Populyasiyaning xarakterli xususiyatlari va tuzilmalari


Populyasiyalar dinamikasi



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə2/4
tarix31.12.2021
ölçüsü33,55 Kb.
#82062
1   2   3   4
3-topshiriq javobi

Populyasiyalar dinamikasi.

Populyasiyalar ekologiyasining predmeti populyasiyaning tuzilishi, dinamikasini, yoshi va jinsini o‘rganishdan iborat. Chunki ular hosildorlik va ko‘payish xarakterini ko‘rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi bo‘lib, o‘lish bilan ko‘payish o‘rtasidagi nisbatan belgilaydi.Populyasiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o‘zini son jihatidan idora etishdir. Ayni sharoitda individlar optimal sonning individlar saqlanib turilishi populyasiyaning gomeostazi deyiladi. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki populyasiya guruhiy birlashma hisoblanadi. Individlar o‘rtasida aloqalar bo‘lishi bilan birga, ularning yashab turgan joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi, populyasiya uchun o‘ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat: populyasiyaning soni, zichligi, tug‘ilishi, o‘lishi, populyasiyaning o‘sishi, o‘sish sur’ati, biotik potensiali va boshqalar.Individlarning ma’lum xududda tarqalishi, jinsi va yosh bo‘yicha nisbatlari, morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar populyasiyaning tuzilmasini ifodalaydi.Populyasiyadagi individlar bir—biridan yoshi, jinsi, o‘zaro chatishadigan avlodlariga hayot siklining turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyasiyalar tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum xududga bog‘liklik darajasi, tabiiy to‘siqlarni engib o‘ta olish kabi biologik xususiyatlari bilan belgilanadi. U doimiy emas. Populyasiyalar ichida organizmning o‘sishi, turilishi va boshqa ko‘pgina sabablarga ko‘ra, ya’ni tashqi muhitning o‘zgarishi, dushmanlar sonining o‘zgarishi kabi qator omillarga bog‘liq holda o‘zgarish vujudga keldi.


  1. Yüklə 33,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə