Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29

68

69

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Toltroks  2,5%»  broylerlar,  kurkalar,  g’ozlar  va  o’rdaklarning  koksidiozlarida,  davolash-profilaktika 



maqsadida qo’llanadi.

Preparat parrandalarga to’shamasida koksidiyalar miqdorining o’ta yuqori darajasiga yetganda (10 – 20 

ming/g), shuningdek parrandalarda kasallikning klinik alomatlari paydo bo’lganda belgilanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Toltrazuril 

 25 mg


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

«Toltroks 2,5%» ichimlik suvi bilan, quyida keltirilgan sxemalardan biriga muvofiq, qo’llanadi:



a)   ikki kun ketma-ket, parrandaning 1 kg tana vazniga 7 mg toltrazuril dozasida (parrandaning 

100 kg tana vazniga 28 ml preparat), uning ekvivalent miqdori 1 l ichimlik suviga 1 ml preparat 

bo’lib, uni 48 soat davomida ichiriladi. 

b)   1 l ichimlik suviga 3 ml preparat bo’lib, uni parrandaga 8 soat davomida ikki kun ketma-ket 

ichiriladi. 

 

Zarur bo’lganda, og’ir kasallik holatida, davolash kursi 5 kundan keyin takrorlanadi.



 

Davolash eritmasi (preparat suv bilan aralashtirilganidan keyin) 48 soat davomida o’z faol 

ta’sirini saqlab qoladi. Eritmalarning 1 l ichimlik suviga 1 ml «Toltroks 2,5%» miqdorida va undan 

yuqoriroq konsentratsiyasida, ya’ni 1:1000 nisbatida, cho’kma tushishi mumkin. Cho’kma paydo 

bo’lsa, eritmani ishlatishdan avval yaxshilab aralashtirish lozim.

Antiprotozoy

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Toltrazuril parrandalarda parazit sifatida yashovchi barcha koksidiyalarga nisbatan (E. acervulina, E. 

brunetti, E. necatrix, E. mitis, E. adenoides, E. meleagrimitis, E. anceris, E. truncata), shu jumladan boshqa 

koksidiyalarga qarshi preparatlarga chidamli shtammlarga nisbatan samarali ta’sir etadi. Preparatning 

tarkibiga kiruvchi toltrazuril eymeriyalarning hujayra ichidagi rivojlanishining barcha bosqichlariga 

koksidiotsid ta’sir ko’rsatadi.

Toltrazuril organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi (GOST 12.1.007-76 ga 

muvofiq 3-xavflilik sinfi), tavsiya etilgan dozalarda va ulardan 10 baravar yuqori dozalarda parrandalarda 

nojo’ya holatlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga 

to’sqinlik qilmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalariga va qo’llash sxemalariga  rioya qilingan holda bo’lmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

«Toltroks 2,5%» tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

«Toltroks 2,5%» parrandalar uchun yem qo’shimchalari, vitaminlar va boshqa 

dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin.

KUTISH DAVRI: 

Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 

8 kun o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan 

parrandaning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina 

qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni 

darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. 

Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish 

lozim.

Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.



UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 «Toltroks 2,5%» parrandalar koksidiozlarini davolash uchun 

mo’ljallangan. Ta’sir etuvchi moddasi toltrazuril hisoblanadi. Preparat rangsizdan och 

jigar ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan shaffof suyuqlikdir.

QADOQLANISHI: 

1000 ml. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C 

gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

TOLTROKS 

2,5%

Og’iz orqali ichish uchun suspenziya




70

71

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, uy hayvonlari va mo’ynali hayvonlar uchun 



qo’llanadi.

TARKIBI. 

Massa ulushi:

Polisulfid oltingugurt 

2,5%

Umumiy oltingugurt 



5,0%

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 

Preparat qo’tir kanalari tomonidan shikastlangan teri joylariga avvalgi tayyorgarlikdan so’ng 



(sovunli iliq suv bilan yuvish, qo’tirlarini olib tashlash) surtiladi. Ishlov berish ikki marta, 8-10 

kundan keyin takrorlanadi.

 

Mayda hayvonlarga qo’tir holatida, avvalgi tayyorgarlikdan va qo’tirlarini olib tashlashdan 



so’ng, shikastlangan joyi yaxshilab moylanadi va 5-7 tomchi preparat kiritiladi, quloq ildizidan 

tepasigacha quloq chig’anog’i uqalanadi. Ishlov berish ikki marta, 7-10 kundan keyin takrorlanadi.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oltingugurt faol birikmaga aylanadi. Preparat teriiga surtilganidan 

keyin, molekulyar oltingugurt, oltingugurt vodorodi va oltingugurt angidridi hosil bo’ladi, ular akaritsid, 

antiseptik ta’sir ko’rsatadi va terining retseptorlarini  achishtiradi.

Oltingugurtning qo’tirga qarshi ta’siri uning akaritsid ta’siri va qisman achishtiruvchi ta’siri borligi bilan 

izohlanadi. Teri retseptorlarini  achishtirish tufayli epidermis sho’ralab tushadi, moddalar almashinuvi 

ancha yaxshilanadi va kanalar ketkaziladi.

Preparatning  eng  samarali  ta’siri  optimal  namlik  bo’lganda  va  +30°C  haroratida  kuzatiladi.  Havoning 

yuqori namligida oltingugurt angidridging bir qismi sulfat kislotaga aylanadi, u hayvonlar terisini kuchli 

achishtirib, kananing xitin qoplamasi orqali kam o’tadi, shu sababli preparatning akaritsid ta’siri kamayadi. 

Polisulfon Sarcoptes, Psoroptes, Otodectes turidagi qo’tir kanalariga qarshi akaritsid ta’siriga ega.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan 

holatlar mavjud emas.

KUTISH DAVRI:

 Ishlov berilgan hayvonlarning go’shti va suti 

cheklashsiz ishlatiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat teriga yoki ko’z shilliq pardasiga 

tekkanda, uni ko’p suv miqdori bilan yuvish kerak.

Preparat bilan ishlash tugaganidan keyin yuzi va qo’lini iliq suv bilan 

yaxshilab yuvish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Polisulfon - majmuiy akaritsid preparat bo’lib, hayvonlar 

qo’tirini davolash va profilaktika qilish uchun suvli eritma. 

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, 4°C dan + 20°C 

gacha haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.



POLISULFON

Eritma



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə