Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli



Yüklə 376,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/38
tarix26.04.2022
ölçüsü376,83 Kb.
#86077
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i



 

PEDAGOGIK QOBILIYAT, UNING KASBIY FAOLIYATDAGI ROLI. 

SHAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI VA ULARNI 

DIAGNOSTIKA QILISH. XARAKTER, TEMPERAMENT VA 

QOBILIYATLARNI BILISHNING AHAMIYATI 

 

REJA: 

 

 

1.



 

Pedagogik 

qobiliyat 

.Qobiliyatning 

psixologik-pedagogik 

tavsifi. 

2.

 

Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari 

3.

 

Empatiya va persteptiv kobiliyatlar. 

4.

 

Pedagogik faoliyat va uning tarkibiy to„zilmasi 

5.

 

Xulosa. 

6.

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

Tayanch tushunchalar

:  


Pedagogik  qobiliyat,  empatiya,  persteptiv,  pedagogik  faoliyat,iste‟dod,

 

tushuntira  olish  qobiliyati,



 

bilish  qobiliyati,



 

ko„zatuvchanlik  qobiliyati,



 

nutq 


qobiliyati. 

 

Individual - tipologik xususiyatlar klassifikastiyasi 

YUqorida  ta‟kidlaganimizdek,  har  bir  shaxs  o„ziga  xos  qaytarilmas  dunyo. 

Dunyoda  bir-biriga  aynan  o„xshash  bo„lgan  ikki  kishini  topish  juda  mushkul. 

Odam tashqi qiyofasi, bo„yi-basti bilan boshqa biror kimsaga  o„xshashi mumkin, 

lekin  fe‟li,  mijozi  va  shaxs  sifatidagi  xususiyatlari  nuqtai  nazaridan  aynan  bir  xil 

insonlar  bo„lmaydi.  Hattoki,  olimlar  bitta  tuxumda  rivojlangan  egizaklarda  ham 

juda  ko„p  jihatdan  aynan  o„xshashlikni  qayd  qilishgan,  shaxsiy  sifatlaridagi 

korrelyastiyada esa ba‟zi tafovutlar aniqlangan. 

SHaxs  -  qaytarilmas,  u  o„z  sifatlari  va  borligi  bilan  noyobdir.  Ana  shu 

qaytarilmaslik  va  noyoblikning  asosida  uning  individual-psixologik  xususiyatlari 

majmui  yotadi.  SHu  o„rinda  biz  yuqorida  ta‟rif  bergan  shaxs  tushunchasi  bilan 

yonma-yon  ishlatiladigan  yana  ikki  tushunchaga  izox  berish  o„rinli  deb 

hisoblaymiz.  Bu  -  «individ»  va  «individuallik»  tushunchalaridir. 

«Individ»

 

tushunchasi  umuman  «odam»  degan  tushunchani  to„ldirib,  uning  ijtimoiy  va 



biologik  mavjudot  sifatida  mavjudligini  tasdiqlaydi  va  uni  bir  tomondan,  boshqa 

odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o„z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, 

o„ziga  va  o„ziga  o„xshashlarga  xos  bo„lgan  umumiy  va  xarakterli  xususiyatlarni 

qamrab  oladi.  Demak,  individ  -  insonga  aloqadorlik  faktini  tasdiqlovchi  ilmiy 




kategoriyadir. 

«Individuallik»

  -  yuqoridagi  ikkala  tushunchaga  nisbatan  torroq  tushuncha 

bo„lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o„ziga xos 

xususiyatlar  majmuini  o„z  ichiga  oladi.  SHu  nuqtai  nazardan  shaxs  tizimini  tahlil 

qiladigan  bo„lsak,  shaxsning  individualligiga  uning  qobiliyatlari,  temperamenti, 

xarakteri,  irodaviy  sifatlari,  emostiyalari,  xulqiga  xos  motivastiya  va  ijtimoiy 

ustanovkalari  kiradi.  Aynan  shu  qayd  etib  o„tilgan  kategoriyalar  shaxsdagi 

individuallilikni ta‟minlovchi kategoriyalardir. Uning ma‟nosi shundaki, bo„yi, eni, 

yoshi,  sochining  rangi,  ko„z  qarashlari,  barmoq  harakatlari  va  shunga    o„xshash  

sifatlari  bir  xil  bo„lgan  insonlarni  topish  mumkin,  lekin  xarakteri,  qobiliyatlari, 

temperamenti,  faoliyat  motivastiyasi  va  boshqalarga  aloqador  sifatlari  majmui  bir 

xil bo„lgan odamni topib bo„lmaydi. Ular - individualdir. 



Qobiliyatlar

 - shaxsdagi shunday individual, turg„un sifatlarki, ular odamning 

turli  xil  faoliyatdagi  ko„rsatgichlari,  yutuqlari  va  qiyinchiliklari  sabablarini 

tushuntirib beradi. 



Temperament

  -  insonning  turli  vaziyatlarda  narsa,  hodisa,  holatlar  va 

insonlarning  hatti-harakatlariga  nisbatan  reakstiyasini  tushuntirib  beruvchi 

xususiyatlari majmuidir. 



Xarakter

  -  shaxsning  alohida  insonlar  va  insonlar  guruhi,  o„z-o„ziga, 

vaziyatlar,  narsalar  va  hodisalarga  nisbatan  munosabatlaridan  orttiradigan 

sifatlarini o„z ichiga oladi. 



Irodaviy sifatlar

 - har birimizning o„z oldimizga maqsad qo„yib, unga erishish 

yo„lidagi qiyinchiliklarni engishimizni ta‟minlovchi ma‟lum sifatlarimiz majmuini 

o„z ichiga oladi. 



Emostiyalar va motivastiya

 esa atrofimizda sodir bo„layotgan hodisalar, bizni 

o„rab  turgan  odamlar  va  ularning  hatti-harakatlarini  ruhan  qanday  qabul  qilib, 

ularga  bildiradigan  hissiy  munosabatlarimizni  bildiruvchi  sifatlarimiz  bo„lib,  ular 

ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib 

chiqadi. 



Ijtimoiy  ustanovka

  -  yuqoridagi  barcha  xususiyatlar  kompleksiga  ega 




insonning  turli  ijtimoiy  vaziyatlardagi  faoliyat  va  harakatlarga  ruhan  hozirligi  va 

munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir. 

Biz  yuqorida  sanab  o„tgan  individual-psixologik  xususiyatlarning  ahamiyati 

katta.  Ular  bizning  jamiyatdagi  o„rnimiz,  obro„-e‟tiborimiz,  ishdagi  va  o„qishdagi 

yutuqlarimiz,  inson  sifatidagi  qiyofamizni,  kim  ekanligimizni,  kerak  bo„lsa, 

o„zligimizni belgilaydi. Kim bilan qaerda uchrashmaylik, o„sha insonning bugungi 

holati,  qayfiyati,  bizga  va  biz  bildirayotgan  fikrlarga  munosabati,  hamkorlikda 

ishlash  tilak-istaklariga  doimo  e‟tibor  beramiz  va  bu  masala  biz  uchun  muhim 

bo„ladi.  Xuddi  shunday  suhbatdosh  ham  suhbatning  boshidanoq,  bizni  o„rgana 

boshlaydi. CHunki agar suhbatdoshlar bir - birlarini bilsalar birgalikdagi faoliyatni 

samarali  tashkil  etish  va  undan  foyda  olish  imkoniyati  ko„proq  bo„ladi.  SHuning 

uchun  ham  ishda  ham,  dam  olishga  otlangan  chog„da  ham,  qaerda  bo„lsa  ham 

o„zimizga «qo„shni» tanlaganda uning inson sifatida qanday ekanligiga qiziqamiz. 

Agar  suhbatdosh  yoki  sherik  bizga  tanish  bo„lmasa,  uni  taniganlardan  oldindan 

so„rab ham olamiz va bunda aynan uning nimaga qobilligi, fe‟li, ishga, odamlarga  

munosabatini  so„raymiz  va  xohlaymizki, u to„g„risida  «Juda xushfe‟l, odamgir...» 

kabi  tasniflarni  eshitgimiz  keladi.  Biror  erga  ishga  kirayotgan  paytda  ham  rahbar 

albatta  o„ziga  yaqin  odamlardan  yangi  xodimning  xarakterini,  qobiliyatini  va 

muhim  narsalarga  munosabatini  albatta  so„raydi  va  shu  asosda  suhbatga 

tayyorlanadi. 

Demak,  individual  sifatlar  bizning  ongli  hayotimizning  ajralmas  kismi, 

idrokimiz,  xotiramiz  va  fikrlarimz  yunaltirilgan 



muhim  predmet

  ekan.  CHunki 

aynan  ular  bizning  turli  faoliyatlarni  amalga  oshirish  va  ishlarni  bajarishdagi 

individual  uslubimizga  bevosita  aloqador.  Kimdir  juda  chaqqon,  tez  ish  qiladi, 

lekin sifatsiz. Kimdir juda yaxshi qoyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir 

ishga  yuzaki  qarab,  nomiga  uni  bajarsa,  boshqa  bir  odam  unga  butun  vujudi  va 

e‟tiqodi  bilan  munosabatda  bo„lib,  tinimsiz  izlanadi  va  jamiyat  uchun  manfaat 

qidiradi. SHuning uchun ham individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini 

inobatga olib, eng muhim individual-psixologik xususiyatlarni alohida o„rganamiz. 

 




Yüklə 376,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə