Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.

səhifə12/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29

44

45

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Sulfaprim» yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga, qo’ylar va shimoliy bug’ularning pnevmoniyalari, kataral 



bronxopnevmoniya, bronxit, laringit, angina, sepsis, nekrobakterioz kasalliklarida, parrandalarning 

dispepsiya, gastroenteritlar, siydlik yo’llari yuqumli kasalliklari, salmonellyoz, pasterellyoz, respiratorli 

mikoplazmoz, eymerioz kasaliklarida, va qo’zg’atuvchilari preparatning tarkibiy qismlariga sezgir bo’lgan 

boshqa kasalliklarda qo’llanadi.

1 g preparat tarkibi:

Sulfamerazin 

0,1 g

Trimetoprim 0,02 



g

SULFAPRIM

Kukuni


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat 4-6 kun davomida sutkasiga 2 marta, hayvonning 20 kg tana vazniga 5 g kukun 



hisobidan ichish uchun belgilanadi, bu 1 kg tana vazniga 30 mg faol substansiya miqdorida 

to’g’ri keladi. 

 

Davolash jarayonida hayvonlarga suvni bemalol ichish imkoniyati beriladi. 



 

Parrandaga 3-5 kun davomida kuniga 2 marta, 12 soat oralig’ida 5 kg yemga 1,0 g hisobida 

belgilanadi.

  «Sulfaprim» antibiotiklar bilan birga qo’llanishi mumkin. Bu holda preparatlarning 

mikroblarga qarshi ta’sir doirasi va terapevtik xususiyatlari ancha yaxshilanadi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi tarkibiy moddalar uning mikroblarga qarshi yuqori 

faolligini belgilab beradi. Preparat ko’pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning, shu 

jumladan salmonellalar, pasterellalar, esherixiyalarning rivojlanishini to’xtatadi, lekin zamburug’lar va 

viruslarga nisbatan faol ta’sir etmaydi. 

Preparat mikroorganizmlarda foliy kislotasining biosintez jarayonini buzadi.

Og’iz orqali ichilganda preparat oshqozon-ichak tizimidan oson so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib 

o’zlashib, bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdori kiritishdan keyin 2-4 soat 

o’tganda  qayd  etiladi.  Davolaydigan  konsentratsiyasi  qonda  12  soat  davomida  tutib  turiladi.  Preparat 

asosan siydik bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Tavsiya etiladigan dozalarda nojo’ya ta’siri odatda kuzatilmaydi. 

Hayvonlarning sulfanilamidlarga yuqori individual sezgirligi bo’lganda ishtaha yo’qolishi, ich 

ketishi va qusish bo’lishi mumkin. Bu holda preparatni qo’llash to’xtatiladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Qon hosil qilish a’zolarining kasalliklari, o’tkir gepatit, nefrit va 

preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik holatlarida sulfaprim qo’llanishi taqiqlanadi.

Preparat sut emizayotgan hayvonlarga qo’llash taqiqlanadi.

KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7 

kun, parrandani 12 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat 

tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun 

yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 

kamida to’rt sutka o’tganda hayvonlardan olingan sutni kishilarning oziq-ovqat maqsadlari 

uchun ishlatish taqiqlanadi. Ushbu muddat o’tishidan avval olingan sut qaynatib, hayvonlarni 

ovqatlantirish uchun ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita. 

Ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin va trimetoprimdir. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar 

yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



46

47

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Makroprim  kontsentrat»  preparatning  tarkibiy  moddalariga  sezgir  mikroorganizmlar  keltirib 



chiqaradigan kasalliklarda qishloq xo’jalik hayvonlarini va parrandalarni davolash uchun va profilaktikasi 

uchun  mo’ljallangan.  Preparat  nafas  olish  a’zolari,  oshqozon-ichak  tizimi  va  siydik-jinsiy  a’zolar 

tizimi  kasalliklariga,  kolibakterioz,  salmonellyoz,  yolin  kasalligi,  xlamidioz,  mikoplazmoz  va  boshqa 

kasalliklarga, shu jumladan aralash kasalliklarga uchragan hayvonlarni davolashda yaxshi samra beradi.

100 g preparat tarkibi:

Tilozin 


5 g

Sulfamerazin 

17,5 g 

Trimetoprim 



3,5 g  

Kolistin sulfat 

30 mln ME

MAKROPRIM-KONSENTRAT

Kukuni


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 

  Preparat og’iz orqali, yem yoki suvga aralashtirib beriladi. Zarur bo’lganda, preparat 



guruhli usulda 1,5% premiks shaklida (bir tonna yemga 1,5 kg preparat) qo’llanadi va 5-7 kun 

davomida beriladi. Yemga aralashtirilgan preparat ikki oy davomida o’z faolligni saqlab qoladi. 

Preparatning tayyorlangan eritmasini 48 soat davomida ishlatish lozim. 

Yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga preparat hayvonning 1 kg tana 

vazniga 0,1 g preparat dozasida qo’llanadi, kuniga ikki marta yem yoki suv bilan 5-7 kun 

davomida beriladi.

Parrandalarga preparat 1000 kg yem uchun 1,5 kg preparat yoki 1000 l suv uchun 1 kg 

preparat hisobidan, 3-5 kun davomida. Davolash paytida parranda faqat tarkibida preparat 

bo’lgan suvni ichishi lozim.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Makroprim kontsentrat – majmuaviy antibakterial preparat bo’lib, 

gram-manfiy (E. coli, Klebsiella spp.,  Salmonella spp.,  Proteus spp.,  Campylobacter spp., Pseudomonas 

aeruginosa,    Bordetella  spp.,    Pasteurella  spp.,  Haemophilus  spp.,  Actinobacillus  spp.,  Brucella  spp.) 

va  gram-musbat  bakteriyalar  (Staphylococcus  spp.,  Streptococcus  spp.,    Listeria  monocytogenes,  

Erysipelothrix  suis),  mikoplazmalar,  xlamidiyalar,  eymeriyalarga  nisbatan  bakteriyalarni  qiruvchi  ta’sir 

ko’rsatadi. Viruslar va zamburug’lar preparatga sezgir emas.

Preparatning  betakror  tarkibi  preparatning  mikoplazmali,  bakterial  va  aralash  yuqumli  kasalliklarga 

nisbatan faolligining keng doirasini ta’minlaydi.

Tilozin, sezgir mikroorganizmlarning 50S ribosomali subbirligi bilan birikib, ribosoma bilan bog’lanish 

uchastkasini tRNK (peptidil-t-RNK) bloklaydi, bu esa aminokislotalarning birikish jarayonini va peptidlar 

zanjirining o’sishini buzadi. 

Sulfamerazin va trimetoprim digidrofoliyli kislotaning sintezini bloklash yo’li bilan, purinli va pirimidinli 

nukleotidlarning sintezini buzadi. 

Kolistin sitoplazmatik membrananing fosfolipid komponentlarini bloklaydi, uning tarkibiy tuzilmasini 

buzadi va bakteriyalarning lizis holatini keltirib chiqaradi.

Preparatning  ta’sir  etuvchi  moddalari,  kolistin  sulfatdan  tashqari,  oshqozon-ichak  tizimdan  yaxshi 

so’riladi,  barcha  a’zolarga  va  to’qimalarga  kirib  o’zlashadi. Terapevtik  miqdori  12  soat  davomida  tutib 

turiladi. Preparat organizmdan siydik va najas bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Preparat yuqori 

dozalarda belgilangan holda buyraklar shikastlanishi, agranulotsitoz yuzaga kelishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlarga buyraklar, jigar kasalliklari 

kiradi. Preparatning oltingugurt (natriy tiosulfat, unitiol) va paraaminobenzoy kislotasi (novokain, 

anestezin) moddalaridan olingan hosilalari bo’lgan dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin 

emas.


MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Nojo’ya reaktsiyalar yuzaga kelganda (toshmalar - eshakemi, qusish), 

preparatning qo’llanishi to’xtatiladi va antigistamin preparatlar (dimedrol, tavegil), kalsiy preparatlari

natriy gidrokarbonat belgilanadi. 

Preparat tuxum qo’yuvchi tovuqlarga tuxum qo’yish davrida, va echkilarga belgilanmaydi.

KUTISH DAVRI:

 Hayvonlarni va parrandalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi qo’llashdan keyin 

kamida sakkiz sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan 

avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi. Hayvonlardan 

olingan sutni preparatni oxirgi qo’llashdan keyin kamida 5 sutka o’tganda kishilar uchun oziq-ovqat 

sifatida ishlatish mumkin. Bu muddat tugaguncha sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Antibakterial vosita, ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin

trimetoprim hisoblanadi. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +20°C gacha 

bo’lgan haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.





Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə