Pedagogik konfliktologiyaning ilm sifatida shakllanishi va
rivojlanishi
Reja:
1. «Pedagogik konfliktologiya» haqida tushuncha.
2. «Pedagogik konfliktologiya»ning ilm sifatida shakllanishi.
3. «Pedagogik konfliktologiya» fanning o’ziga xos xusiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
Konfliktologiya, konflikt, qarama-qarshilik, situatsiya, foydali konflikt, zararli
konflikt, yakka odamlar o’rtasidagi konfliktlar, guruhli konfliktlar, jamoa
shaklidagi konfliktlar.
O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy mustaqilligini olgach ta:lim-
tarbiya tizimiga e:tiborni kuchayganligi ma:lum. Ta:lim-tarbiya tizimining
deyarli barcha sohalari yangilanib, taraqqiy topib hozirgi davr talabiga moslashib
kelmoqda.
Oliy o’quv o’rinlarining, jumladan, pedagogik institutlarning o’quv
fanlari qayta ko’rib chiqilib ancha yangi fanlar o’quv rejasidan joy olishga
muvofiq bo’lishdi. Shu fanlarning ichida «Pedagogik konfliktologiya» fani ham
mavjud.
Jamiyatimizning barcha sohalari kabi ta:lim tizimidagi talablarni yildan-
yilga kuchayib, ularga degan javobgarchilik ortib bormoqda. Ta:lim-tarbiya
paytida shuningdek, oila turmushida har qanaqa kelishmovchiliklar, qarama-
qarshiliklar, tushunmasliklar yuz beradi, ularni echish har qanday konfliktli
situatsiyalarning oldini olish muammolari bilan pedagogik konfliktologiya ilmi
shug’ullanadi. Pedagogik jarayonlarda paydo bo’lgan konfliktlarni echa
bilishimiz, shunday konfliktli vaziyatlarning oldini ola bilishimiz zarur. Bu esa,
ayniqsa, pedagoglar uchun zarur hisoblanadi. Pedagogik jarayonlarda har xil
vaziyatlar uchrashishi mumkin. Ular o’qituvchi va o’quvchi, o’quvchilar bilan
o’quvchilar o’rtasidagi konfliktlar bo’lib hisoblanadi.
Maktablardagi har qanday pedagogik konfliktlar tinch yo’l bilan
pedagogning boshchiligida echilishi va u konfliktlarni bo’ldirmaslikning oldi
olinishi zarur bo’ladi.
Maktablarda o’quvchilar o’rtasida yuz beradigan konfliktlar mazmuni
bo’yicha har xil bo’lishi tabiy. Maktablarda o’quvchilar o’quvchilar bilan
bo’lgan munosabatlarda muloqat tartibini buzib muloqatlar yasashi mumkin.
Natijada esa kelishmovchilik, bir-birini tushinmaslik vaziyatlaridan konfliktlar
kelib chiqadi. Maktablarda o’quvchilar doim pedagoglar nazoratida bo’ladi va
paydo bo’lgan konfliktlar pedagoglar boshchiligida o’z echimini topadi. Ba:zan
konfliktlar o’qituvchilar o’rtasida ham bo’ladi, bu esa bir-birini tushunmaslik,
biri-ikkinchisining psixik holatini hisobga olmasdan muloqat qilishidan kelib
chiqishi bo’lib topiladi.
Konfliktlar o’zlarining o’zgachaliklariga ega bo’lib oila a:zolari o’rtasida
ham uchraydi. Oila a:zolari o’rtasidagi konfliktlarning kelib chiqishining har xil
sabablari bo’lishi mumkin. Birinchi sababi er-xotinlar oila qurishga tayyor
bo’lmasligi mumkin, ular bir-birlarining shaxsiy o’zgachaliklarini hisobga
olmagan bo’lishi mumkin. Oiladagi paydo bo’lgan konfliktlarning bola ta:lim-
tarbiyasiga salbiy ta:siri bor. Shuning uchun ota-onalar o’z farzandlari o’rtasida
konfliktlarni bo’ldirmaslikka harakat qilishlari zarur. Yigit-qizlar turmush
qurmasdan oldin bir-birining shaxsiy psixik o’zgachaliklarini bilib, o’zlashtirib
bo’lib turmush qurishi ma:qul. Ota-bobalarimiz «Uylanish oson, uy bo’lish
qiyin»
−
deb bekorga aytmagan.
Ba:zi hollarda ota-onalar bilan bolalar o’rtasida ham konfliktlar bo’lib
qolishi m6mkin, bunday vaziyatlarda ota-onalar konfliktlarni tinch yo’l bilan
echishga harakat qilishlari lozim.
Yuqoridagi aytilgan va boshqada uchraydigan konfliktlarni tadqiqot
qiladigan ilm pedagogik konfliktologiya ilmi hisoblanadi.
Ilm ancha yosh bo’lsa ham tez rivojlanmoqda. Sababi, pedagogik
jarayonda uchraydigan konfliktning t6rlari anchagina. Konfliktlarning turlariga,
mazmuniga qarab ayirib uni echish metodlari, usullari, amallari ham har xil
bo’ladi.
Pedagogik konfliktologiya ilmining yutuklarini o’zlashtirish, bilish har bir
bo’lg’usi pedagog uchun muhim ahamiyatga ega.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Муаммони ечмастан туриб хар хил холатлардан чикиб кетиш.
2. Атироф мухитнинг узгаришига организмнинг реакцияси.
3. Укитувчининг таълим-тарбия назарияси ва амалиятнинг бирлигида
4. Болалар билан педагогик жихатдан натижали узаро муносабат
урната олиш кандай кобилиятга киради?
5 Муносабатларни бошкариш услублари?
6. Авторитар услубга нималар киради?
7. Демократик услубга нималар киради?
8. Либерал услубга нималар киради?
Адабиётлар
:
q. И.А.Каримов. «Баркамол
−
авлод %збекистон тара33иëтининг
пойдевори». Тошкент, qoou.
w. И.А.Каримов. %збекистон келажаги буюк давлат. Тошкент, qoow.
e. И.А.Каримов. %збекистон XXI асрга интилмо3да. Тошкент, qooo.
r. Т.А.Шилова. Психодиагностика и коррекция детей с отклонениями в
поведении. М-w00t г
t. З.А.Малькова. Школа и педагогика за рубежом. М., qooe.
y. М.А. Аббасова. Развитие образования в зарубежных странах (qot0
−
qoo0).
Ташкент, qoor.
U Х.Кошимов в б. Педагогика тарихи. Т., qooy.
q0. Р.Мавланова ва б. Педагогика. Т., w00w.
qq. Ж.Урумбаев . Оchерки истории школ Каракалпакстана. Нукус, qour.
qw.
%.!ле5ов.
№ара3алпа3станда
т1лим
−
т1рбиялы3
ойлардынг
31липлеси5и ва ра5ажоаны5ы. Н5кис, qooe.
qe. Сафо Оchил. Муста3иллик ва тарбия масалалари. Тошкент, qoot.
qr. К.Тургунбаев, А.Тешабаев. Педагогик ма8орат асослари. Андижон,
w00w
qt. Д.А. Нуркелдиева. Мактабгача олигофренопедагогика (м1рузалар
матни) ТДПУ-w00r
qy. Н.Т.Якубова. Махсус педагогика тифлопедагогика. (м1рузалар матни)
ТДПУ-w00r
qu Х.И.Ибрагимов. Ш.А.Абдуллаева. Педагогика Т-w00u
Mavzu: Pedagog va o’quvchilarning bir-birini tushinib ishlashishi
pedagogik konfliktni bo’ldirmaslikning asosi.
Reja:
1. Pedagogik konflikning oldini olish haqida umumiy tushuncha.
g’. Pedagogik konfliktning oldini olishda pedagog va o’quvchilar qatnashining
ahamiyati.
3. O’quvchilar bilan munosabatda bo’lish borasida pedagogning roli.
Tayanch tushunchalar:
Pedagogik konfliktning oldini olish, tarbiyachi, o’qituvchi, o’quvchi,
munosabati, so’zlash madaniyati, munosabatda bo’lish mahorati
.
Pedagogik konfliktni echishdan uning oldini olish bir qancha oson bo’ladi.
Pedagogik konfliktning oldini olishning birdan-bir yuli pedagoglar bilan
pedagoglar,
pedagoglar
bilan
tarbiyachilar
o’rtasidagi
munosabatni
yaxshilashdan, bir-birini tushinib ishlashdan iborat. Bolalar bilan pedagogik
vazifalar borasida munosabatda bo’lish ularning psixik, yakka, yosh
o’zgachaliklarini bilib munosabatda bo’lish ma:qul bo’ladi.
So’ngi
vaqtlari
tarbiyachilar
va
tarbiyalanuvchilar
o’rtasidagi
munosabatlarga bog’lik har turli fikrlar bo’lmoqda. Asosan ular o’rtasida
munosabatlar qanday bo’lish kerak
?
Munosabatlarning mazmuni, formasi, usuli
va boshqa taraflari bo’yicha ko’p ahamiyatli fikrlar so’zlanmokda.
Pedagog bolalar bilan, har turli munosabatlarda bo’lib, ular haqida har
qanday ma:lumotlar oladi: Bolaning belgili bir narsalar to’g’risidagi
tushunchalari, fikrlari, qiziquvchanliklari, mumkinchiliklari bilan tanishadi.
Bolalarning asosiy psixik o’zgachaliklari bo’lgan temperamenti, xarakteri,
qobiliyatlari aniqlanadi. Bolalarning vazifalarini tashkilashtirishda eng
ahamiyatli
o’zgachaliklaridan
hisoblanadigan
yakka
o’zgachaliklarini
o’zlashtirishda da katta rol o’ynaydi (diqqat, sezish, o’ylash, hayol, esda saqlash,
erk, his-tuyg’u va hokazo).
Pedagogning bolalar bilan muloqatning qanday darajada amalga oshirilishi
uning pedagogik maxoratiga bog’likligi bo’ladi. U mahoratli pedagogik
qobilyatlardan va pedagogik texnikalardan iborat bo’lib xisoblanadi.
Pedagogik qobilyatlar faqat bolalar bilan bo’lgan muloqatlarda kerak
bo’lib qolmasdan pedagogning butun pedagogik vazifalarida katta rol o’ynaydi.
Bolalar bilan ishlashishda pedagogik sharoitlar tez-tez o’zgarib turishlari
mumkin, bunday sharoitda pedagogning asosiy vazifasi shu sharoitga tez
o’zgarishi, har qanday pedagogik sharoitga to’g’ri baho bera bilish, zarur bo’lgan
qarorni to’g’ri qabullashdan iborat. Agar tarbiyachi bolalarning ish xarakatini
to’g’ri qabul etib, to’g’ri baho bera bilsa, u hodisalarning yuzaga kelgan
sabablarini aniq ko’ra olsa va unga qo’shimcha bunday har turli chigallangan
pedagogik hodisalarda o’zini ushlab tuta bilish, sabirlilik, chidamlilik,
tashkillashtirishi v.b. xususiyatlar pedagogik muloqatlarning samarali amalga
oshirilishida katta axamiyatga ega bo’ladi.
Bolalar bilan muloqot qilishda ularning yosh o’zgachaliklarini hisobga
olishning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Maktab o’quvchilarining yosh o’zgachaliklarini hisobga olib munosabat
qilishda o’qituvchining tutgan yo’lini umumiylashtirilgan shaklda quyidagicha
tariflash mumkin.
1. Boshlovchi sinflarda o’qituvchi tashkilashtiruvchi.
g’. O’smir yoshdagilarga boshchi.
3. Katta yoshdagi bolalar bilan ishlashishda konsul:tant.
Bolalar bilan bo’lgan munosabatlar tarbiyachining mahoratini ko’rsatadi.
Bu mahoratga ega bo’lishi uchun tarbiyachi, nutq madaniyatiga ega bo’lishi
kerak. Nutq eng asosiy munosabat vositasi bo’lib hisoblanadi. Bolalar bilan
fikrlashish, suhbat, ularga hikoyalar aytib berish, tushuntirish, maslahat berish,
yo’l-yo’riq ko’rsatish har turli munosabatlar faqat nutq orqali amalga oshiriladi.
Bolalar bilan qanday ishlarni olib bormaylik so’zsiz munosabatda bo’lish
mumkin emas.
Bolalar bilan munosabatda bo’lishda ularning diqqatlarini shu suhbatga,
yoki tushuntirishga harakat etishimiz kerak. Uning uchun dastlab tovushni
ko’tarib, kerak joyida pasaytib, yoki to’xtab tovush intonatsiyalarini o’zgartirib
borish kerak. *ar qanday aytiladigan fikrlar bolalarga ta:sirli, qiziqli, tushunarli
bo’lishi kerak.
Bolalar bilan bo’lgan munosabatlarning maqsadi hamma vaqt nazarda
bo’lishi kerak (bilim berish, tarbiya berish yoki shu olib borilayotgan tarbiyaviy
maqsaddagi ishning asosiy ma:nosi amalga oshadigan bo’lishi kerak). Ayirim
pedagoglar bolalarga qiziqarli etib gapirib beraman deb yoki bolalarning
diqqatini og’zaki aytilayotgan fikrlarga yo’naltirish maqsadida shug’ullanib, u
ishning asosiy maqsadini esidan chiqarib qo’yishlari mumkin.
*ar qanday suxbatlarni olib borishda suxbatlashuv faqat bolalargagina
qiziqarli bo’lib qolmasdan tarbiyachigada qiziqarli bo’lishi lozim, tarbiyachining
o’zida chin ixlos bilan berilib, qiziqib olib borishlari kerak. Bolalar bilan
suxbatlashuv barosida hamma vaqt bolalarning his-tuyg’u hisobga olib borishi
kerak. Masalan: Bola bilan yakka suxbatlashuvda bola xafa bo’lib o’tirgan
bo’lishi mumkin, bunday vaziyatda bolani normal holatga olib borib keyin
tegishli bo’lgan suxbatlashishni olib borish mumkin. U gurux bilan
suxbatlashishni ayrim vaqtlari bolalar charchab o’tirgan, yoki harakatli, sho’x
o’yinlar bilan shug’ilanishni maqul ko’rib o’tirgan bo’lishi mumkin (xullasi
bolalarning qanday his-tuyg’ularda ekanligini hisobga olgan holda harakat
etishimiz kerak).
Bolalar bilan fikrlashishda, nutq orqali munosabatlar qilishda har turli
usullarda, har turli yo’llarda olib borgan maqul bo’ladi. Unday ishlamay hamma
vaqt bir usulda olib borilaversa bolalarda zerikish paydo bo’ladi.
Ayrim vaqtlari bolalarga har qanday vazifalari berilishi mumkin, bunday
vazifalari ularga buyriq xolda bo’lmay iltmosi turida bulgani maqul bo’ladi.
Iltimosida «Iltimos etaman», «Iltimos», «Marhamat» formalarida emas albatta,
«Mansur sen bunday ishlasang qanday bo’ladi
????
», «Omon seningcha qanday
ishlagan maqul deb o’ylaysan
?
» v.b. turlardagi iltimoslarni qo’llanaverishi
mumkin.
Bolalar bilan bo’lgan munosabatlarda ayrim vaqtlari bolalar jaxlli
munosabatlarda bo’lishi mumkin. Bunday vaqtlari pedagog jaxllanmasdan
muloyimlilik bilan munosabat qilishi kerak, shunda bolaning jaxli tez tarqaydi, u
bolaning jaxllanishi bilan tarbiyachida jaxllansa unda ular o’rtasida janjallar
bo’lishi mumkin, bu ular o’rtasidagi munosabatlarni buzadi.
Pedagog bolalar bilan bo’lgan munosabatlarda hamma vaqt ularning
fikrlarini tinglab, ish bobida hisobga olib borishlari lozim. *ar qanday ish
ularning fikrlari bo’yicha olib borilsa fikrlari maqullanib, rag’batlantirib borilsa,
ularda o’zlariga ishonchlar paydo etadi. Yaqindan harakat etadi, pedagogga
xoxlagan vaqtda o’z fikrlarini aytadi, uni eng yaqin do’sti hisoblaydi.
Pedagogikalik konfliktlarning oldini olishning birdan bir yo’li shu
yuqorida so’z etilgan pedagog ham o’quvchilar jamiyatining bir-birini tushinib
ishlashi bo’lib hisoblanadi.
Mavzu: Pedagogik konfliktning oldini olish
−−−−
tarbiya usullarini
to’g’ri qo’llash
REJA:
1. Pedagogik konfliktning oldini olish haqida tushuncha.
2. Pedagogik konfliktning oldini-olishda qo’llaniladigan tarbiya usullari turlari.
3. Tarbiya usullarini to’g’ri tanlash va qo’llash.
Tayanch tushunchalar:
Konflikt, konfliktologiya, oldini olish, pedagog, o’quvchi, ota-ona, tarbiya
metodlari, metodlarni tanlash ishontirish usuli, namuna va rag’batlantirish va
tushuntirish, suxbat, ma:ruza, bayonat.
Tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ongli ravishdagi ish
faoliyatlarini o’z ishiga olgan ikki taraflama jarayon bo’lib hisoblanadi.
Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar bo’lishi kerak.
Tarbiyalanuvchilar bilim va tajiriba o’rgatuvchi yoshlardan iborat. Biroq
tarbiyalanuvchilar malum darjada faol faoliyat ko’rsatmasa, tajiriba va bilim
o’rganishi samarali bo’lmaydi.
Demak, tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro ta:sir
ko’rsatish usullari hisoblanadi.
Tarbiya ishlarning samarasi bo’lib tarbiyaviy jarayonning usullari,
vositalarini tashkillashtirish va uni foydalanishga bog’liq.
Tarbiyachilar pedagogik ta:sir etishning bolaga qulayli usullarini, eng
maqul yo’llarini tanlab olishlari, uning o’zligini anglash uchun kerakli sharoitlar
yaratishi mumkin.
Pedagogik konfliktning oldini olish borisida asosan quyidagi tarbiyaviy
metodlardan va uslublardan foydalaniladi.
1. Ishontirish metodi. (Ongni shakllantirish).
2. Namuna va ibrat metodi.
3. Rag’batlantirish va jazolash metodi.
O’quvchilarni odob-axloq, intizomli etib tarbiyalashda eng ko’p
qo’llanadigan metodlardan biri.
Ishontirishning asosiy uslublari: tushintirish, uqtirish, nasixat, maslahat
berish, iltimos va so’roq, buyruq, talab, suxbatlashish, maruza, uchrashuv, kecha
v.b.
Tushintirish
−
tarbiyaviy ishlarda keng qo’llaniladi. Bolalarga biror
narsaning kerak ekanligini har bir odam uchun zarur ekanligi lo’nda aniq etib
tushintirilib beriladi.
Masalan, o’quvchilar uchun qoidalarni kattalar bilan xurmatda bulishni
maktabda, ko’chada va ijtimoiy joylarda odob saqlashni qisqa aniq etib
tushintiradi. Kattalarga salom berishni, ularga izzat hurmat ko’rsatish, ko’chada,
avtobusda ularga o’rin berish kerakligi tushintiriladi.
Uqtirish
−
ma:lum bir morallik sifatni tarbiyalanuvchilar ongiga
singdirish, ular tomonidan shu sifatni uqub olishni taminlashga qaratiladi sababi
talabni nazorat qilish o’qituvchi tarafidan past bo’ladi.
Ma:ruza, munozara, disputlar
−
yuqori sinf o’quvchilari ko’pgina
tajribalarga ega bo’lganlikdan ularga bilimga tarbiyaga shunchalik talabi kuchli
bo’ladi. Shuning uchun ularni morallik jixatdan tarbiyalashda ma:ruza katta
ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalarda o’z fikrlarini aytish baxs munozaralarga
chiqish v.b imkoniyatlari bor. Shuning uchun yuqori sinf o’quvchilari bilan
disputlar o’tkazish o’rinli bo’ladi.
Kitob o’quvchilari bilan konferentsiya. O’quvchilarni morallik jixatdan
tarbiya maqsadida maktab va sinf bo’yicha kitob o’quvchilari konferentsiyasi
o’tkaziladi. Bunday konferentsiyalarga tavsiya etiladi. Konferentsiyaning
bo’ladiganligi avval xabarlantirilib, puxta tayyorgarlik ko’riladi. Bunga
ko’pincha adabiyot fani o’qituvchilari boshchilik etib boradi.
Tarbiyani o’rgatish va odatlantirish. Bolalarda morallik sifatlar
yashayotgan muxitiga bog’lik rivojlanadi. Ota-onalar, ustozlar, tarbiyachilar
boshchiligida tarbiyalanadi.
Ota-ona
o’qituvchilar,
tarbiyachilarning
boshchiligida
ularda
tarbiyalanadi.
Tarbiyada ijtimoiy ishlarning roli. Yosh avlodni tarbiyalashda tarbiyaning
eng ahamiyatli vazifalardan biri bo’lib, ularning ko’pchilikning ichiga
kollektivda foyda keltirishini, ko’pchilik ijtimoiy ishlarni bajarishga o’rgatadi.
№
aytarib olish bolalarda yomon odatlarning, yomon harakterli xulqni
qaytarib olish metodi qo’llaniladi.
Bu metodni qo’llanish juda ziyraklilikni talab etadi. Masalan: o’quvchi
biron bir narsaga juda qiziqib, shu narsaga juda ko’p ko’ngil bo’lib yuborishi
mumkin.
«O’qigandan uqqan yaxshi» degan xalq maqoli bor. Uqub olingan
morallik sifat bola bilan yo’ldosh bo’ladi. Odamning etti yoshidagi odati u0
yoshda ham qolmaydi» degan xalq fikri ham bor. Demak bolalar yosh vaqtida
nimaga o’rgansa, nimani uqsa, nimaga odatlansa, unga odat bo’lib
qoladiganligini nasixatlaydi.
Kengash berish
−
o’qituvchi, tarbiyachi ham katta yoshdagi odamlarning
yoshlarga o’z tajribalarini, ko’rgan bilganlarini, o’qiganlarini dalillab va aniq
misollar bilan ishonarli etib aytib berishi natijasida yaxshi odob-axloqlilikka,
xulq-atvoridagi, xarakteridagi yomon odatlarni yo’q etishga xarakat etishdan
iborat.
Nasixat berish
−
yoshlarni yaxshi tomonga yo’naltirish, yaxshi
sifatlarning shakllanishiga yo’l-yo’riq ko’rsatish degan ma:noni anglatadi.
Maslahat berish
−
oldingi voqea yuzaga kelganda, yoki biror ishni
boshlashdan oldin ishda ish-harakat, xulq-atvorda nima qilsa bo’lishi kerak
ekanligi to’g’risida maslahat beriladi.
Iltimos
−
iltimos va savol bilan bolalarga munosabatda bo’lish ular
o’zlarining o’ziga bo’lgan ishonch ortadi, va maqtanish hissiyoti paydo bo’ladi.
Masalan: Gulnoz sen bugun Lolaga dars tayyorlashda yordam bering iltmosYo
Uyda ota-onalarga yordam beringlar, ular juda xursand bo’ladilar.
Buyriq va talap etish
−
tarbiya borasida bolalar bilan jamaotimiz va ota-
onalar tarafidan qo’yiladigan maqsad va vazifalarni bajarishda bo’yruq va talab
usullari ishlatiladi. Maktab o’quvchilariga o’z vazifalari, maqsadlari, bajaradigan
ishlarini tushintirib qo’yish kerak. Shunda ular bo’yruqning va talabning
manosini aniq tushinadi. Buyruq tovushni ko’tarib, do’q urib emas, oddiy so’z
bilan aytilishi kerak.
Tarbiyada namuna va o’rnak olish metodi.
Bolalarda bashqalarning ish-xarakati, hulq-atvori, ongi yoki mexanik
takrorlash qabuliyati kuchli rivojlangan bo’ladi.
Namuna
ota-bobolarimizdan,
momolarimizdan
o’z
farzandlariga
qoldirgan ugit-nasihatlari, milliy ananalari bo’lib hisoblanadi.
Buning uchun ertak, maqol, hikoyalarni aytib beri shva undagi tarbiyalar
haqida tushunchalar berish kerak.
Dostları ilə paylaş: |