“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix08.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#116057
1   2   3   4
60-63

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-1, January - 2023
 
62
2. Rollarga bo’lib o’qish. 
3. Jo’r bo’lib o’qish. 
1. Yakka o’qishning yuqori bosqichi baralla o’qishdir. 
Boshni fido ayla ato qoshig’a, 
Jismni qil sadqa ano boshig’a.... 
(A. Navoiydan) 
2. Rollarga bo’lib o’qish. “Qish” X. Eshonqulov. 
1-o’quvchi: 
Hovlida zag’cha, 
Qanot qoqadi. 
2-o’quvchi:
Oppoq kiyimda, 
O’rmonu tog’, yer. 
Hamma o’quvchi: Dag’, dag’, dag’.... 
Rollarga bo’lib o’qish uchun “Bo’g’irsoq” ertagini ham o’qisak bo’ladi. 
3. Jo’r bo’lib o’qishning ahamiyati katta. Bunda o’quvchilar bir xil sur’at va ohang 
bilan o’qishni o’rganadilar. O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar 
nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, 
o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda 
tutiladi. 
1-sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab o’qishni o’rganadilar, o’qish 
darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan darslarda
darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib 
borishga alohida ahamiyat berishi lozim. Bolalar o’qilgan asarlar yuzasidan berilgan 
savollarga javob berishga o’rganadilar. Matn ustida ishlash o’qituvchi rahbarligida olib 
boriladi. 
2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha o’qish malakasi shakllanadi. O’qishning 
to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar 
matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o’qishga o’tadi. Matn 
ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida asarning asosiy 
mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va 
iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadi. Ularda so’z 
boyligiga boʻlgan talab ortadi. 
3-sinfda so’zlarni butunligicha o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni to’g’ri 
tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri foydalanishga 
talab etiladi. 
4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez, to’g’ri, 
ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l 
qo’ymaslik kerak . 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə