|
Plauntoifalar bo`limi lycopodiophyta
|
tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 5,97 Kb. | | #181960 |
| Plauntoifalar bo`limi Plauntoifalar bo`limi - lycopodiophyta Reja: 1. Plaunlarning tuzilishi tarqalishi va ekologiyasi. 2. Bo`limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari. 3. Plaunlarni kelib chiqishi. 4. Ahamiyati. Plauntoifalar bo`limi - lycopodiophyta Bu bo`limga mansub o`simliklarning rivojlanish davri Poleozoy erasining toshko`mir davriga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda ularning turlar soni keskin kamayib 1000 ga yaqin turi uchraydi. Shuningdek ular o`simliklar qoplamining hosil qilishdagi ishtiroki kam. Ular faqat doim yashil ko`p yillik o`simliklardir. Daraxtsimonlari bizning davrimizgacha etib kelgan emas. Plaunlarning tanasi poya, barg va ildizga ajralgan. Poyasi dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari mayda bigizsimon bo`lib, poyada ketma-ket ba`zi hollarda qarama-qarshi, xalkasimon bo`lib joylashgan. Bularni hayotiy rivojlanish davrida sporofit nasl, gametofit naslga nisbatan ustunlik qiladi.
poya,
ildiz
barg
Sporangiyalari poya uchida hosil bo`lgan barglarning barg qo`ltiqlarida yoki bargning pastki yuza tomonida hosil bo`ladi. Ularni spora hosil qiluvchi barglar yoki sporofillar deb ataladi. Sporalarini shakli teng yoki har-xil bo`ladi.
Gametofitlari 20 mm gacha borib, tuproq yuzasida, tuproqqa botgan holda ba`zan tuproq ostida soprofit (zamburug’lar bilan) hayot kechiradi. Gametofitning to`la rivojlanib, undan embrion hosil bo`lishi uchun 12-15 yil sarflanadi. Gametofitlari bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli bir jinslidir. Jinsiy a`zolari anteridiy va arxegoniylar hisoblanadi. Anteriyda hosil bo`lgan spermatazoidlar ikki yoki ko`p xivchinli.
Uning tuxum xujayra bilan qo`shilishidan yangi individ ya`ni sporofit shakllanadi. Bu bo`lim sporalarini tuzilishiga ko`ra
2-ta sinfga bo`linadi:
1. Plaunsimonlar sinfi - Lycopodiopsida
2. Polushniksimonlar sinfi – Isoetopsida
Plaunsimonlar sinfi. Bu sinfga mansub o`simliklarning hammasi o`tsimon bo`lib, ularni rivojlangan va keng tarqalgan davri Devonga to`g`ri keladi. Ularning qoldiqlari toshko`mir konlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Sinfning o`ziga xos hususiyatlaridan biri, bu teng sporalilikdir.
Asteroksilonnamalar qabilasi – Asteroxylonales
Bular plaunlar orasida eng qadimgi va soddasi hisoblanadi. Asteroksilonlar dastlab riniyatoifalar bo`limiga taalluqli deb qarab kelingan. Ammo ularni mayda bigizsimon barglarini bo`lishi, poyaning ichki tuzilishi sifonostel tipdaligi, ildizga o`xshash o`simtalarni hosil bo`lishi Plaunsimonlarga yaqinligidan darak beradi. Ular bitta oila, ikkita turkumdan iborat. Har ikkala turkum ham bundan 400 mln. yil ilgari qo`rib yuqolib ketgan. Faqat ularni qoldiqlari devon davrining o`rta qatlamlaridan Shotlandiya, FRG, Xitoy, Avstraliya va boshqa joylardan topilgan.
Protolepidodendronamolar qabilasi – Protolepidodendrales
Bular ham qazilma holda uchraydigan o`simliklardir. Ularning qoldiqlari devon va silur davrlaridan topilgan. Bu o`simliklarning bo`yi 25-40 smga etadigan o`tlar bo`lib, barglari poyada ketma-ket joylashgan. Barglari to`kilganda poyada izlar qoldirgan.
Likopodiumnamolar qabilasi – Lycopodiales
Bu qabila vakillari o`rmonlarda zax va soya joylarda uchraydi. Hozirgi vaqtda ular keng tarqalgan, tanasi to`liq qismlarga ajralgan, ko`p yillik o`t o`simliklardir. Sporalari bir xil, gametofiti tuganaksimon, er ostida yashaydi. Likopodiumlarni 400 ga yaqin turi bo`lib, ular ko`proq tropik mintaqalarda tarqalgan.
O`rta Osiyoda uchramaydi. Ularning keng tarqalganlaridan biri likopodium klavatum (Lycopodium clavatum). U erda yotib o`sadi, uzunligi 1-3 m. ga etadi. Yuqoriga qarab o`sgan shoxlarining bo`yi 30 sm. ga etib boradi. Shoxlari dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari bigizsimon tuzilishga ega. Poyaning ichki tuzilishi kslema, floema, peretsikl, entoderma va epidermadan iborat.
Polushniksimonlar sinfi –Isoetopsida
Bu sinfga mansub o`simliklarning poyasi ikkilamchi yo`g`onlashish hususiyatiga ega bo`lgan daraxt va o`t o`simliklardir. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, har xil sporalar hosil qiladigan o`simliklar.
Polushniksimonlar sinf 3 ta qabilaga bo`linadi:
1. Selaginellanamolar qabilasi- Selaginellales
2. Polushniknamolar qabilasi- Isoetales
3. Lepidodendronnamolar qabilasi-Lepidodendrales
Dostları ilə paylaş: |
|
|