Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

6

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

7

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:



 Ivermektin-10 hayvonlarga araxno-entomozlar va nematodozlarda 

davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi:



• 

yirik qoramolga - strongilyatozlar, trixotsefalyoz, strongiloidoz, telyazioz, sifunkulyatozlar, 

gipodermatoz, psoroptoz, sarkoptoz va xorioptoz holatida;



• 

mayda shoxli molga (qo’ylar va echkilar) - diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, gemonxoz, 

ostertagioz, nematodiroz, marshallagioz, kooperioz, xabertioz, ezofagostomoz, bunostomoz, 

trixotsefalyoz, strongiloidoz, malofagoz, estroz, psoroptoz va xabertioz holatida;

• 

cho’chqalarga - trixotsefalyoz, askaridoz, metastrongilyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, 

stefanuroz, gematopinoz va sarkoptoz holatida;



• 

otlarga - paraskaridoz, oksiuroz, strongilyatozlar, gastrofilyoz va sarkoptoz holatida;

• 

itlarga va mushuklarga – toksokaroz va toksaskarioz, ankilostomoz va untsinarioz, notoedroz, 

sarkoptoz va demodekoz holatida.

1 ml preparat tarkibi:

Ivermektin 

10 mg

IVERMEKTIN 

10  

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat hayvonlarga aseptika qoidalariga rioya qilgan holda teri ostiga kiritiladi: 



cho’chqalarga – bo’yni yoki sonining ichki yuzasi sohasiga, boshqa hayvonlar turlariga – sag’ri 

yoki bo’yni sohasiga quyidagi dozalarda:

yirik qoramol va mayda shoxli molga, otlar, itlar, mushuklarga – hayvonlarning 50 kg 

tana vazniga 1,0 ml dan (1 kg vazniga 0,2 mg ivermektin) bir marotaba. Og’ir sarkoptoidoz 

kasalligi holatida dori bilan ishlov berish ikki marotaba, 8-10 kun oralig’i bilan o’tkaziladi;

cho’chqalarga - hayvonlarning 33 kg tana vazniga 1 ml dan (1 kg vazniga 0,3 mg ivermektin) 

bir marotaba. Og’ir sarkoptoz kasalligi holatida dori bilan ishlov berish ikki marotaba 

o’tkaziladi.

 

Agar dozaning umumiy kiritiladigan hajmi 10 ml dan oshsa, preparat hayvonning ikkita 



turli joyiga kiritilishi kerak. Mayda hayvonlarga aniq doza berish uchun preparatni kerakli 

darajada steril suv bilan suyultirish mumkin.

 

Nematodalarga qarshi preparat hayvonlarga molxonada boqishga qo’yishdan avval va 



bahorda, yaylovga olib chiqishdan avval, so’na lichinkalariga qarshi – so’nalar mavsumi tugashi 

bilan, araxno-entomozlar qo’zg’atuvchilariga qarshi – qo’llash lozim bo’lganda, qo’llanadi.

Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparat  oshqozon-ichak  tizimi  va  o’pka  nematodalari,  teri  osti, 

burun-halqum  va  oshqozon  so’nalarining  lichinkalari,  qon  so’ruvchi  bitlar  va  sarkoptoid  kanalarning 

lichinka va voyaga yetgan bosqichlariga kuchli parazitlarga qarshi ta’sir ko’rsatadi.

Ivermektin gamma-aminomoy kislotasining tormozlash neyromediatorini ishlab chiqarishni kuchaytiradi, 

bu parazitlarning nerv impulslarini uzatish buzilishiga, falajiga va o’limiga olib keladi.

Preparat  kiritish  joyidan  tez  so’riladi,  hayvonning  a’zolari  va  to’qimalarida  taqsimlanadi,  10-14  kun 

davomida parazitni qiruvchi ta’sirini ta’minlaydi.

Ivermektin  issiq  qonli  hayvonlar  uchun  tavsiya  etilgan  dozalarida  kam  zaharli,  va  sensibilirlovchi, 

embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi. Ivermektin organizmdan siydik va o’t bilan, sut 

emizayotgan hayvonlarda shuningdek sut bilan chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparatga yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda 

qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining kuchayishi (itlarda 

qusish), ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi. 

Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan, terapevtik dorilar 

qo’llanmagan holda o’tib ketadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Boshqa gelmintlarga qarshi 

vositalar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. Holsiz 

va kasal hayvonlarga, shuningdek homilador hayvonlar 

tug’ruqqacha 28 dan kam kun qolganda dori berilishi 

mumkin emas. Preparat itlarga va mushuklarga tug’ruqdan 

2 hafta oldin va keyin, Kolli, Shelti, Bobteyl zotli itlarga va 

6 oygacha yoshdagi itlarga qo’llanmaydi. Sog’iladigan 

sigirlarga ivermektin-10 qo’llanishi ruxsat etilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Preparatning har bir partiyasi 

avval hayvonlarning kichik guruhida (7-10 bosh) sinaladi. 3 

kun davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi.

KUTISH DAVRI:

 Preparat bilan ishlov berilgan hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni 

qo’llashdan keyin kamida 28 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan 

muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun 

ishlatilishi mumkin. Preparat bilan ishlov berilgan hayvonlardan olingan sutni preparatni oxirgi 

kiritishdan keyin 7 kun davomida oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut 

hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning endo- va ektoparazitar kasalliklarini davolash 

va profilaktika qilish uchun vosita. 

QADOQLANISHI: 

10, 50 va 100 ml. li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparat ehtiyotlik bilan ishlab chiqaruvchining  o’ramida, quruq, 

yorug’likdan pana joyda, issiqlik manbalari va alangadan uzoqda, 0°C dan +25°C gacha 

haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə