Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29

64

65

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

 

«Buparvalek» yirik qoramolga Theiria parva, T. annulata, T. mutans, 



va T. Orientalis tomonidan qo’zg’atiladigan teyleriozda, davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Buparvakon 

 50 mg


 

 

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida qo’llanadi, bu 



1 kg vazniga 2,5 mg buparvakvonni tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo’yin 

sohasiga kiritiladi. 

Og’ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so’ng, xuddi shunday dozada 

takroriy qo’llanadi.



 

Alohida ko’rsatmalar. Bitta inyeksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni kiritish tavsiya 

etilmaydi. Zarur bo’lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo’linadi va bo’yinning ikki tomonidan 

kiritiladi.

Antiprotozoy

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Buparvakon  ham  shizontlar  bosqichidagi,  ham  piroplazmalar 

bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. 

Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to’liq aniq-lanmagan.  U taxminan teyleriyalarning 

mitoxondriyalarida elektronlar ko’chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo’llash hujayralar 

tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt 

o’tishi  bilan  bu  parazitning  tashqi  membranalari  va  yadroviy  membranalari  tuzilmasining  buzilishiga 

olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi 

tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi.  

Mushak  ichiga  kiritilganda  preparat  to’qimalarda  uzoq  saqlanadi.    Buparvakvonning  yarim  chiqarilish 

davri – 7 kunga yaqin.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Inyeksiya joyida ba’zan mahalliy, og’riqsiz 

shishlar paydo bo’lishi mumkin, ular vaqt o’tib o’zi yo’qoladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparatni teri ostiga yoki tomirning 

ichiga kiritish mumkin emas.

KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni go’sht uchun so’yish preparatni 

kiritish to’xtatilganidan keyin 42 kundan so’ng ruxsat etiladi. 

Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni oziq-

ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.

EHTIYOT CHORALARI:

 Preparat bilan ishlaganda shaxsiy 

gigiyena choralarini va xavfsizlik texnikasi qoridalariga rioya 

qilish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan 

tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish 

kerak. 

Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.



Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan 

yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.

Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 «Buparvalek» – yirik qoramolning teyleriozlarini davolash 

va profilaktika qilish uchun mo’ljallangan inyeksiyalar uchun eritma shaklidagi dori 

preparati. 

QADOQLANISHI: 

50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +25°C gacha 

bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



BUPARVALEK

 Inyeksiya uchun eritma




66

67

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Amprovet» 25% kukuni turli eymeriyalarga nisbatan samarali ta’sir ko’rsatadi: E. maxima, E. acervulina, 



E. mitis, E. tentla, E. nekatrix, E. brunetti, E. zurnii, E. ninakoljykimovi.

1 g preparat tarkibi:

Amprolium

gidroxlorid 

 250 mg 

 

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 



 

Tovuqlar va kurkalarda koksidiozlarni davolash uchun «Amprovet» 25% kukuni ketma-

ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan, keyin esa (4-6 kundan 

boshlab) 14 kun davomida yemning 1 tonnasiga 500 g dozasida qo’llanadi. Preparat yem bilan 

yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning ozgina miqdori bilan, keyin esa uning qolgan qismi bilan 

aralashtiriladi.

 

«Amprovet» 25% kukuni suv bilan 10 litr ichimlik suviga 20 g preparat hisobida, 5-10 kun 



davomida qo’llanadi.

 

Profilaktika maqsadida jo’jalarga preparat 7-15-kunlik yoshidan boshlab har kuni, 50-60 kun 



davomida, 100 kg quruq yemga 50 g preparat yoki 10 l ichimlik suviga 5 g preparat hisobidan 

qo’llanadi.



 

Yirik qoramolga eymerioz holatida «Amprovet» 25% kukuni tirik vazniga 225-560 mg/kg 

dozasida, 30 kun davomida yem bilan yediriladi. 



 Qo’ylarga eymerioz holatida preparat 200 mg/kg dozasida qo’llanadi. Preparat 20 kun 

davomida yem bilan yediriladi.

Antiprotozoy

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, koksidiyalarning metabolik enzimlarining tizimida 

amprolium tiaminning o’rnini bosib, koksidiyalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan uglevodlarning 

metabolizmini izdan chiqaradi.

Amprolium issiq qonli hayvonlar uchun o’rtacha zaharli preparatlarga kiradi, tavsiya etilgan dozalarida 

mutagen,  sezgirlikni  oshiruvchi,  embriotoksik  va  teratogen  ta’sir  ko’rsatmaydi,  va  koksidiozga 

immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi.

Og’iz  orqali  ichilganda  amprolium  oshqozon-ichak  tizimida  amalda  so’rilmaydi,  va  shillik  pardalarda, 

shilliq osti qavatlarida o’zining koksidiyalarga qarshi ta’sirini ko’rsatadi. Amprolium asosan o’zgarmagan 

shaklida – najas bilan, 3-4 kun davomida chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo’ya ta’sirini keltirib chiqarmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Amproliumni to’dani yangilash uchun yetishtiriladigan yosh tovuqlarga 

16-haftalik yoshidan keyin qo’llash mumkin emas. Preparat tuxum bilan chiqarilishi tufayli, 

amproliumning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi taqiqlanadi. Amproliumni boshqa 

koksidiostatiklar bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.

KUTISH DAVRI: 

Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 

5 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan 

parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun, yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun 

ishlatiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina 

qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni 

darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. 

Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish 

lozim.

Preparatning idishini oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatish taqiqlanadi.



UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Ximioterapevtik preparat bo’lib, parrandalar eymeriozlarini 

davolash uchun qo’llaniladi. Ta’sir etuvchi moddasi amprolium hisoblanadi. Tashqi 

ko’rinishiga ko’ra preparat oq yoki och sarg’ish tusli, bir jinsli kukundan iborat.

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 1000 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat quruq, qorong’i xonada, bolalar yeta olmaydigan joyda, 0°C 

dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.

AMPROVET 

25%

Kukuni



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə