Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.

səhifə14/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29

52

53

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat yelin yallig’lanishlarining har xil shakllarini, yelin terisi va emchaklarning travmatik jarohatlarini 



davolash uchun qo’llanadi.

5 ml preparat tarkibi:

Eritromitsin 

112,5 mg


Sulfadimezin 

400 mg     



MASTISAN - Е

Suspenziya

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

  Preparatni kiritishdan avval kasallangan yelin choragidan 

sut sog’ib tashlanadi, emchak esa dezinfeksiyalanadi. Tyubik 

yoki flakonning ichidagi dori 36°C - 39°C gacha isitiladi, bir jinsli 

muallaq eritma olinguncha yaxshilab chayqatiladi va kasallangan 

yelin choragiga emchak yo’li orqali preparatli tyubik ustiga burab 

o’rnatiladigan yoki shprits kanyulyasiga kiydiriladigan elastik 

plastmassa kateter yordamida kiritiladi. Preparat kiritilganidan 

keyin kasallangan yelin choragining emchagini pastdan tepaga 

ozgina uqalanadi.   

  Preparat kasallikning og’irligiga qarab, 5 dan 10 ml gacha 

miqdorda kiritiladi. Zarur bo’lganda preparatni kiritish sut 

emizuvchi sigirlarga har 12 soatdan keyin, sut bermaydigan 

sigirlarga - har 24 soatdan keyin qaytariladi. 

  Davolash kursi – 2-3 kun. Zarur bo’lganda davolash to’liq 

tuzalmaguncha qaytariladi.

  Yelin terisi va emchaklarning shilliq pardalari travmatik 

jarohatlarini davolash preparatni jarohatlangan joyga surtish orqali amalga oshiriladi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparat  ko’pgina  gram-musbat  va  gram-manfiy  mikroorganizmlarga  ta’sir  ko’rsatadi,  antibiotiklarga 

chidamli mikroorganizmlarning shakllari rivojlanishini oldini oladi, yelin to’qimalarining regeneratsiyasiga 

yordam beradi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatiladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar – preparatning 

tarkibiy moddalariga individual yuqori sezgirlik hisoblanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Davolash paytida kasallangan yelin choraklaridan sut alohida idishga 

sog’ib olinadi, zararsizlantiriladi va yo’q qilinadi. Qolgan yelin choraklaridan sut qaynatilganidan 

keyin hayvonlarga yediriladi.

KUTISH DAVRI: 

«Mastisan-E» bilan davolangan yelin choraklaridan olingan sut, preparatning 

oxirgi kiritilishidan keyin 5 sutka o’tganda, mastitning klinik alomatlari to’liq yo’qolganligi sharti 

bilan (rangli reaksiya sinamasi va tindirish sinamasi bo’yicha sutning normal xususiyatlariga 

erishganda) kishilar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. 

Davolash davrida so’yilgan hayvonlarning go’shti, brakka chiqariladigan yelinidan tashqari, 

cheklovlarsiz oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlar mastitlarini davolash uchun majmuaviy preparat. 

Faol moddasi eritromitsin. 

QADOQLANISHI: 

100ml li shisha flakonlarda chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar 

yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 18 oy.




54

55

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash 



uchun belgilanadi:

Kavsh qaytaruvchi hayvonlar:  enteritlar,  respiratorli  yuqumli  kasalliklar,  kolibakterioz,  pas¬terellyoz, 

salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz.



Quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz, 

endometrit, tumov, rodentioz va hokazo.



Cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas 

olish yo’llarining  bakterial kasalliklari.



Parranda:  surunkali  respirator  kasalliklar,  septitsemiya,  tovuq  o’lati  va  tovuq  tifi,  salmonellyozlar, 

stafilokokkozlar, streptokokkozlar, mikoplazmozlar, vibriozli gepatit va hokazo.

1 ml preparat tarkibi:

Enrofloksatsin 

100 mg

ENROVIT - О

Og’iz orqali ichish uchun suspenziya

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat og’iz orqali, suv bilan sutkada bir marta ichiladi.



Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlar: sutkalik dozasi hayvonning 10 kg 

tana vazniga 0,5-1 ml preparat (1 kg vazniga 2,5 - 5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. 

Davolash kursi – kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.

Parrandalar: 10 ml preparat 20 l ichimlik suvida suyultiriladi va 3 kun davomida beriladi. 

Salmonellyoz holatida – 5 kungacha.

 

Davolash davrida hayvonlar va parrandalar faqat «Enrovit-O» qo’shilgan suvni ichishi lozim. 



Eritma 1 sutkalik suv ehtiyoj miqdoridan kelib chiqib tayyorlanadi. 

Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining yarmisi belgilanadi.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Enrofloksatsinning ta’sir ko’rsatish mexanizmi uning mikroorganizmlarda olma kislotasining biosintezini 

ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etishidan iborat.

Preparatning gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar 

va  listeriyalar),  gram-manfiy  bakteriyalar  (ichak  tayoqchasi,  salmonellalar,  klebsiyellalar,  proteylar, 

iyersiniyalar,  gemofil  bakteriyalar,  pasterellalar,  aktinobatsilluslar,  psevdomonalar,  bordetellalar, 

brutsellalar, kampilobakteriyalar), shuningdek mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.

Enrofloksatsin  oshqozon-ichak  tizimidan  oson  va  tez  so’riladi,  va  organizmning  barcha  a’zolari  va 

to’qimalarga kirib o’zlashadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdoriga preparatni kiritishdan keyin 

0,5-1 soat o’tganda erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat 

davomida saqlanadi. 

Preparat  organizmda  amalda  biotransformatsiyaga  uchramaydi  va  o’zgarmagan  holda,  asosan  siydik 

bilan va o’t bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya ta’siri kuzatilmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparat tuxum qo’yuvchi tovuqlarga qo’llash ruxsat etilmaydi. 

Preparatni xloramfenikol, makrolid antibiotiklar, tetratsiklinlar va nosteroid vositalar bilan  

birgalikda qo’llash mumkin emas. Preparatni ftorxinolonlarga yuqori sezgirlik bo’lganda qo’llash 

tavsiya etilmaydi.

KUTISH DAVRI:

 Yirik qoramol, qo’ylar, quyonlar va tovuqlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni 

oxirgi kiritishdan keyin kamida 7 kun, cho’chqalarni 5 kun, kurkalarni 14 kun o’tganidan so’ng 

ruxsat etiladi. Olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 7 kun davomida ruxsat 

etilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning 

go’shti va olingan sut faqat yem maqsadlarida ishlatish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlar va parrandalarning bakterial kasalliklarini davolash 

uchun vosita. 

QADOQLANISHI: 

1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatlar ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan 

+25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.






Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə