Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi



Yüklə 93,79 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü93,79 Kb.
#114653
Norqobilova Shodiya Umumiy psixalogiya1

O’zbekiston milliy unversiteting o’zbek filologiya va tillarni o’qitish o’zbek tili yo’nalishi 3 – bosqich 318 –guruh talabasi Norqobilova shodiyaning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.


Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi

Reja :


1. Pedagogik psixologiyaning umumpsixalogik konteksti.
2 .Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi.
3 . Pedagog faoliyatida psixologiyaning o’rni.
  • Pedagogik psixologiya fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada tuplangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
  • Pedagogik psixologiya alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yo‘li ancha murakkab kechgandir.
  • O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalar-da, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
  • Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro o‘zviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng yetuk maxsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.

Pedagogik psixologiya :

  • Taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.
  • Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan.
  • Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi.
  • Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi.
  • Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega
  • O'quvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin
  • fikrlovchi shàxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning o‘zi
  • mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng
  • bo‘lmog‘i va o‘zida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib boradi.

Jamyat va rivojlanish ining ijtimoiy va iqtisodiy yo’nalishlari.
Jamyat muntazam rivojlanib borishi uchun bu jamyat inson qanday sifatlarga ega bo’lish kerak ekanligini aniqlab olish.
Hozirgi zamon pedagogi qanday bo’lishi lozimligi qanday qilib jamiyatga kerakli shaxsni shaklalntirish olishi.
  • Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi
  • Shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo'yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda.
  • O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, turli xilda itimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o'qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
  • shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo'yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda.
  • 0 ‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi
  • E ‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Yüklə 93,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə