Pink Minimalist Digital Marketing Presentation


Aktseptli to’lov talabnomalari quyidagicha taqdim qilinadi



Yüklə 11,67 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü11,67 Kb.
#160866
1   2   3
BBH to\'lov talabnomasi

Aktseptli to’lov talabnomalari quyidagicha taqdim qilinadi:
a) mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko’rsatilganda, to’lov talabnomasi uch nusxada taqdim qilinadi.
Bunda to’lov talabnomasining birinchi va ikkinchi nusxalari - bankda qoldiriladi. To’lov talabnomasining uchinchi nusxasi - u kelib tushgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay, bank tomonidan hujjatni qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda aktseptlash uchun mablag’larni to’lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi.
Mijoz tomonidan to’lov talabnomasi aktseptlanganidan va to’lov amalga oshirilganidan so’ng, to’lov talabnomasining:
- birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
-
ikkinchi nusxasi - mablag’larni oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni oluvchiga taqdim qilinadi;
b) mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko’rsatilganda - to’lov talabnomalari uch nusxada mablag’larni oluvchi bankka taqdim qilinadi. To’lov talabnomasining barcha nusxalari mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka yuboriladi. Bunda to’lov talabnomasining:
- birinchi va ikkinchi nusxalari - bankda qoldiriladi;
- uchinchi nusxasi - keyingi ish kunidan kechiktirmay (mablag’larni to’lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar bundan mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda aktseptlash uchun mablag’larni to’lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi;
c) mablag’larni to’lovchi to’lov talabnomasini belgilangan muddatda bankka tashkilot rahbarining imzosi bilan aktsept to’g’risida to’lov talabnomasining yuqoridagi chap burchagiga belgi qo’yib qaytarishi kerak. Mablag’larni to’lovchi belgilangan muddatda o’zining roziligi yoki to’lovdan to’laligicha yoxud qisman bosh tortishi to’g’risida ma’lum qilmagan taqdirda, to’lov talabnomasi bank tomonidan umumiy tartibda aktseptlanadi hamda to’lov amalga oshirilgandan so’ng, to’lov talabnomasining:
- birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi nusxasi - mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga taqdim qilinadi.
To’lov talabnomasiga debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risidagi dalolatnomaning ilova qilinishi to’lov talabnomasini aktseptlash uchun asos bo’lmaydi. To’lov talabnomasini boshqa usullar bilan (debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi va bajarilgan ishlar (xizmatlar) bo’yicha dalolatnomaning to’lov talabnomasiga ilova qilinishi) aktseptlashga yo’l qo’yilmaydi.
Aktseptsiz to’lov talabnomalari bankka:
Mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko’rsatilganda, to’lov talabnomalari uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda to’lov amalga oshirilgandan so’ng, to’lov talabnomasining:
- birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi nusxasi - mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga taqdim qilinadi;
- uchinchi nusxasi
- mablag’larni oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni oluvchiga taqdim qilinadi;
Mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko’rsatilganda - to’lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov talabnomasining barcha nusxalari mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka yuboriladi va to’lov amalga oshirilgandan so’ng, to’lov talabnomasining:
- birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlari yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi nusxasi
- mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga taqdim qilinadi.
Elektron to’lovlar tizimi orqali bankka kelib tushgan elektron to’lov talabnomalari ro’yxat ko’rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi. Elektron to’lov talabnomasining nusxasi mablag’larni oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni oluvchiga taqdim qilinadi.
Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda, to’lov talabnomasi “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi hamda bu haqda uch ish kuni ichida mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka ma’lum qilinadi va mablag’larning kelib tushishiga qarab to’lab boriladi.
Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida etarli mablag’ bo’lmagan taqdirda, bank tomonidan hisobvaraq qoldig’i doirasida to’lov amalga oshiriladi. Mablag’larning etarli bo’lmagan qismi doirasida to’lov talabnomasi “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi, bunda to’lov talabnomasining orqa tomonida qisman to’langan summa va sana ko’rsatilib, imzo qo’yiladi.

Yüklə 11,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə