Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.

səhifə10/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29

36

37

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash 



uchun belgilanadi:

- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz, 

salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;



- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas 

olish yo’llarining bakterial kasalliklari;



- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz, 

endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;



- mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: oshqozon-ichak  tizimining  va  nafas  olish 

yo’llarining  bakterial kasalliklari, leptospiroz;

1 ml preparat tarkibi:

Enrofloksatsin 

50 mg

        

ENROFLOKSATSIN

 50

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat mushak ichiga sutkasiga 1 marta qo’llanadi.  



Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlarga 

sutkalik dozasi hayvonning 20 kg tana vazniga 1 ml preparat (1,5 mg 

enrofloksatsin - 1 kg uchun) hisobidan belgilanadi. Salmonellyoz 

va nafas olish a’zolarining yuqumli kasalliklarida - hayvonning 20 

kg tana vazniga 2 ml preparat (5,0 mg enrofloksatsin - 1 kg uchun) 

dozasida belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 

3-5 kun. Tuqqan cho’chqalarning mastit-metrit-agalaktiyasida 

davolash kursi - 1 kundan 2 kungacha.



Mo’ynali hayvonlarga (norka, tulki, shimol tulkisi), itlarga, 

mushuklarga sutkalik dozasi hayvonning 10 kg tana vazniga 1 

ml preparat (5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash 

kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.

 

Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining 



yarmisi belgilanadi. 

 

Ehtimoliy og’riq reaktsiyasi bo’lmasligi uchun, preparat yrik 



hayvonlarga bir joyiga ko’pi bilan 2-3 ml va mayda hayvonlarga ko’pi bilan 1 ml miqdorda kiritish 

kerak.


Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning  tarkibiga  kiruvchi  enrofloksatsin  ftorxinolonlar 

guruhiga kiradi. Enrofloksatsinning bakteriyalar hujayralariga ta’sir etish mexanizmi olma kislotasining 

biosintezini  to’xtatishga  asoslanadi.  Bu  patogen  mikroorganizmlarning  morfologik  o’zgarishlarini  va 

tez o’lishini keltirib chiqaradi. Preparat tez so’rilishi va qon zardobida yuqori konsentratsiyaga yetishi 

xususiyatlariga ega.

Preparat  gram-musbat  bakteriyalar  (stafilokokklar,  streptokokklar,  korinebakteriyalar,  klostridiyalar 

va  listeriyalar),  gram-manfiy  bakteriyalar  (ichak  tayoqchasi,  salmonellalar,  klebsiyellalar,  proteylar, 

iyersiniyalar,  gemofil  bakteriyalar,  pasterellalar,  aktinobatsilluslar,  psevdomonalar,  bordetellalar, 

brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan keng doirali antibakterial ta’siriga ega.

Enrofloksatsin  inyeksiya  joyidan  tez  so’riladi  va  organizmning  barcha  a’zolari  va  to’qimalarga  kirib 

o’zlashadi.  Preparatning  qondagi  maksimal  konsentratsiyasiga  kiritishdan  keyin  0,5-1  soat  o’tganda 

erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi. 

Preparat  organizmda  amalda  biotransformatsiyaga  uchramaydi  va  o’zgarmagan  holda,  asosan  siydik 

bilan va o’t bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Cho’chqalarda enrofloksatsin inyeksiyalari ba’zan mahalliy achishishni keltirib 

chiqaradi. Davolash davrida buzoqlarda va cho’chqachalarda ba’zan ovqatni hazm qilish buzilishi 

kuzatilishi mumkin.

Enrofloksatsin preparatlarini qo’llash mayda va o’rtacha zotli itlarda 2 oydan 8 oygacha yoshida, yirik va 

sekin o’sadigan zotlarda esa 18 oygacha bo’g’im tog’aylarida o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparat otlarga, homilador itlarga va tuqqan cho’chqalarga, shuningdek sut 

emizadigan itlarga qo’llash mumkin emas. Preparatni 8 oydan yoshroq mushuklar, 12 oygacha yoshdagi 

itlarga, yirik zotli itlarga esa 18 oygacha qo’llash mumkin emas.

Enrofloksatsin-50 sut sog’iladigan hayvonlarga qo’llanishi ruxsat etilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Preparat tetratsiklinlar, makrolid antibiotiklar, levomitsetin bilan bir vaqtda 

qo’llanishi mumkin emas.

KUTISH DAVRI: 

Yirik qoramol, qo’ylar, cho’chqalar va quyonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi 

kiritishdan keyin kamida 14 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat 

tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak 

unini ishlab chiqarish uchun, olingan sut esa – qishloq xo’jalik hayvonlariga ichirish uchun ishlatish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita. 

Ta’sir qiluvchi moddasi enrofloksatsindir. 

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan 

+25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.




38

39

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash 



uchun belgilanadi:

- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz, 

salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;



- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas 

olish yo’llarining  bakterial kasalliklari;



- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz, 

endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;



- mo’ynali  hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar:  oshqozon-ichak  tizimining  va  nafas  olish 

yo’llarining  bakterial kasalliklari, leptospiroz.

1 ml preparat tarkibi:

Enrofloksatsin 

100 mg

ENROFLOKSATSIN

 100

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat mushak ichiga sutkasiga 1 marta qo’llanadi. 



Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar: sutkalik dozasi 

hayvonning 20 kg tana vazniga 0,5-1 ml preparat (1 kg vazniga 

2,5 - 5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi – 

kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.



Mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: sutkalik 

dozasi hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5 ml preparat (5 mg 

enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning 

og’irligiga qarab, 3-5 kun.

 

Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining 



yarmisi belgilanadi.

 

Ehtimoliy og’riq reaktsiyasi bo’lmasligi uchun, preparat yrik 



hayvonlarga bir joyiga ko’pi bilan 2-3 ml va mayda hayvonlarga 

ko’pi bilan 1 ml miqdorda kiritish kerak.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning  tarkibiga  kiruvchi  enrofloksatsin  ftorxinolonlar 

guruhiga kiradi. Enrofloksatsinning bakteriyalar hujayralariga ta’sir etish mexanizmi olma kislotasining 

biosintezini  to’xtatishga  asoslanadi.  Bu  patogen  mikroorganizmlarning  morfologik  o’zgarishlarini  va 

tez o’lishini keltirib chiqaradi. Preparat tez so’rilishi va qon zardobida yuqori konsentratsiyaga yetishi 

xususiyatlariga ega.

Preparat  gram-musbat  bakteriyalar  (stafilokokklar,  streptokokklar,  korinebakteriyalar,  klostridiyalar 

va  listeriyalar),  gram-manfiy  bakteriyalar  (ichak  tayoqchasi,  salmonellalar,  klebsiyellalar,  proteylar, 

iyersiniyalar,  gemofil  bakteriyalar,  pasterellalar,  aktinobatsilluslar,  psevdomonalar,  bordetellalar, 

brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan keng doirali antibakterial ta’siriga ega.

Enrofloksatsin  inyeksiya  joyidan  tez  so’riladi  va  organizmning  barcha  a’zolari  va  to’qimalarga  kirib 

o’zlashadi.  Preparatning  qondagi  maksimal  konsentratsiyasiga  kiritishdan  keyin  0,5-1  soat  o’tganda 

erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi. 

Preparat  organizmda  amalda  biotransformatsiyaga  uchramaydi  va  o’zgarmagan  holda,  asosan  siydik 

bilan va o’t bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Cho’chqalarda enrofloksatsin inyeksiyalari ba’zan mahalliy achishishni keltirib 

chiqaradi. Davolash davrida buzoqlarda va cho’chqachalarda ba’zan ovqatni hazm qilish buzilishi 

kuzatilishi mumkin.

Enrofloksatsin preparatlarini qo’llash mayda va o’rtacha zotli itlarda 2 oydan 8 oygacha yoshida, yirik va 

sekin o’sadigan zotlarda esa 18 oygacha bo’g’im tog’aylarida o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparat otlarga, homilador itlarga va tuqqan cho’chqalarga, shuningdek 

sut emizadigan itlarga qo’llash mumkin emas. Preparatni 8 oydan yoshroq mushuklar, 12 oygacha 

yoshdagi itlarga, yirik zotli itlarga esa 18 oygacha qo’llash mumkin emas. «Enrofloksatsin-100» sut 

sog’iladigan hayvonlarga qo’llanishi ruxsat etilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Preparat tetratsiklinlar, makrolid antibiotiklar, levomitsetin bilan bir vaqtda 

qo’llanishi mumkin emas.

KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish va sutni iste’mol qilish, mos holda, preparatni 

oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 kun va 4 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda 

ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish 

uchun, olingan sut esa – qishloq xo’jalik hayvonlariga ichirish uchun ishlatish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Veterinariya tibbiyotida preparatni bakterial kasalliklarini 

davolash uchun qo’llaniladi. Ta’sir qiluvchi moddasi enrofloksatsindir. 

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan 

+25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.






Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə