Pedagogika va aniq fanlar


Bola tomonidan ota-onalarning va ota-onalikning idrok etilishi



Yüklə 476,83 Kb.
səhifə6/9
tarix31.12.2021
ölçüsü476,83 Kb.
#81768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Munisa menejment

2.2 Bola tomonidan ota-onalarning va ota-onalikning idrok etilishi

Mehribon ota-ona og’ushida ayrim bolalar o’zlarini baribir yolg’iz, kemtik, kamsitilgan his etadi. G.T. Xomentauskas (1989) oilada ota-ona xulq-atvori va bolaning bu xatti-harakatlarni idrok qilishi va ota-onaga munosabatining 5 ta asosiy ko’rinishlarini tahlil qilgan:

Ota-ona va bola munosabatlari demokratik tamoyillarda amalga oshadigan oilada bolada o’zi va ota-onasi to’g’risida quyidagicha tasavvur shakllaandi: “Meni sevishadi va men kerakman, shuning uchun men ham ularni juda sevaman”. Bunday bola psixologiyasi va xarakterida ustuvor fazilatlar sifatida adekvat o’z-o’zini baholash va insonlarga ishonch, har qanday yaxshi narsalardan, jumladan, ota-ona bilan yaqin, samimiy munosabatlar quvonish, o’ziga ishonch, xatoliklardan cho’chimaslik, ayb ish qilib qo’yganda ham unchalik qayg’urmaslik, zaruratga qarab iltimoslar qilish va bunda real ko’mak olishga umidvorlik, ota-onaning hayotdagi o’rni va ishonchlarini, umid va istaklari bilan hisoblashish kabilarni sanash mumkin.

Bolaga nisbatan haddan ziyod mehribonlik (giperproteksiya), e‟tibor ko’rsatilgan oilada bola “Meni sevishadi va men kerakman, ular meni deb yashashadi”, degan tasavvur mavjud bo’ladi. Bunday oilada bolalar o’zining borligidan, tug’ilganligidan mag’rurlanib yashaydi va shuning uchun har qanday tilak va xohish amalga oshishiga ishonadi. Odatda bunday bolaning tug’ilishini ota-ona uzoq vaqt kutgan bo’ladi va buni ular hadeb bolaga eslataveradi, shuning uchun ham bola juda egoist bo’lib ulg’ayadi, ota-onasining nochorligi to’g’risidagi tasavvur o’zining ko’p narsalarga qodirligi bilan uyg’unlashadi.


Tantiq bolada o’zi to’g’risida go’yoki o’ta iqtidorli ekanligi fikri ustuvor bo’ladi, chunki ota-ona uning ayrim, ahamiyatsiz yutuqlarini ham osmonga ko’taradi.

Yuqoridagi holatning aksi, ya‟ni, bolaga nisbatan e’tiborsizlik, mehrsizlik bo’lgan oilada bolaning tasavvuri quyidagicha bo’ladi: “Meni yoqtirishmaydi, lekin men o’zim harakat qilib, ularga yaqinlashishim kerak”. “Men yaxshi bola emasman”, degan tasavvur odatda bolada qator jiddiy salbiy sifatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Masalan, o’ziga bo’lgan bahoning pastligi, o’zini aybdor deb hisoblashning yuqoriligi, ko’p narsalardan hadiksirash, ayb ish qilib qo’yishdan cho’chish, kayfiyatning beqarorligi va shunga o’xshash. Bunday oilada ma‟naviy muhit yaxshi bo’lmaganligi sababli bola salga yig’laydigan, “qo’rqqan oldin musht ko’taradi”, deganlariday, har bir yaxshi yoki yomon ishni qilib qo’yib, o’zini oqlashga intilish psixologiyasi paydo bo’ladi. Aslida bola o’zining kutilmagan ekanligini, ota-onalari uni vaziyat taqozosi, tasodif tufayli dunyoga keltirishganligini yaxshi biladi. Chunki bu haqda ota-onalar uning oldida gapiraveradilar.

Ota-ona mehriga to‘ymagan, unga erisholmagan bola salbiy hissiy kechinmalarning keyingi bosqichiga o’tadi: “Sizlar meni xafa qilyapsizlar, men ham shunga munosib javob beraman”. Bunday sharoitda bola ataylab, ota-onasiga yoqmaydigan qiliqlar qiladi, aytganlarining teskarisini bajaradi, tobora ota-ona uchun ham u bilan bo’ladigan muloqotlar og’ir botadigan bo’lib boradi. Qasoskor bola ko’pincha ota-ona talablarining teskarini qilib, ularning asabiga tegadigan, boshqarib bo’lmaydigan qaysar va ko’pincha jinoyat yo’liga ham kirib ketadigan insonga aylanadi.

Ba‟zan ota-ona mehrsizligidan aziyat chekkan bola kurashib charchaydi:


“Meni sevishmaydi, kerak emasman, meni tinch qo’yinglar”, degan ma‟noda bola o’z nochorligini ifodalay boshlaydi. Bunday oiladagi vaziyat juda og’ir bo’lib, bola o’zini yolg’izlikka mahkum etadi, hammadan qochadi, o’smirlar o’rtasida sodir bo’ladigan suitsid holatlarining aksariyati ana shu psixologik vaziyatdan kelib chiqadi.

Bolani asrab olish. Ayrim holatlarda bola begona shaxslar tomonidan asrab olinadi va qonuniy ro’yxatdan o’tkaziladi. Bunday holatlarda ota-ona – bola munosabatlarida sun‟iylik elementlari ko’p bo’ladi, chunki agar bolani chaqaloqligidan asrab olgan bo’lsa, bola ularni tabiiy idrok etaveradi. Lekin ota-ona uchun unga ko’nikish muammosi yuzaga keladi. Shu sababli ham bunday oilalardagi shaxslararo munosabatlar ko’p hollarda yashirin yoki ochiq ravishda tarang bo’ladi.

Bolani saqlab olgan er-xotindagi ota-onalik motivatsiyasi aslida boshqa toifalardan qolishmaydi. Ba‟zan hattoki, kuchli ham bo’ladi. Chunki asrab olishga majbur qilgan motivlar bepushtlik, kech turmush qurish yoki o’z farzandining nobud bo’lganligi bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday oilalardagi ota-onaning tarbiya uslubi giperproteksiyaga, hattoki, haddan ziyod giperproteksiyaga o’xshaydi va shunga yarasha salbiy oqibatlarga ega.

Yana bir sabab – odatda bola asrab olishga axd qilgan er-xotinlar bolani kutadilar, kutishlar mutivatsiyasi qanchalik kuchli bo’lsa, bolani erkalatib yuborish yoki unga nisbatan talabalar qo’yish shunchalik katta bo’ladi. Uchinchidan, bola boshqa insonlardan dunyoga kelgani uchun uning genlarida o’sha haqiqiy, tabiiy ota-onaning sifatlari bo’lib, u ba‟zan asrab olgan ota-onaga o’xshamaydi. Texass shtatida 10 yil mobaynida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasini tahlil qilgan rus olimasi Ravich-Sherbo



I.V. (2002) bunday bolalardagi shaxsiy va intellektual ko’rsatkichlar tabiiy ota-onalar sifatlariga asrab olgan ijtimoiy ota-onalarnikiga nisbatan ancha yaqin bo’lishini isbotladi. Ya‟ni, qanchalik urinmasin, asrandi bolada o’sha tuqqan onasi va otaning sifatlari ko’rinaveradi. Ayrim ko’nikmalar, odatlar, xarakter xususiyatlari asrab olganlarga yaqin bo’lishi mumkin. Shu bois ham ba‟zi asrab oluvchi ota-onalar muayyan muddatdan keyin asrandini yetimxonalarga qaytaradilar, bu bilan ular bolaning kelgusi taqdiriga yanada murakkab chizgilarni belgilaydi, dilini og’ritadilar.

Asrandi bolalar muammosi O’zbekistonda ham mavjud. Bizda hozirgi paytda 7 mingdan ziyod bola yaqin qarindoshlar yoki mahalladagi oliyjanob insonlar tarbiyasidadir. Ular soni Mehribonlik uylaridagi chin yetimlar sonidan ortiqligi xalqimizning asl tabiatidagi odamiylik, oliyjanoblik xislatlari bilan bog’liq. Lekin nima bo’lganda ham bizda bolani o’z ota-onasi tarbiyasiga berish an‟anaga aylangan. Oilaviy yetimxonalarda ham yaqinlarning yetim bolalari va turli sabablarga ko’ra ota-onadan judo bo’lgan qo’shni bolalar tarbiyalanadilar.

Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha sibling, sibs – bir oiladagi akalar va opalar ma‟nosini bildiradi) – muayyan insonning muayyan oilada tug’ilishi, jinsi va tug’ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko’rsatkichlar bilan bog’liqligi masalasiga xali aniqlik kiritilmagan, ya‟ni aniq ilmiy dalillar yetarli emas. Shunga qaramay, ko’pgina tadqiqotchilar shaxsning sibling maqomi uning shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do’stlar bilan muomalasiga, ishda rahbariyat va hamkasblar bilan o’rnatadigan muloqotlarining xarakteriga ta‟sir etishini o’rganishgan. Empirik ma‟lumotlar bunday bog’liqliklarning to’rt turi mavjudligini ta‟kidlaydi.


Yüklə 476,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə