Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Malham teri kasalliklarida (kuyishlar, yaralar, ekzemalar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar), tuyoqlar, 



tuyoqchalar  kasalliklarida,  shuningdek  artritlar,  nevralgiyalar,  tendinitlar,  tendovaginitlar,  bursitlar, 

mastitlar holatida tashqi ravishda qo’llanadi.

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

Malham qishloq xo’jalik hayvonlarida yaralar, chuqur yaralar, kuyishlar, emchak yorilishlarini davolash 

uchun tashqi ravishda qo’llanadi.

1 g malham tarkibi:

Ixtiol konsentratsiyasi   100 mg/200 mg

100g malham tarkibi:

Streptotsid 

 10 g


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Malham jarohatlangan joyga tekis yupqa qatlam qilib surtiladi 

Preparat yara tuzalguncha har kuni sutkasiga 1-2 marta yoki 1-2 kun 

oralab qo’llanadi.

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Malham yara tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita jarohatlangan joyga yupqa qatlam qilib 

surtiladi yoki doka bog’lamaga surtib qo’yiladi.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Malhamning tarkibiga kiruvchi ixtiol antiseptik va yalliqg’inishga 

qarshi ta’sir ko’rsatadi. Yaralarga surtilganda, tomirlarni toraytiradi, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlarini 

kamaytirib, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Malhamning tarkibiga kiruvchi streptotsid mikroblarga qarshi va 

bakteriostatik ta’siriga ega bo’lib, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlari kamayishiga, jarohatlangan 

to’qimalarning regeneratsiyasi jarayonining tezlashuviga yordam beradi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya 

ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

KUTISH DAVRI: 

Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va 

sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

KUTISH DAVRI: 

Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida 

ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 «Ixtiol malhami». Malham tashqi ko’rinishiga ko’ra to’q 

sarg’ish rangli, bir jinsli, ixtiol hidli quyuq massadan iborat.

QADOQLANISHI: 

100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Malham quruq, salqin, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan 

+25°C gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Teri kasalliklarini davolash uchun antimikrob vosita. 

Ta’sir etuvchu moddasi streptitsid. Malham oq rangdan sariq-jigar ranggacha, bir 

jinsli quyuq, kuchsiz aromatik hidli massadan iborat.

QADOQLANISHI: 

100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Malham quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C 

gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 4 yil.

IXTIOL MALHAMI 

10%; 20%

STREPTOTSID MALHAMI 

10%

60

61



Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida




62

63

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

  «Imisan» yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-

parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika 

qilish uchun mo’ljallangan.

1 ml preparat tarkibi:

Imidokarb 

dipropionat 

 120 mg 

 

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 «Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo’yin soxasiga mushak ichiga (yirik 

qoramol, otlar va qo’ylar) yoki bo’yin soxasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya 

qlgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi:

Hayvonlarning turi

Imisan dozasi

Babezioz


Anaplazmoz

Aralash invaziya

Davolash maqsadida

Yirik qoramol

100 kg vazniga 2,0 ml

100 kg vazniga 2,5 ml 100 kg vazniga 2,5 ml

Mayda shoxli mol

10 kg vazniga 0,2 ml

-

-

Otlar, eshaklar, xachirlar



100 kg vazniga 2,5 ml

-

-



Itlar 

10 kg vazniga 0,25-0,5 ml

-

-

Profilaktika maqsadida



Yirik qoramol

-

-



100 kg vazniga 2,5 ml 

Otlar, eshaklar, xachirlar

100 kg vazniga 2,0 ml

-

-



Itlar 

10 kg vazniga 0,5 ml

-

-

 



Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caballi va B.equi qo’zg’atuvchilaridan  tozalash maqsadida davolash 

quyidagi sxema bo’yicha o’tkaziladi:

Hayvonlarning turi

Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga ml

B.caballi

B.equi


Otlar 

2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan

4 ml dan to’rt marta 72 soat oralig’i bilan

Eshaklar va xachirlar

2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan

-

 



«Imisan» hayvonlarda kasallikning klinik belgilari paydo bo’lganda, davolash maqsadida qo’llanadi. 

Kasal hayvonlar tinch holda  qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab, ularga qo’shimcha 

simptomatik dori vositalari tayinlanadi.

Antiprotozoy

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

 Ta’sir etuvchi vositasi - imidokarb dipropionat - babezioz, nuttallioz, 

anaplazmozning qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir etish mexanizmi qon parazitlarida 

poliamin moddalarining metabolizmini ingibirlashga asoslangan.

Parenteral  kiritishdan  keyin  18-24  soatdan  so’ng  imidokarb  dipropionatning  qondagi  terapevtik 

konsentratsiyasiga erishiladi, va uning qondagi piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi. 

Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig’iladi; organizmdan asosan siydik bilan o’zgarmagan 

holatida chiqariladi.

«Imisan» organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra kam xavfli moddalarga kiradi

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Imisan mazkur qo’llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, hayvonlarda nojo’ya ta’siri va 

asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og’riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaktsiya bo’lishi 

mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo’qoladi. Takroriy  kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa 

bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin.

Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo’lishi mumkin (holsiz holati, notinchik, ko’p 

so’lak oqishi, ko’z  yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin eritmasi 

belgilanadi.

Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Bu holda 

elektrolitlar eritmalarini tomir ichiga quyish va simptomatik davolashni o’z ichiga oluvchi intensiv davolash o’tkazilishi lozim.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparat teri ostiga yoki tomir ichiga qo’llanmaydi (itlardan tashqari).

Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaktsina bilan vaktsinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo’llash taqiqlanadi.

Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Preparatni qo’ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo’limli shkalasi bo’lgan shpritslardan foydalanish 

lozim. Itlar inyeksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo’lishi kerak. Preparat qo’llanishi bilan bir 

vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo’laniishi tavsiya etiladi.

Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo’lsa, og’riq bo’lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta  joyiga kiritish lozim.

Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o’tkazishi lozim.

Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkazilishi lozim. 

3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.

KUTISH DAVRI:

 Yirik qoramolni va qo’ylarni go’sht uchun so’yish Imisan preparatini oxirgi qo’llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin 

ruxsat etiladi, majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti go’sht-suyak unini ishlab 

chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Sog’iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutkadan so’ng ruxsat etiladi. 

Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga yedirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog’iladigan 

qo’ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

«Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar 

va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun, inyeksiyalar 

uchun eritma shaklidagi dori vositasidir. Ta’sir etuvchi moddasi imidokarb dipropionat.  

QADOQLANISHI: 

50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, 2°C dan 

25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



IMISAN

 Inyeksiya uchun eritma




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə