Pistia stratiotes



Yüklə 32,23 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü32,23 Kb.
#156917
1   2   3   4   5
Suvòtlarning oqava suvlarni tozalashda ahamiyati

Koʻk-yashil suvoʻtlar (Cyanophyta) — suvoʻtlar boʻlimi. Hujayrasi yadrosiz. Tuzilishi, tarkibi va genetik xususiyatlariga koʻra prokariolarga kiradi. Shuning uchun ular sianobakteriyalar ham deyiladi. Prokariotlar bakteriyalar va sianofitlarga ajratiladi. Koʻk-yashil suvoʻtlar bakteriyalarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan; suvoʻtlarga xos pigmentlari boʻladi. Filogenetik jihatdan eng qadimgi sodda tuzilgan oʻsimlik hisoblanadi. Koʻk-yashil suvoʻtlar hujayralari fotosintez qiluvchi organoidlar boʻlib, ularda karotinoidlar va qizil suvoʻtlardagi singari maxsus pigment — fikobiliproteidlar boʻladi. Rangi koʻk-yashil va qizgʻish, bir hujayrali va koʻp qujayrali ipsimon mikroskopik organizmlar; koʻpincha, uzunligi 20 sm boʻladi. Sporalar, akinetalar va iplarning boʻlaqlari orqali koʻpayadi. 3 ta sinfi (hamesifonsimon suvoʻtlar, gormogonsimon suvoʻtlar) mavjud. Yer yuzida keng tarqalgan. 2000 dan ortiqturi maʼlum. Oʻrta Osiyo suv havzalarida ossillatoriya, formidium, lingbiya turkumlariga mansub turlar uchraydi.
Koʻk-yashil suvoʻtlar suv va quruqlik muhitining turli xil sharoitida oʻsadi. Koʻpchilik turlari havodagi erkin azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Koʻk-yashil suvoʻtlar chuchuk suv va dengiz planktoni hamda bentosi tarkibiga kiradi, tuproq yuzasida, harorati 80° gacha boʻlgan qaynoq suvli buloqlarda, bir qancha turlari ohaktosh konlarida oʻsadi. Ular, koʻpincha, boshqa organizmlar: xlorofilni yoʻqotgan bir qujayrali hayvonlar, zamburugʻlar (lishayniklar tanasida), yoʻsinlar, qirqquloqlar, sagovniklar, gulli oʻsimliklar bilan simbiotik munosabatga kirishadi (qarang Simbioz). Havodagi erkin azotni oʻzlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi. Koʻpincha suv havzalarining „gullashi“ga sabab boʻladi. Ayrim turlari (nostok, spiruliva) isteʼmol qilinadi. Yem-xashak va oziq-ovqat oqsili olish maqsadida koʻk-yashil suvoʻtlarni sanoat miqyosida koʻpaytirish ustida ish olib borilmokda.


Yirik shaharlarda urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi tabiiy resursni, jumladan suv resurslarining sezilarli ta’sirga uchrayotgani, bu esa o‘z navbatida suvdagi biogeotsenozlarning salbiy o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlar bioxilma-xillikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Keyingi yillarda Samarqand shahrida aholi soni 1 milliondan oshgani, sanoat, ishlab chiqarish va urbanizatsiya jarayonlarining jadallashgani shahardan oqib o‘tuvchi kanallarning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ko‘p ta’kidlanmoqda. Siyob, Qorasuv va Obi-Rahmat kabi qadimiy kanallarining real ekologik holatini aniqlash, ifloslanish darajasi baholash hamda monitoringini olib borish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bu borada mazkur kanallar algoflorasini tadqiq etish, ularning mavsumiy va ekologik xususiyatlari izohlash orqali suvning ekologik holatini baholash imkoniyati beradi.
Hozirgi kunda dunyoda suv resurslarini turli texnogen ta’sirlardan muhofaza qilish, tabiiy suv havzalari barqarorligini ta’minlash, ayniqsa undagi floraning biologik xilma-xilligini saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, yirik shaharlardagi kanallar quruqlik suv havzalari suvo‘tlarining shakllanishi va taqsimlanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning 46% xilma-xilligi yirik shaharlardagi kanallar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda, tabiiy suv havzalarining suvo‘tlarini har tomonlama o‘rganish, ekologiya-sanitariya holatini baholash va hamda uning kelajakdagi holatini bashorat qilish imkoniyatlarini amaliyotiga joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Jahondagi hozirgi zamonda texnogen omillar ta’siri kuchli bo‘lgan yirik shaharlardagi kanallar algoflora ya’ni suvo‘tlar holatini aniqlash hamda daryolarning turli moddalar bilan ifloslanish darajasini baholashni talab etmoqda. Bu o‘rinda katta strategik ahamiyatga ega yirik shaharlardagi kanallar o‘zining algoflora turlariga boyligi, undagi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ekologik komponentlarining mavjudligi bilan muhim hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirish orqali Samarqand shahridagi Siyob, Qorasuv va Obi-Rahmat kanallari algoflorasini o‘rganish, indikator-saprob turlarini tahlil qilish orqali suvning ekologik holatini baholash hamda ushbu kanallar algoflorasi turlar tarkibini aniqlash kabi muhim vazifalarni bajarish mumkin. Suvo‘tlari suv havzalari suvini tozalash va ekologik holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabiat va inson hayotidagi suvo'tlar ahamiyati oshirib bo`lmaydi. Fotosintez jarayonlar orqali ular chuchuk va sho'r suvlarda organik moddalarning katta miqdorda asosiy ishlab chiqaruvchilar mavjud. Maxsus e'tibor aslida tomonidan berilgan, deb daryo va dengiz hayoti uchun juda zarur, suv-intensiv mahsulotlari kislorod suv o'tlari. Man uzoq o'simliklar yuksak baho berdi va ularni ko'p ishlatiladigan ko'rdik sanoati va qishloq xo'jaligida.



Yüklə 32,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə