Pedagoglarning kasbiy faolligini oshirishda rahbarning vazifalari



Yüklə 19,49 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü19,49 Kb.
#109375
Tarbiyaviy ishlar


Pedagoglarning kasbiy faolligini oshirishda
rahbarning vazifalari
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab
o‘qituvchi kasbining ahamiyati va nufuzini ko‘tarish bo‘yicha
aniq maqsadga qaratilgan ishlar izchillik bilan ro‘yobga chiqaril-
moqda. Pedagoglarning moddiy turmush sharoitini yaxshilashga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz
tomonidan ko‘rsatilayotgan bu e’tibor va g‘amxo‘rlik barcha
o‘qituvchilarning bilim, tajriba va mahoratini muntazam oshirib
borish yo‘lida o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanishi hamda o‘quv
jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etishga mas’ulligini
yanada chuqur anglashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, sohaga
yetuk yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga keng imkoni-
yatlar yaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, maktab rahbarlari
oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi.
Ma’lumki inson har doim o‘sish va rivojlanishdadir. Shun-
day ekan, kadrlar salohiyatini yuksaltirishga ta’sir etuvchi omillarning ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik jamoa
rahbarlari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har qanday jamoa jami-yatning bir bo‘lagi sifatida unga xos bo‘lgan barcha xususi-yatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi lozim. G‘oyaviy siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-ma’naviy va boshqa jabhalar shular
jumlasidandir. Maktab rahbari boshqaruv faoliyatida qator funksiyalarni bajaradi: pedagogik jamoaning ilmiy-pedagogik
faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, Shu jarayon-
larni nazorat qilib boradi. Jumladan, yosh pedagogning o‘zi
tanlagan kasbga mehr qo‘yishi, o‘qituvchilik kasbining sirlarini
mukammal o‘rganishi va unda o‘z kelajagiga nisbatan ishonch
tuyg‘ulari rivojlanishida ham maktab direktori katta ta’sir kuchi-
ga ega shaxs hisoblanadi. Bundan tashqari, rahbar jamoada o‘z
o‘rniga ega bo‘lib, u bilimi, muomalasi, ilmiy dunyoqarashi,
pedagogik xodimlar bilan o‘zaro munosabati, maqsadga intilish,
ijtimoiy xulq va boshqalarda namuna bo‘lishi zarur. Bundan
jamoaning a’zosi o‘ziga xos ta’sirlanadi. Rahbar boshqaruv fao-
liyatida o‘zaro ta’sirning ikki yo‘nalishi — pedagogik jamoaga jamoaning pedagogik ta’sirini va bu o‘zaro ta’sir har qanday ho-latda ijobiy bo‘lishini ta’minlashi zarur. Pedagogning jamoaga
ta’siri uning orttirgan obro‘si, bilimi, dunyoqarashi, o‘zi tanla-gan kasbga qiziqishi va qobilyati, o‘z fanini puxta bilishi, jamoa
bilan munosabati, o‘z ustida ishlashi tashkilotchilik qobiliyati va
tashabbuskorligi singari ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masa-lan, obro‘ga ega bo‘lgan mutaxassis shaxslararo munosabatlarda yuqori mavqega ega bo‘ladi, jamoada uning fikr-mulohazalari qadrlanadi, undan fikr, mulohaza so‘raladi. Ammo obro‘ ort- tirishda shaxsiy sifatlarning o‘zigina yetarli bo‘lmay, u yoki bu
mutaxassis haqidagi jamoatchilik fikri ham rol o‘ynaydi. Bu esa jamoaning pedagogga bo‘lgan ta’siridir. Ya’ni jamoa pedagogning ayrim sa’y-harakatlarini rad etishi, qabul qilmasligi yoki aksincha, unga intilishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jamoa bilan mutaxassisning ta’siri ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Bunda rahbarning roli yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijobiy ta’sirni vujudga keltirishda rahbar pedagogik jamoa va ta’lim muassasasining
manfaatlari bir-biriga mos kelishini istagan holda, xodimlarining
muvaffaqiyat va kayfiyatlari bilan qiziqish, tabassum bilan mu-omala qilish, xodimlarga hurmat bilan murojaat qilish, har qanday vaziyatda ham ularning shaxsiyatiga tegmaslik, ularning
kamchiliklarini aytganda, albatta, ularning muvaffaqqiyatini ham e’tirof etish kabi eng maqbul uslublarni o‘z faoliyatiga tatbiq etishi zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, zamonaviy maktabni bosh-qarish murakkab, ko‘p komponentli tashkiliy tuzilishlarga ega bo‘lib, bunda asosiy maqsadga, ya’ni o‘quvchilarni hayotga tayyorlash, ularni mehnatga va murakkab ijtimoiy shart-sha-roitlarga mustaqil ravishda tezroq moslashishlarini ta’minlashga erishishda ta’lim muassasasidagi barcha subyektlarning sa’y-
harakatlarini shu maqsad yo‘lida birlashtirish, o‘zaro hamkorlik muhitini yaratish muhimdir.
Yüklə 19,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə