Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29

76

77

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Bromolon molboqarlik fermalarida va boshqa veterinariya nazorati ob’ektlarida kalamushlarga va 



sichqonlarga qarshi kurashish uchun qo’llanadi.

Tashqi ko’rinishiga ko’ra butun donlar yoki butun va maydalangan donning aralashmasidan iborat. 

Doni qizil yoki boshqa yorqin rangga bo’yalgan, bu kishilarga ushbu vositani haqiqiy dondan uzil-

kesil farqlash imkonini beradi.

TARKIBI. 

Bromodialon 0,005%

 

 (50mg/kg)



QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:  

 

Yolg’on yem kalamushlar uchun 100 g va sichqonlar uchun 25 g vaznida, qoshiq bilan 



kemiruvchilarning inlari va teshiklari yonida, lekin bolalar va uy hayvonlari yeta olmaydigan 

joylarda qo’yib chiqiladi. Yuqorida ko’rsatilgan ehtiyot choralariga rioya qilib, «Bromolon» yemini 

paketlar ichida, ularni ochmay turib qo’yib chiqish mumkin. Yolg’on yemni faqat kemiruvchilar 

kira oladigan qilib jihozlangan maxsus yashiklarda joylashtirish yaxshiroq bo’ladi. Har bir 100 

m2 da, ob’ektda kemiruvchilar yashashining miqdoriga qarab, 1 dan 5 tagacha yolg’on yem 

nuqtalari joylashtiriladi. Yolg’on yem yeyilib borishi bilan, u umuman yeyilmay qolguncha, 

qo’shib boriladi. Kalamushlar va sichqonlarning o’limi yolg’on yem yeyilishi paytidan boshlab 

4-5 kun o’tganda boshlanadi.  

  Vaqt-vaqti bilan kemiruvchilar keladigan ob’ektlarda, profilaktika qirish choralarini 

o’tkazishga yo’l qo’yiladi. Bu maqsadda ozgina yolg’on yem kemiruvchilar ehtimoliy paydo 

bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda vaqt-vaqti bilan qo’yib chiqiladi.

DIQQAT! 


PREPARAT JUDA MUHIM EHTIYOT CHORALARI, NOJO’YA 

TA’SIRLARGA VA MAN ETILGAN HOLATLARGA EGA, BARCHA BATAFSIL 

MA’LUMOTLARNI KOMPANIYA SAYTIDAN YOKI PREPARATNING QO’LLASH 

BO’YICHA YO’RIQNOMASIDAN OLISHINGIZ MUMKIN.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Bromadiolon  antikoagulyant  zaharli  moddalariga  kiradi.    Uning  ta’sir  etish  mexanizmi  jigarning 

protrombin hosil qilishi jarayonining buzilishiga asoslangan, bu qon ivishini pasaytiradi va qon tomirlari 

butunligini shikastlaydi.

Bromadiolon,  kemiruvchilarning  oshqozon-ichak  tizimiga  tushganda,  sekin  eriydi  va  qonga  so’riladi, 

shuning  uchun zaharlanish  sekin  (3-4  kundan  keyin)  rivojlanadi,  lekin  juda  kichik  dozalari  ham  ta’sir 

ko’rsatadi. Kulrang kalamushlar uchun o’rtacha o’limga olib keluvchi dozasi bir marta kiritilganda 2,0 mg/

kg ni tashkil etadi. Oksikumarinning hosila moddalari inson organizmiga ta’siri darajasiga ko’ra 1-xavflilik 

sinfiga  kiradi  (yuqori  xavfli  moddalar).  Bundan  tashqari,  bromadiolon  kuchli  ifodalangan  kumulyativ 

xususiyatiga ega, bu uni organizmga muntazam kiritilganda xavfliligini oshiradi. 

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan ishlash kamida 18 yosh bo’lgan, qon kasalliklariga 

uchramagan va maxsus yo’l-yo’riqdan o’tgan shaxslarga ruxsat etiladi.  

«Bromolon» bilan barcha amallar maxsus kiyimda (changdan himoyalovchi xalat yoki 

kombinezon, bosh kiyimi), rezina qo’lqop, respiratorlarda o’tkaziladi. Preparatning ko’zga va 

og’izga tegishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Preparat bilan ishlaganda chekish, ichish va ovqat yeyish 

taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin yuzi va qo’lini sovun va iliq suv bilan  yuvib, og’zini suv bilan 

chayish lozim. Homilador va sut emizadigan ayollar «Bromolon» bilan ishlashi qat’iy taqiqlanadi. 

O’lgan kemiruvchilarni qisqich, xokandoz bilan yig’ib olib,  yondiriladi yoki kamida 0,5 m 

chuqurlikdagi o’raga, avvaldan uni 10% xlorli ohak eritmasi bilan ishlov bergan holda, ko’mib 

qo’yiladi. 

Bunday belgilar paydo bo’lganda, darhol shifokorni chaqirish va organizmni zaharni ketkazish 

choralarini ko’rish kerak (iliq suv ichirish va qusish chorasini ko’rish, faollashtirilgan ko’mir berish). 

«Bromolon» teriga tekkanda, shikastlangan joylarni sovun va suv bilan yaxshilab yuvish kerak. 

Ko’zga tekkanda – ko’p miqdorda suv bilan yuvish lozim. Preparat bilan zaharlanganda, zaharni 

kesuvchi modda sifatida K vitamini belgilanadi. 

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Sinantrop kemiruvchilarga qarshi kurashish uchun don asosidagi 

foydalanish uchun tayyor yolg’on yem. Ta’sir etuvchi moddasi bromadiolon. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 1000 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni alohida ehtiyotlik bilan (qulflanadigan shkaf ichida), zavod 

o’ramida, quruq, salqin joyda, bolalar va hayvonlar zinhor yeta olmaydigan joyda, oziq-ovqat 

mahsulotlaridan va yemdan alohida saqlash, hamda uning kelishi va sarflanishini qayd etish lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.

BROMOLON

 

Donli yolg’on yem 




78

79

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 Virkotsid:

- hayvonlar va parrandalar bo’lmagan xonalardagi yuzalarni, asalari xo’jaligi, vivariylar, laboratoriyalar 

jihozlarini, transport vositalari, inkubatsiya tuxumlarini sepish usuli bilan profilaktik va majburiy (joriy va 

yakuniy) dezinfeksiya qilish;

- hayvonlar va parrandalar bo’lgan xonalardagi og’illar, oxurlar, suvdonlar, devorlar, pollar va hokazolarni 

joylarda dezinfeksiya qilish, ishlarni bajarish davomida xonani shamollatish sharti bilan;

- maxsus kiyimlar, ashyolar va idishlarni dezinfeksiya qilish;

-  hayvonlar  va  parrandalar  bo’lganda  havoni  aerozol  usuli  bilan  profilaktik  dezinfeksiya  qilish  uchun 

qo’llanadi.

Tarkibiga kaliy peroksid birikmasi va 

qo’shimcha moddalar kiradi (yuza-faol 

moddalar (YUFM), organik kislotalar va 

to’ldiruvchilar).

 

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 



Virkotsid yuzalarni dezinfeksiya qilish uchun havo harorati 0°C dan yuqori 

bo’lganda, 1,0% konsentratsiyasida, ish eritmasining +5°C dan +25°C gacha haroratida qo’llanadi.

 

Panjarali yuzalarni, to’rlarni, kam adsorblovchi materiallardan yuzalarni dezinfeksiya qilishda ish eritmasining 



sarflanishi 1 m

2

 ga 0.75 litr, oxurlar va devorlar uchun –1 m



2

 ga 1 litrni tashkil etadi. 

Qo’zg’atuvchilar yuqqan maxsus kiyimlar, ashyolar, idishlar Virkotsidning 0,5% eritmasiga 24 soat yoki 0,7% 

eritmasiga 3 soat botirib, zararsizlantiriladi.

 

Mikroorganizmlar (mikobakteriyalar va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari) yuqqan tuxumlar, 



Virkotsid preparatining 0,35% eritmasiga 15 daqiqaga botirish orqali zararsizlantiriladi.

 

Virkotsid bilan mahalliy dezinfeksiya qilish bakteriyali (sil va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari), 



zamburug’li va virusli yuqumli kasalliklarda, 1%-eritma sepish usuli bilan (sarflash me’yori 1 m³ ga 1 litr), va 1 m³ ga 

150 ml hisobidan 4% konsentratsiyadagi eritma bilan yo’naltiriladigan aerozollar bilan o’tkaziladi. 

 

Hayvonlar va parrandalar bo’lganda havoni profilaktik dezinfeksiya qilish preparatning 1-2%-eritmalari bilan, 



1 m

3

 ga 10 ml hisobidan, hajmli aerozollar usuli bilan o’tkaziladi.



 

Ish konsentratsiyalaridagi eritmalarni tayyorlashda Virkotsid kukuni 100% deb qabul qilinadi. Preparatning 

ish eritmalari bevosita dezinfeksiya qilishdan avval tayyorlanadi, idishlarga ichimlik suvi solinadi va aralashtirib, 

preparatning kerakli miqdori qo’shiladi.

 

Eritmani isitish yoki issiq suvdan foydalanish mumkin emas.



 

Eritma har qanday mos keladigan idishlarda, shu jumladan bevosita DUK, LSD va hokazolarda tayyorlanadi.

 

Dezinfeksiya qilishdan avval ishlov beriladigan maydoni (S) aniqlanadi. Ish eritmasining kerakli hajmi (V) 



litrlarda to’rli va kam adsorblovchi yuzalar uchun quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

V = S × 0,75

Pollar, oxurlar, devorlar uchun:

B = S × 1.

 

Ish eritmasi ob’ektlarga DUK, LSD turidagi va hokazo moslamalardan sepiladi, va kamida 1 soat kutib turiladi.



Yo’naltirilgan aerozollar bilan dezinfeksiya qilish uchun uchliklardan foydalaniladi (TAN, PVAN va hokazo), hajmli 

dezinfeksiya sovuq tuman aerozollari generatorlari orqali amalga oshiriladi.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

  Preparatning  tarkibiga  kiruvchi  peroksidlar,  YUFM  va  organik 

kislotalar ko’pchilik patogen bakteriyalarning hujayralariga, zamburug’lar va viruslarga kuchli oksidlovchi 

ta’sir etib, ularning qirilishiga olib keladi.

Virkotsid  trixofitiya,  brutsellyoz,  yolin,  shuningdek  stafilokokklar,  streptokokklar,  ichak  tayoqchasi, 

pasterellalar, salmonellalar, gemofillalar keltirib chiqaradigan kasalliklarda samarali ta’sir etadi. 

Virkotsid  yuqumli  rinotraxeit,  hayvonlar  ich  ketishi,  respirator-sintitsial  yuqumli  kasalliklari, 

cho’chqalarning an’anaviy vabosi, reproduktiv-respirator sindrom viruslariga, korona va enteroviruslarga, 

Nyukasl va Gamboro kasalligi viruslariga, yuqumli bronxit, yuqumli gepatit, norkalarning aleut kasalligi va 

mo’ynali hayvonlarning boshqa kasalliklari qo’zg’atuvchilariga, shuningdek qo’zg’atuvchilari oksidlovchi 

moddalar ta’siriga sezgir bo’lgan barcha yuqumli kasalliklarda (mikobakteriyalar va spora hosil qiluvchi 

bakteriyalardan tashqari) zararsizlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

Virkotsid, GOST 12.1.007-76 ga muvofiq, III xavflilik sinfiga kiradi (o’rtacha xavfli moddalar). Preparatning 

ish eritmalari zaharliligiga ko’ra IV xavflilik sinfiga kiradi (kam xavfli moddalar).

Preparat metallarning korroziyasiga olib kelmaydi, matolarni rangsizlantirmaydi, nafas olish yo’llarini 

achishtirmaydi, ekologik xavfsiz – qo’llashdan keyin to’liq parchalanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Dezinfeksiya qilishdan avval, amaldagi Chorvachilik ob’ektlarini veterinariya 

dezinfeksiya qilishni o’tkazishga oid Yo’riqnomaga muvofiq yuzalar mexanik tarzda tozalanadi. 

Dezinfeksiya qilishning samarasini oshirish uchun mexanik tozalash paytida yuzalarni yuvish vositalari 

bilan, ularni qo’llash yo’riqnomalariga muvofiq, namlash va yuvish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Virkotsid ish eritmasining parchalanishi mahsulotlari kam zaharliligi tufayli, ishlov berilgan yuzalar 

keyinchalik yuvilmaydi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan ishlash kamida 18 yosh bo’lgan, dezinfeksiya vositalari bilan 

ishlash taqiqlanmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

Preparat va uning ish eritmalari bilan ishlashda, umumiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy 

htimoyalash vositalari to’plamidan va maxsus kiyimlardan (kombinezon, rezinali yoki plastik ustki 

yenglari, rezinali fartuk, rezina qo’lqop, rezina etik, himoya ko’zoynak, respirator yoki A, V, M yoki BKF 

rusumli protivogaz) foydalanish lozim.

Preparat ko’zga tekkanda, ularni suv oqimi bilan 10-15 daqiqa davomida yuvish va natriy sulfatsidning 

30% eritmasini tomizish lozim. Zarur bo’lganda shifokorga murojaat qiling.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Virkotsid dezinfeksiyalash vositasi. Ta’sir etuvchi moddasi kaliy 

pereoksimonosulfat. 

QADOQLANISHI:

 Og’irligi 500 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni quruq, yorug’likdan pana bo’lgan joyda, bolalar yeta olmaydigan 

joyda, +1°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1,5 yil.

VIRKOTSID 

Kukuni



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə