Pedagogika va aniq fanlar


Xulosa Foydalangan adabiyotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/12
tarix31.12.2021
ölçüsü0,52 Mb.
#81770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
sojida menejment

Xulosa

Foydalangan adabiyotlar

K I R I SH

Kurs ishining maqsadi: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol

metodlardan foydalanish yo’llarini o’rganish.



Kurs ishining predmeti: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yo’llari

Kurs ishining borishi: Talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan malumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi talim muassasalarida tashkil etiladigan talim (malumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.

«Talim to’g’risida»gi Qonunning takidlanishicha, talimning mazmuni har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va dunyoviy demokratik jamiyat baxt - saodati yo’lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan.

Ushbu qonun fuqarorlarga talim, tarbiya berish, kasb - hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini taminlashga qaratilgan.

Talimning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning manosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, talim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq talimi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-etiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg’ularni tarbiyalaydi.

Shu bilan birga talim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham «Talim to’g’risida»gi Qonun bilan mushtarakdir.

Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimidagi, o’quv tarbiya ishlari sohasidagi muammolami izchillik bilan, bosqichma - bosqich hal etish yo’llar va vositalari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarda belgilab berilgan. Ta’limning samaradorligini oshirishda yuksak imkoniyatlarga ega bo’lgan vositalardan biri sifatida ta’limning faol usullari qaralayapti. Ta’lim - tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalar tushunchasining kirib kelishi va o’sha texnologiyalarning keng qo’llanilishi hozirgi zamon talabidir.

Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimini, kadrlar tayyorlashni yangilash vazifalarini ta’lim - tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni jadal kiritish, auditoriyada, sinfda, darsdan tashqarida o’quv tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilarning faolligin oshirishga erishish orqaligina bajarish mumkin.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion

texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan - kunga kuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anvaiy ta’limda o’quvchi - talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, musatqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi - talaba asosiy figuraga aylanadi.

Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə