Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29

72

73

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi, qo’tir kanalariga 



qarshi, pashshalarni yo’q qilish uchun qo’llaniladi.

TARKIBI.


 

Sipermetrin 20%

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi kurash 

uchun, 15 ml «Superkiller-E» preparatining 18 l suvga nisbatida ish emulsiyasi tayyorlanadi. Hayvonlarga 

teri-tuk qoplamasining to’liq namlanmaguncha sepiladi. Hayvonlarga takroriy ishlov berish kanalar hujum 

qiladigan mavsum tugaguncha 3 hafta oralig’ida o’tkaziladi.

Qo’tir kanalariga qarshi kurash uchun yirik qoramol, otlar, tuyalar va cho’chqalarga 75 ml 

«Superkiller-E» preparati 400 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi.

Qo’ylar va echkilarni qo’tir profilaktikasi maqsadida va kasallikka gumon qilinganda, 75 ml 

«Superkiller-E» preparati 830 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi yoki 30 soniyadan 1 daqiqagacha 

unda cho’miltiriladi. Vanna 75 ml preparat 622 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi.

Qo’tir kanalari yuqishining og’ir holatlarida hayvonlarga 75 ml preparat 500 l suvga nisbatida 

tayyorlangan ish emulsiyasi sepiladi yoki unda cho’miltiriladi, hayvonning butun tanasi ish emulsiyasiga 

30 soniyadan 1 daqiqagacha botiriladi. Bunda vanna 75 ml preparati 375 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi 

bilan to’ldiriladi.

Zarur bo’lganda ishlov berish 10 kundan keyin takrorlanadi.

Pashshalarni yo’q qilish uchun 50 ml preparat 10 l suvda suyultiriladi, chivinlarni yo’q qilish uchun 

- 50 ml preparat 20 l suvda suyultiriladi va ularning yig’iladigan joylariga tanlab sepiladi.

Molboqarlik xonalarida kanalarni yo’q qilish uchun ularni 50 ml preparatni 10 l suv bilan suyultirib, 

ish emulsiyasi bilan ishlov berish lozim. Xonalarga dori 1 m2 ishlov beriladigan yuzaga 200 ml ish emulsiyasi 

hisobidan sepiladi. Ishlov berishdan 2,5-3 soat o’tganda yem oxurlari va ichish moslamalari 3% kaltsiyli 

soda eritmasi bilan dezaktivatsiya qilinadi.

Hayvonlar ishlov berilgan xonalarga dezakarizatsiya o’tkazilganidan keyin kamida 3-4 soat 

o’tganidan keyin joylashtiriladi.

Xonalarni dezakarizatsiya qilishda, kanalardan tashqari, bitlar, burgalar, pashsha va chivinlar, 

shunigdek suvaraklar, o’rgimchaklar va boshqa hasharotlar o’ladi.

Hayvonlarga «Superkiller-E» preparatining suvli eritmalari (ish emulsiyalari) sepish yo’li bilan 

ishlov beriladi, buning uchun turli sepish  uskunalari - DUK, VDM, ODN va 2,5-3 atm. lik suyuqlik bosimini 

ta’minlaydigan boshqa mexanizmlar, shuningdek statsionar dush kameralari ishlatiladi. Ish emulsiyasining 

harorati 15-25°C doirasida, hayvonlarga ishlov berish paytida havo harorati esa kamida 10°C bo’lishi kerak.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning komponentlari hasharotlarning nerv membranalariga ta’sir etadi, ionli kanallarni bloklaydi, 

va shu bilan nerv impulslarining normal o’tkazuvchanligiga to’sqinlik qiladi. Preparatning yog’li emulsiyasi 

ta’sir etuvchi moddaning tez ichiga kirishiga yordam beradi, bu esa parazitlarning o’limiga olib keladi.

Preparat saqlashda barqaror bo’ladi, suv bilan yaxshi emulsilanadi va och sut rangli emulsiyani hosil 

qiladi.  Yaylov  va  qo’tir  kanalari,  bitlar,  burgalar,  pashsha  va  chivinlarning  tuxumlari,  lichinkalari  va 

yetilgan hasharotlarga nisbatan faol bo’ladi. 

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Hayvonlar zaharlangan holda (holsiz holati, so’lak oqishi, tez-tez siyish, nerv 

buzilishlarining alomatlari) teri ostiga quyidagi antidotlar kiritiladi: 1% atropin, 100 kg tirik vazni 

hisobiga 1 ml dozasida. Agar intoksikatsiya alomatlari o’tib ketmasa, atro-pin takroran xuddi shu 

dozada kiritiladi.

KUTISH DAVRI:

 Hayvonlarni go’sht uchun so’yish ishlov berishdan 10 sutkadan keyin, sutdan 

oziq-ovqat maqsadida foydalanish - 2 sutkadan keyin ruxsat etiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan ishlash maxsus kiyimda, rezina qo’lqopda, etikda bajarilishi 

kerak. «A» rusumli qutichali protivogazlar yoki F-62M, Astra-2, Lepestok-5, Lepestok-40, 

Lepestok-200 respiratorlaridan majburiy tartibda foydalanish lozim. Preparat bilan ishlash 

paytida chekish, ichish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ishlar tugaganda qo’llarni sovunli iliq suv 

bilan yuvish va og’iz bo’shlig’i va burunni chayqash lozim. Bo’shagan idishlarni yondirish yoki 

yerga ko’mish kerak. 

Preparat ko’zga tekkanda ularni suv yoki osh sodasining 2% eritmasi bilan yuvish lozim. Ko’zning 

shilliq pardasi achishishi paydo bo’lganda 30% albutsid, ko’z og’riganda - 2% novokain tomiziladi.

Preparat bilan ishlovchilarda zaharlanish alomatlari paydo bo’lganda (bosh aylanishi, ko’ngil 

aynishi, ko’p so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi) ishni to’xtatish, jabrlanganlarni xonadan chiqarib 

olish, maxus kiyimlar va himoya moslamalarini yechish, yuzi va qo’lini sovunli suv bilan yuvish va 

tibbiy yordam uchun murojaat qilish lozim.

Maxsus antidotlar: atropin sulfat, dietiksim, 2-PAM.

UMUMIY MA’LUMOT:

  «Superkiller-E» (20% kontsentratsiyali emulsiya) - piretroidli 

insekto-akaritsid preparatdir. 

QADOQLANISHI: 

1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan zavod o’ramida, ombor xonalarida, oziq-

ovqat mahsulotlari va yemlardan alohida, ochiq alanga manbalari va isitish asboblaridan 

uzoqda, xona haroratida saqlanishi lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

SUPERKILLER Е

Eritma



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə