Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.

səhifə23/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29

82

83

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Glyukoza toksik yuqumli kasalliklarda, turli intoksikatsiyalarda (simob, margimush, sinil kislotasi va uning 



tuzlari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan zaharlanishda), jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar), 

o’pka shishlari va gangrenasida, yurak faoliyatining dekompensatsiyalanuvida qo’llanadi. Glyukoza kavsh 

qaytaruvchi  hayvonlarda  intoksikatsiya,  gipotoniya,  old  qorinning  atoniyasi  holatlari  bilan  kechgan 

oshqozon-ichak kasalliklarida, sigirlarda atsetonemiya, tug’ruqdan keyingi gemoglobinuriya, ketonuriya 

va toksemiya, qo’ylarda ketonuriya holatida qo’llanadi.

Glyukoza eritmalari kuchsiz va holsiz hayvonlarga energetik va parhez vosita sifatida belgilanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Glyukoza 

 400 mg

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 



 

Kasallikning og’irligi darajasiga qarab, preparat og’iz orqali va tomir ichiga kuniga 1-2 marta 

quyidagi dozalarda kiritiladi:

Hayvonlarnig turlari          Hayvonlarning o’rtacha vazni (kg)  Dozalar, ml:

Otlar 

 

  500 



 75-300

Yirik 


qoramol 

  400 


 75-350

Mayda 


shoxli 

mol 


  50 

 25-75


Yirik 

qoramol 


  60 

 25-75


Itlar 

  

  12 



 5-20

Davolash kursi har kuni, kasallik belgilari yo’qolguncha takrorlanadi.

Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi

va  vitamin-mineral preparatlar

FARMAKOLOGIK  XUSUSIYATLARI:  

Veterinariya maqsadlari uchun glyukozaning izotonik (5%) va gipertonik (10-40%) eritmalari qo’llanadi.

Vena  qon  tomiriga  glyukozaning  gipertonik  (10-40%)  eritmalari  kiritilganda,  qonning  osmotik  bosimi 

oshadi, suyuqliklarning va to’qimalarning qonga oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvining jarayonlari 

kuchayadi, jigarning va antitoksik funktsiyasi va yurakning ishlashi yaxshilanadi, qon tomirlari kengayadi, 

diurez kuchayadi.

Glyukoza shunigdek hayvonlarning organizmida gormonlar va fermentlarning sintezini rag’batlantiradi, 

organizmning himoya kuchlarini oshiradi.

Glyukozaning izotonik eritmalari organizmni suyuqlik va oson o’zlashuvchan qimmatli ozuqa materiali 

bilan to’ldirish uchun qo’llanadi. Glyukoza to’qimalarning ichida energiya ajratilgan holda parchalanadi, 

u organizmning funksiyalarini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Glyukoza eritmalari tavsiya etilgan dozalarda 

asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar 

yo’q.

KUTISH DAVRI: 



Preparat qo’llanganda chorvachilik mahsuloti 

cheklashsiz oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

«Glyukozaning 40%» eritmasi. Preparat mexanik aralashmalari 

bo’lmagan shaffof, rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikdir.

QADOQLANISHI:

 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat quruq, yorug’liqdan pana bo’lgan joyda, 0°C dan +25°C 

gacha haroratda saqlanadi. Preparatni muzlatishga yo’l qo’yiladi. Muzlatilganda, zich 

yopilgan holda eritish lozim.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

GLYUKOZA 

40%  

 Inyeksiya uchun eritma




84

85

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Kalsiy xloridning 10% eritmasi:



- pnevmoniya, plevrit, peritonit, jigarning toksik shikastlanishlari, parenximatoz gepatit, nefrit 

holatida, nurlanish kasalligida, o’pka toksik shishlari, o’pka giperemiyasi va shishlari, halqum shishlari, 

cho’chqachalaring shish kasalligi holatida yallig’lanishga qarshi vosita;

- burun, o’pka, bachadondan qon ketish va jarrohlikdan keyingi qon ketishda qon to’xtatuvchi vosita;

- allergik kasalliklarda (astma, otlarning qon zardob kasalliklari, teri qichishishi, qon dog’ kasalligi, otlarda 

va yirik qoramolda surunkali eshak yemi) va dori vositalarini qo’llashdan keyin allergik asoratlar holatida 

sezgirlikni kamaytiruuvchi vosita;

- itlarda vegetativ nevrozlar, ekzamsiya, sigirlarda atsetonemiya, otlarda paralitik mioglobinuriya holatida 

tinchlantiruvchi va asab tizimini me’yorga soluvchi vosita sifatida qo’llanadi.

  Preparat  hayvonlarda  akusherlik-ginekologiya  amaliyotida,  endometrit,  metrit  holatida,  tug’ruq 

faoliyatini rag’batlantirish, ushlab qolingan yo’ldosh ajralishini tezlatish, homila tushib qolishining oldini 

olish uchun, sigirlarda tug’ruq parezlari, tug’ruqdan keyingi gematuriya holatida qo’llanadi.

  Preparat old qorin gipotoniyasi va atoniyasi, gemorragik gastroenterit, shuningdek yosh hayvonlarning 

tetaniyasi  holatida,  qondagi  kalsiy  miqdorini  oshirish va  tomir  tortishish  xurujlarini yo’q  qilish  uchun 

ishlatiladi.

  Preparat shuningdek magniy tuzlari, oksalat kislotasi, ftor va oksalat kislotasining eruvchan tuzlari, osh 

tuzi bilan zaharlanganda zaharni kesuvchi vosita sifatida tayinlanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Kalsiy xlorid 

 100 mg


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Kalsiy xloridning 10% eritmasini sekin, tomir ichiga kiritish lozim. 



 

Maksimal bir martalik dozalari (1 ta hayvonga ml):

- otlarga                                 

100-300


- yirik qoramol 

 

150-400



- mayda shoxli mol   

10-30


- cho’chqalarga  

 

10-30



- itlarga                               

5,0-15 


 

Surunkali kasalliklarda kalsiy xloridning 10% eritmasini antigistamin preparatlar bilan birga 

qo’llash tavsiya etiladi.

Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi

va  vitamin-mineral preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Kalsiy xlorid organizmning hayotiy faoliyatida muhim o’rin 

tutadi. U retikuloendotelial tizimni va leykotsitlarning fagotsitar funksiyasini faollashtiradi, simpatik 

asab  tizimining  tonusini  oshiradi,  adrenalin  ajralishini  oshiradi,  ko’p  fermentlar  ishlab  chiqarilishini 

tezlashtiradi.

Kalsiy ionlari skelet mushaklari va yurak mushaklarining qisqarishi, suyak to’qimalarining shakllanishi, 

qonning  ivishi  uchun  zarur  bo’ladi.  Kalsiy  ionlari  qon  tomirlari  devorlarini  zichlashtirib,  shu  bilan 

yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi va shishlar rivojlanishining oldini oladi.

Kalsiy qon ivishi jarayonida ishtirok etadi, prototrombin trombinga aylanishiga ko’maklashadi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalarida va to’g’ri usulda kiritilganda preparat 

hayvonlarda nojo’ya ta’sirlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi. Tez 

kiritilganda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi paydo bo’lishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparatni teri ostiga yoki mushak ichiga 

kiritish mumkin emas, chunki bu to’qimalarning kuchli achishishi va 

nekroziga olib keladi. 

Agar preparat muvaffaqiyatsiz kiritilganda uning bir qismi teri ostiga 

kirib qolsa, to’qimalar nekrozining oldini olish uchun inyeksiya joyining 

atrofiga natriy xloridning 0,9% izotonik eritmasini ko’p miqdorda 

kiritish lozim.

Kalsiy xloridning 10% eritmasini kiritish trombozlarga moyillik 

bo’lganda, qonda kalsiyning miqdori ko’p bo’lganda mumkin 

bo’lmaydi.

KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni so’yish va chorvachilik mahsulotlarini oziq-

ovqat maqsadida ishlatish yuzasidan cheklashlar yo’q.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 «KALSIY XLORID 10%» eritmasi. Preparat mexanik aralashmalari 

bo’lmagan shaffof, rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikdir.

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C  dan +25°C gacha 

haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.



KALSIY XLORID 

10%  

 Inyeksiya uchun eritma






Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə