PEDAGOGY JOURNAL
1
O’zbekistonda ekoturizimni rivojlantirish
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
talabasi Hulkar Isomiddinova Umid qizi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
talabasi Abdurahmonova Lazokat Abdivohid qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8133332
Anatatsiya:
Bugungi kunda ekoturizm butun dunyodagi eng daromadli
tarmoqlardan biriga aylandi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu sohani yanada
rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etish, balki
ekologi k muammolarni hal etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
maqolamizda O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantish uchn qilinishi kerak bo’lgan
chora tadbirlarni ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar:
Ekologik turizm, yashil davlat, tabiiy resurslari, sayyohlar,
ekoturistlar, tajriba, jadal rivojlanishi
Yurtimizda nafaqat jahonga mashhur, xorijiy sayyohlarni jalb qiluvchi Buxoro,
Samarqand, Xiva, Termiz kabi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklar, shu
bilan birga, ekoturizm bilan bog‘liq betakror go‘zal tabiat, landshaftlar (sahro,
cho‘l-adirlar, tog‘lar, pasttekisliklar), xilma-xil noyob o‘simlik va hayvonot
olami, nodir, dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan arxeologik topilmalar,
paleontologik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesimlar va
PEDAGOGY JOURNAL
2
shunga o‘xshash tabiiy yodgorliklarning 8000 dan ortig‘i mavjudligi
ekoturizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Markaziy Osiyo markazida ekoturizmni
rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan transport-geografik hududda joylashgan
bo‘lib, turli kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan va xalqaro sayyohlik
salohiyatiga ko‘ra dunyoda yetakchi o‘rin tutadi. Mamlakatida ekoturizmning
to‘liq rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolar mavjud. Masalan,
marshrutlarning yetishmasligi, muayyan hududlarda infratuzilmaning yo‘qligi,
atrof- muhit xabardorligi pastligi va boshqalar. Ushbu muammolarni bartaraf etish
va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun xorij mamlakatlari
tajribasini o‘rganish dolzarb hisoblanadi.
Ekologik turizm oqilona rivojlantirilsa, u ekologik inqiroz va talafotlarning
yechimini topishda juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Buning uchun
bugungi kunda mamlakatimizda tabiiy resurs yetarli. Ulardan o‘ta samaradorlik
bilan foydalanish ekoturizmning ham boshqa sohalar kabi gullab-yashnashida
muhim o‘rin egallaydi. Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi
vaqtda turizm sohasida 210 milliondan ortiq ishchi ish bilan band bo‘lib, undan
olinadigan daromad yiliga 770 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bugungi
kunda turizm rivojlanayotgan mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Bu o‘rinda
turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani, Yaqin
va O‘rta Sharq hamda Yevropa mintaqalaridagi mamlakatlar yetakchilik
qilmoqda. Ekspertlar ta’kidlashlaricha, bugungi kunda turizm sohasida
ekoturizm tarmog‘iga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizmi tarmog‘i jadal
rivojlanmoqda.
PEDAGOGY JOURNAL
3
BMT ma’lumotlariga qaraganda, har yili ekoturizmdan nisbatan kichik
davlatlar ham Keniya – 1,4, Ekvador – 1,18, Kosta-Rika – 1,14, Nepal –
1,55 million AQSh dollari miqdorida daromad oladilar. Shuni aytish kerakki,
ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olingan daromadlari mamlakat yalpi ichki
mahsulotining 70-80 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda jahon sayyohlik
sohasida xalqaro turizmdan tushadigan daromadlar avtomobil, neft, gaz ishlab
chiqarish sanoatidan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi.
Biz hozirdan ekoturizmda lider davlatlarning tajribalarini, texnologiyalarini,
ekoturizmni tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini, usullarini,
ekoturizmda boshqarish va ish yuritishni mukammal o‘rganishimiz kerak. Eng
muhimi, ekoturizmda ekologik obyekt, resurslardan olinadigan daromadlar
taqsimotida mahalliy aholi ning ulushlarini (ekoturistning kirish va tabiat
betakrorligidan foydalangandagi to‘lovlari) huquqiyme’yorlar asosida hal
qilishimizdir. Singapur davalati kichik bo‘lishiga qaramay, o‘zining
shaharsozligi bilan nom taratgan. Uning tabiiy resurslari kam bo‘lib, ularni
ekspluatsiya qilishi yoki himoya qilishi va mahalliy madaniyati haqida gap
bo‘lishi mumkin emas. Lekin tabiatga qiziquvchi sayohatchilar Singapurda juda
qiziqarli joylarni topishlari mumkin. Singapurdagi amaldagi qonunga ko‘ra, kim
Singapurda yer olib inshoot qurmoqchi bo‘lsa o‘sha yerda mavjud bo‘lgan
qancha o‘simlik va daraxtlarni kessa shu miqdordagi daraxtlar ekishi lozin
bo‘ladi. Bu qonun amal qilinayotganligi sababli Singapur yashil davlatga
aylandi. 1992 -yil Singapur atrof muhitni himoya qilish vazirligi boshqa
vazirliklar, xususiy va jamoa tashkilotlari bilan hamkorlikda “Singapur
yashillik rejasi – ekologik sof shahar tomon” nomli siyosiy reja tuzildi.
PEDAGOGY JOURNAL
4
Ushbu rejaga muvofiq, Singapur yuqori standartlarga javob beradigan yuqori
sifatli va sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, insonlar
shaxsiy qiziqishlari asosida nafaqat o‘zlarini o‘rab turgan atrof- muhitni, balki
global atrof- muhitni ham asrash haqida qayg‘urishadi. Singapurning
urbanizatsiyasi darajasi yuqori bo‘lishiga qaramasdan, Singapurning "yashil
rejasi" Singapur maydonining 5% ni tabiatni muhofaza qilish maydoniga
aylantirdi. Singapur bog‘lari yaxshi qulayliklar va biologik xilma-xilligi bilan
mahalliy aholi va sayyohlarni o‘ziga tortdi. Umumiy maydoni 3130 gektarni
egallagan 19 ta hududni himoya qilish ko‘zda tutildi. Yaxshi qulayliklarga ega
va biolagik xilma –xillikka ega bo‘lgan Singapur bog‘lari mahalliy xalqni shu
bilan birga turistlarni han o‘ziga jalb qildi.
Bugungi kunda muhofaza ostiga olingan tabiiy hududlar ekologik
turizmning asosiy bo‘g‘inidir. O‘zbеkistоndа turli dаrаjаdа muhоfаzа
qilinаdigаn tаbiiy hududlаrning umumiy mаydоni 20,6 ming kv. km. ni tashkil
etadi. Hоzirgi pаytdа muhоfаzа qilinаdigаn hududlаr tizimi tаrkibigа umumiy
mаydоni 2164 kv. km. 9 tа dаvlаt qo‘riqxоnаsi, mаydоni 6061 kv. km. bo‘lgаn 2
tа milliy pаrk, mаydоni 12186,5 kv. km. bo‘lgаn 9 tа dаvlаt buyurtmaxonalari, 1 tа
rеspublikа nоyob hаyvоnlа ri ko‘pаytirish mаrkаzi kirаdi.
Farg‘ona vodiysi, Bo‘stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, Shahrisabz kabi
hududlarda tog‘, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun yetarli shart -sharoitlar
mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekratsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh
mineral yer osti suvlarining 120 dan ortig‘i aholi salomatligini tiklash borasida
foydalanilmoqda. Respublikamizda ekoturizm bilan bog‘liq betakror go‘zal tabiat,
turfa xil hayvonot va nabotot dunyosi, noyob arxeologik topilmalar,
PEDAGOGY JOURNAL
5
poleontolik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesimlar,
shuningdek, betakror me’moriy obidalar mavjudki, bular turizm bilan birga
ekoturizmning ham keng miqyosda rivojlanishiga xizmat qiladi. Statistika
ma’lumotlariga ko‘ra, yurtimizga kelayotgan sayyohlarning 41 foizi O’zbekiston
ekologik boyliklari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyuradi.
O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy
omillardan biri muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekoturistlar uchun qulay
ekoturlarning mavjud emasligi hisoblanadi.
Agar O’zbekistonda yaxsh idoraviy qobiliyatlar mavjud bo‘lsa, ekoturizm davlat
rivojlanish strategiyasi bo‘lishi mumkin va quyidagi shartlar bo‘lishi kerak:
jamoatchilik orasida ekologik bilim yuqori bo‘lishi kerak; xususiy sektorlar tabiiy
resurs larni asrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda
ishlashlari darkor va bu dasturda ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy teng ravishda
muhokama qilinishi kerak; qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan
holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim; Turizm
industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo‘lishi va mahalliy madaniyat
turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Singapur tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ekoturizmni rivojlantirish uchun
quyidagilar zarur: ekologik bilimni oshirish; ekologik ta’limni doimiy
jarayonga aylantirish; tabiatni asrashga katta e’tibor berish; davlar tomanidan
ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar va sohaning rivojlanishi
uchun qonun hujjatlarining qabul qilinishi kerak.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki: mamlakatimizda ekoturizmning
salohiyati juda katta va uning jadal rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar
PEDAGOGY JOURNAL
6
mavjud. Dunyoda ekoturizm rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan
holda sohani rivojlantirishning o‘zimizga xos va munosib yo‘llarini izlash va
amalga oshirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1.R. Xaitboyev, “Ekologik turizm”, Toshkent – 2018, 43-47-bet;
2.
A. Nig‘matov, N. Shomurotova, “Ekoturizm asoslari”, Toshkent– 2018, 71-
75-betlar;
3.
“QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI”
mavzusidagi an’anaviy XXI – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli
talabalarning ilmiyamaliy anjumani maqolalar to’plami 2022.
4.
www.ekojurnal.uz;
5.
www.etour-singapore.com;
6.
www.costarica.com;
Dostları ilə paylaş: |