Populyasiyaning xarakterli xususiyatlari va tuzilmalari



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə1/4
tarix31.12.2021
ölçüsü33,55 Kb.
#82062
  1   2   3   4
3-topshiriq javobi


  1. Populyasiyaning xarakterli xususiyatlari va tuzilmalari.

Populyasiya deganda biz ma’lum territoriya yoki akvatoriyani egallagan bir tur doirasidagi individlarning birlashmasini tushunamiz. Populyasiyalar ekologiyasining ob’ekti qilib butun ekosistema, ya’ni o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyasiyalarining barqaror kompleksi va ular egallab turgan terrritoriya yoki akvatoriyasi olinadi. Bu esa sistemali yondashish deyiladi. Ekologiyada bir necha yondashish mavjud bo‘lib, ular ichida qabul qilingani ekosistemali va populyasiyalarni o‘rganib yondashishlaridir. Ulardan birinchisi asosiy e’tiborni ekosistemaga, ikkinchisi esa populyasiyaga qaratadi. Demak, ular orasidagi farq ob’ektida.Populyasiyali yondashishda asosiy ahamiyat turga, ayniqsa xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turga beriladi. Bu turlar qishloq xo‘jalik zarakunandasi, yoki kasallik tarqatuvchi yoki muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan noyob turlar bo‘lishi mumkin.Populyasiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch. Elton bo‘lib, populyasiyalar ekologiyasi fani 1930-yilda vujudga keldi. Ch. Elton o‘zining "Hayvonlar ekologiyasi" kitobida ayrim organizmlarni o‘rganishdan populyasiyalarni o‘rganishga o‘tish kerakligini aytgan. Chunki bu darajada moslashish va boshqarish yaqqol ko‘rinadi, bunda asosiy masala populyasiya sonining dinamikasi hisoblanadi.Populyasiyalar to‘g‘risidagi ma’lumot populyasion genetikada paydo bo‘lib, sistematikada tur murakkab sistema deb qaralganidan keyin rivojlana boshladi.Amaliy ehtiyojlar ham populyasiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.Populyasiyalar ekologiyasining rivojlanishiga S.A.Seversov, S.S.Shvars, N.P.Naumov, G.A.Viktorov katta hissa qo‘shdi. O‘simliklar populyasiyasini o‘rganishga Sinskaya E.N. (1948), T.A.Rabotnov., A.A.Uranov asos soldi. S.S.Shvarsning "Hozirgi ekologiyaning uslublari" nomli asarining birinchi qismida "Ekologiya— populyasiyalar to‘g‘risidagi fan" deyilgan, populyasiya esa hayvonlar uchun asosiy va birdan —bir yashash formasidir deyilgan. Populyasiyani o‘rganishda ikkita metodologik yondashish mavjud: birinchisiga muvofiq, dastlab organizmlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, keyin ular populyasiyaning xususiyatlari bilan bog‘lanadi. Ikkinchisiga binoan populyasiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bolanadi deb ta’kidlanadi.Populyasiya, bir butun sistema shaklida, tashqi omillar bilan bog‘langan holda o‘rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada "populyasiyalar biologiyasi" sohasi mavjud. Bunda, populyasiyaning joydagi roli — konsument, produtsent va redutsentlar, xar—xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli o‘rganiladi.


  1. Yüklə 33,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə