Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 19,53 Kb.
tarix31.03.2023
ölçüsü19,53 Kb.
#103898
pedagogika 12345


PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Farhodova Muhlisa
Annotatsiya.Bugungi kunda mamalakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi , avvalombor , yuksak ma'naviyatli,mustaqil fikrlaydigan,vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatni òz zimmasiga olishga qodir yosh bilimli kadrlar safini kengaytirishga boģliq.
Kalitsòzla:.pedagogiktexnologiya,kategoriya,metadologik asos,"Texnologiya",tarixiy rivojlanish, davr, pedagogik olimlar,darajalar,tuzulish, nazariy asoslar.
Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirsh òtgan asrning boshlarida Ģarbiy Yevropada va AQSh talim tizimini isloh qilish,ta'lim samaradorligini oshirish,shaxs ijtimoiylashuvini ta'minlash va bu borada muayyan muvofiqiyatga erishib borildi. Tarixan “Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi. Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos”- san’at, mahorat, “logos”- ta’limot degan ma’nolami bildiradi. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos boladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat о‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q. N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lshi shart deb hisoblaydi, U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ulami izchil qo‘llash kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. Ayrim mualliflar o ‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat o ‘qitish texnologiyalari bo‘sh texnologiyalanganligi bo‘yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuehaytirilgan bo‘lib, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o ‘qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. BoshqaJarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V. Zankov, T.Ya.Galperin, V.l.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. 1. Pedagogik texnologiyada hali ko‘p aniqlanmagan masalalar bor. Bu muammoni tadqiq etish, o‘qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq. Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogic natijalarga erishish uchun, pedagogik tizinuiing barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. «Pedagogik texnologiya — psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalaming maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachev). «Pedagogik texnologiya — o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P. Bespalko). «Pedagogik texnologiya — rejalashtirilgan o ‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov). «Texnologiya — ishlov berish, holatni o ‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi» (V.M. Shepel). «Pedagogik texnologiya — talaba va o ‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o ‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o ‘tkazish bo'yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir.» (V. M. Manaxov). «Pedagogik texnologiya — bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o ‘qitish va bilimlarni o ‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ulaming birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO). «Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda boMishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Clarin). «Pedagogik texnologiya —o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi».(G.K.Selevko). Texnologiyalar va pedagogik texnologiyalarga quydagicha ta’riflar berilgan: - “Faoliyatda, biror ishda, mahoratda, san’tda qo’llaniladigan usullar yig’indisidir” ( Izoxli lug’at ta’rifi) - “Texnologiya – ishlov berish, axvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlari yig’indisidi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1)S.I.Mirhayitova Pedagogik texnologiya 2020 yil
2)M.Tojiyev, B.Ziyomuxamedov, M.Òralova. Pedagogik texnologiya va Pedagogik mahorat fanining òquv maahģulotlarni loyihalash 2012 yil nashr
3)N.X.Avliyaqulova , N.N.Musaeva Pedagogik texnogiya 2012 yil nashri
Yüklə 19,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə