
tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda 
mavjud o`qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, 
Exercises, Group work , Student tracking va ancha ko`p bo`lgan boshqa 
modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa 
standartlarni qo`llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa 
LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari 
mavjud bo`lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi 
hisoblanadi.
Ushbu majmuaning asosiy vazifasi o`qituvchi hamda ta`lim 
oluvchi o`rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga 
vazifa va masalalarni joylashtirish orqali ta`lim berish samarasini 
oshirish hisoblanadi. 
Hozirgi 
vaqtda 
dunyoning 
ko`p 
davlatlarining 
o`quv 
muassasalarida masofaviy ta`lim jarayonini aynan Moodle dasturiy 
majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda. 
O`zbekistondagi ko`plab ta`lim muassaslarida aynan virtual ta`lim 
muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib 
kelinmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini 
boshqaruvchi Web ga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, internet 
tarmog`ida foydalanishga mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq 
kodli dasturiy ta`minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun 
ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), 
PHP prosessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan 
server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan 


biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll 
Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror 
versiyasi moodle 2.5. 
Tizimning rasmiy internet manzili: 
http://www.moodle.org 
LMS/LCMS
tizimlari 
elektron 
ta`limni 
(masofaviy 
ta`lim 
jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. 
Bunday 
funksiyalarga 
o`quvchilarning(o`qituvchilarning, 
kurs 
yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ro`yihatga olishi, 
foydalanuvchilarni o`quv kurslardan chetlashtirish, o`quvchilarning 
mustaqil ta`lim olish muhitini yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning 
o`zaro individual yoki/va guruh bo`lib hamkorlikda ishlashini (Web2 
elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni 
boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va 
elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq 
turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni 
to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari 
kiradi), 
har-xil 
turdagi 
ijtimoiy 
so`rovlar 
tashkillashtirish, 
o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar 
(diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron 
kutubxonalar) 
tashkillashtirish, 
elektron 
o`quv 
resurslarini 
eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining 
(o`quvchilar, o`qituvchilar(tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) 
tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan 
tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan 
tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi 
operasion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning 
aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, 
o`qituvchi(tyutor) 
(yoki 
elektron 
kurs 
yaratuvchi 
pedagoglar) 
tomonidan elektron o`quv resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda 
SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron 
o`quv 
resurslarini
yuklashi, 
o`quvchilarning 
boshqa 
o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (CHat, Forum, videokonferensiya, 
umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar 
almashish moduli orqali) muloqatini tashkillashtirish, o`quv jarayonida 


bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar 
yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid 
operasiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish 
mumkin.

Yüklə 292,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə