Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29

40

41

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Enrovit 10% kukuni qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish 



va davolash uchun mo’ljallangan:

- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz, 

salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;



- parrandalar: surunkali respirator kasalliklar, septitsemiya, tovuq o’lati va tovuq tifi, salmonellyozlar, 

stafilokokkozlar, streptokokkozlar, mikoplazmozlar, vibriozli gepatit va hokazo;



- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz, 

endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;



- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas 

olish yo’llarining  bakterial kasalliklari;



- mo’ynali  hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: oshqozon-ichak  tizimining  va  nafas  olish 

yo’llarining  bakterial kasalliklari, leptospiroz.

1 g preparat tarkibi:

Enrofloksatsin 

100 mg

ENROVIT

 10%

Kukuni


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

«Enrovit 10%» kukuni og’iz orqali ichib yoki yem bilan aralashtirib, davolash maqsadida 



sutkasiga bir marta qo’llanadi.

Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlarga sutkalik dozasi hayvonning 1 kg 

tana vazniga 3-5 mg enrofloksatsin (0,3-0,5 g preparat - 10 kg uchun) hisobidan belgilanadi. 

Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.

Parrandalarga - 100 g preparat 200 l ichimlik suvida suyultiriladi va 3 kun davomida beriladi. 

Salmonellyoz holatida – 5 kungacha.



Mo’ynali hayvonlarga (norka, tulki, shimol tulkisi), itlarga sutkalik dozasi hayvonning 1 kg 

tana vazniga 5 mg enrofloksatsin (0,5 g preparat - 10 kg uchun) hisobidan belgilanadi. Davolash 

kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.

Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida preparatning davolash dozasining yarmisi belgilanadi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Enrofloksatsin  ftorxinolonlar  guruhiga  kiradi,  mikroorganizm-

larda olma kislotasining biosintezini ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etadi, bu esa ularning 

morfologik o’zgarishlarini va o’limini keltirib chiqaradi. Ushbu o’ziga xos ta’sir etish mexanizmi avvalgi 

avlodlarga mansub antibiotiklarga va kimyoviy davolash vositalariga plazmidlar ishtirokidagi chidamlilik 

rivojlanishi imkoniyatini yo’q qiladi.

Enrofloksatsinning  gram-musbat  bakteriyalar  (stafilokokklar,  streptokokklar,  korinebakteriyalar, 

klostridiyalar  va  listeriyalar),  gram-manfiy  bakteriyalar  (ichak  tayoqchasi,  salmonellalar,  klebsiyellalar, 

protey-lar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar, 

brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Uning rahbarligi ostida preparat bilan ishlov beriladigan veterinar mutaxassis 

hayvonlar va parrandalarning holatini kuzatib turishi shart.

KUTISH DAVRI: 

Yirik qoramol, qo’ylar, quyonlar va tovuqlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi 

kiritishdan keyin kamida 7 kun, cho’chqalarni 5 kun, kurkalarni 14 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi

olingan sutni va tuxumlarni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish davolash davrida va preparatni oxirgi 

kiritishdan keyin 7 sutka davomida taqiqlanadi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan 

avval so’yilgan hayvonlarning go’shti, olingan sut va tuxum faqat yem maqsadlarida ishlatilishi lozim.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda 

tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim. 

Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

«Enrovit-10%» kukuni - hayvonlar va parrandalarning bakterial 

kasalliklarini davolash uchun vosita. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, 

+2°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.



42

43

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Vetilozin  50%  kukuni  tovuqlarning  respiratorli  mikoplazmozini,  kurkalarning  yuqumli  sinusitini 



davolash uchun qo’llanadi. Cho’chqalarga dizenteriya, bakterial kelib chiqishdagi gastroenterokolitlarda, 

buzoqlarga – tilozinga sezgir qo’zg’atuvchilar tufayli kelib chiqqan bronxopnevmoniyalarda davolash-

profilaktika vositasi sifatida belgilanadi.

1 g preparat tarkibi:

Tilozin tartrat 

500 mg


VETILOZIN

 50%

Kukuni


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat ichimlik suvi bilan belgilanadi. Davolash davrida cho’chqalarga va parrandalarga 



faqat antibiotikli suv beriladi. Qo’llashdan avval preparatning tavsiya etilgan dozasi kukunga 

qo’shilgan ozgina suvda eritiladi, keyin esa uni ichirish me’yorigacha suv bilan suyultiriladi. 

Preparatni yem bilan aralashtirib ishlatish ruxsat etiladi. Bunday aralashmani pishirish mumkin 

emas.


 

Parrandalarning respiratorli mikoplazmozi va yuqumli sinusiti kasalliklarining profilaktikasi 

uchun Vetilozin 50% kukuni 1 l suvga 1 g hisobida belgilanadi:

-  ko’paytirish uchun boqiladigan parrandaga 1-5, 28-29, 56-57 va 140-141 kunlik yoshida;

- tuxum qo’yuvchi zotli sanoat boquvidagi jo’jalarga va broylerlarga 1-3 va 28 kunlik 

yoshida, kurkalarga 1-3 va 28-29 kunlik yoshida.

 

Davolash maqsadida preparat xuddi shunday dozada jo’jalarga 3 kun, kurkalarga 5 sutka 



davomida qo’llanadi.

 

Cho’chqalarning dizenteriyasida va gastroenterokolitlarida preparat sutkasiga ikki marta, 1 



l suvga 0,5 g (yoki hayvonlarning 1 kg tana vazniga 10 mg) bir marotabalik dozasida 3-10 kun 

davomida belgilanadi.

  Buzoqlarga bronxopnevmoniyada davolash-profilaktika vositasi sifatida preparat suv 

yoki sut bilan sutkasiga ikki marta hayvonlarning 1 kg tana vazniga 10 mg dozasida 7-14 kun 

davomida individual ichiriladi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Tilozin  –  makrolidlar  guruhidagi  antibiotik  modda,  ko’pchilik  gram-musbat  va  ba’zi  gram-manfiy 

bakteriyalar, shu jumladan streptokokklar, stafilokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, pasterellalar, 

erizipelotrikslar, spiroxetalar, xlamidiyalar, treponemalar, dizenteriya va mikoplazmalarga nisbatan faol 

ta’sir ko’rsatadi.

Og’iz  orqali  ichilganda  antibiotik  oshqozon-ichak  tizimidan  yaxshi  so’riladi  va  organizmning  amalda 

barcha a’zolariga va to’qimalariga kirib o’zlashadi. O’pka, jigar, sut bezlarida va buyrakda tilozinning eng 

yuqori darajasiga erishiladi. Vetilozin preparatining bir marotabalik qo’llanishidan keyin antibiotikning 

terapevtik konsentratsiyasi organizmda 15-18 soat davomida saqlanadi.

Tilozin organizmdan asosan o’t bilan, kamroq miqdorda – siydik va sut bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Ayrim hollarda cho’chqachalarda teri eritemasi va qichishish kuzatilishi mumkin, 

ular preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin o’tib ketadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Tuxum qo’yadigan tovuqlarga, shuningdek penitsillinlar bilan, sefalosporinlar 

yoki linkomitsin bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas, chunki bu tilozinning antibakterial ta’sirini 

kamaytirishi mumkin, shuningdek preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik bo’lganda 

qo’llash mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Preparat bilan davolangan parrandalarning tuxumlaridan oziq-ovqat 

maqsadlari uchun foydalanish mumkin emas.

KUTISH DAVRI:

 Buzoqlarni go’sht uchun so’yish preparatni oxirgi qo’llashdan keyin 14 kundan so’ng, 

cho’chqalarni va parrandalarni – 5 kundan so’ng ruxsat etiladi.

Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlar va parrandalarning go’shti 

yem-ozuqa maqsadida ishlatilishi mumkin.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparatni suv va yem bilan aralashtirish bilan shug’ullanuvchi shaxslar

sensibilizatsiya xavfi tufayli respiratorlarda yoki doka-paxta niqoblarida ishlashi lozim. 

Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

«Vetilozin 50%» hayvonlar va parrandalarning bakterial 

kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 250 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, 

+5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə