PptxGenjs presentation



Yüklə 4,31 Mb.
səhifə2/5
tarix26.10.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#131891
1   2   3   4   5
XTTB bank

Bosh ijroiya organ — ijrochi direktorlar kengashi. 24 ijrochi direktordan 5 tasi Bankning yirik aksiyadorlari boʻlgan mamlakatlar (AKTL, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan, qolgan 19 tasi mamlakatlar guruhlari tomonidan tayinlanadi. Bankni prezident boshqaradi. Boshkaruvchilar kengashi sessiyalari yilda 1 marta oʻtkaziladi. Mamlakatlar XTTB kapitalidagi oʻz payi salmogʻiga mutanosib ovoz huquqiga ega.

Bank kreditlarini moliyalashtirishning asosiy manbai — ssuda kapitali bozorlarida mablagʻlarni jalb etishdir. Xususiy banklar va boshqa kredit muassasalari amalda kredit xatari boʻlmagan yuqori foiz stavkalari (6% dan ortiq) evaziga Bank obligatsiyalarini sotib oladilar.

Bank kreditlarini moliyalashtirishning asosiy manbai — ssuda kapitali bozorlarida mablagʻlarni jalb etishdir. Xususiy banklar va boshqa kredit muassasalari amalda kredit xatari boʻlmagan yuqori foiz stavkalari (6% dan ortiq) evaziga Bank obligatsiyalarini sotib oladilar.

Bank hukumatlarga va davlat kafolati bilan xususiy korxonalarga qarz beradi, ayni paytda muttasil sof daromad ham oladi.

1994-yilda Vashington, London, Parij, Tokioda aʼzo mamlakatlardagi loyihalar toʻgʻrisida axborotlar beradigan yangi axborot markazlari tashkil etdi. 1998-yilda bank 21,1 mlrd. dollar qarz berib, uning sof foydasi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Odatda, bank obyekt qiymatining 30% ga yaqin qismini qoplaydigan kreditlar beradi, uning qolgan qismi ichki yoki boshqa tashki manbalar hisobiga qoplanishi lozim. Kreditlar ssuda kapitali bozoridagi foiz stavkalari darajasi bilan belgilanadigan yuqori foizlarda 20 yilgacha muddatga beriladi. Bank kreditlarining asosiy qismi energetika, transport, aloqa va infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga moʻljallanadi.

Bank oʻz faoliyatini boshlaganidan beri (1998-yilning 30 iyuniga qadar) eng koʻp qarz olgan mamlakatlar (mlrd. dollar): Meksika (29,1), Braziliya (25,7), Hindiston (25,4), Indoneziya (24,4), Xitoy (21,4), Argentina (14,5), Koreya Respublikasi (13,5), Turkiya (13,2), Filippin (9,9), Rossiya (9,8).


Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə