Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

86

87

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat hayvonlarning quyida kasalliklarida davolash va profilaktika maqsadida qo’llanadi:



-  tug’ruqdan  keyingi  parez,  spazmofiliya,  eklampsiya,  shok  holati,  transport  kasalligi,  raxit,  tetaniya, 

osteomalyatsiya;

- yo’ldoshning ushlab qolinishi, tug’ruqdan avvalgi va keyingi uzoq yotib qolish;

- allergik kasalliklar (eshak yemi, qon zardobi kasalligi);

- magniy tuzlari bilan zaharlanish, jigarning toksik shikastlanishi.

1 ml preparat tarkibi:

Kalsiy glyukonat 

 200 mg


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 

 



+35°C dan +37°C haroratgacha isitilgan «Kalsiy boroglyukonat» hayvonlarga tomir ichiga 

(preparat 2-3 daqiqa ichida, sekin kiritiladi), mushak ichiga yoki teri ostiga, hayvonning 1 kg tana 

vazniga 0,5 ml hisobidan kiritiladi. Mushak ichiga va teri ostiga inyeksiya qilishda preparatning 

dozasi turli joylarga bo’lib kiritiladi.

 

Preparat bir martta, zarur bo’lganda esa – takroran xuddi shunday dozalarda 24 soatdan keyin 



qo’llanadi.

 

Maksimal bir martalik dozalar:



- yirik qoramolga 

250-300 ml

- otlarga 

150-250 ml

- qo’ylarga va echkilarga 

50-100 ml

- cho’chqalarga 

30-100 ml

- itlarga 

5 - 25  ml

Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi

va  vitamin-mineral preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Kalsiy  boroglyukonat  hayvonlarning  organizmiga  kalsiy  xloridiga  yaqin  farmakologik  ta’sir  etadi. 

Sezgirlikni kamaytiruvchi, antitoksik va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi; qonda ionlashtirilgan kalsiy 

darajasini oshiradi, moddalar almashinuvini rag’batlantiradi, yurak mushagi qisqarishini kuchaytiradi.

Kalsiy boroglyukonat inyeksiya joyidagi to’qimalarni achishtirmaydi, shuning uchun uni teri ostiga kiritib 

qo’llash mumkin.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparatni teri ostiga kiritishda yengil shishlar paydo bo’lishi mumkin, ular 1-2 

soatdan keyin o’tib ketadi. Tomir ichiga tez kiritilganda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi paydo bo’lishi 

mumkin. Juda kam hollarda qusish, ich ketishi, tomir urishining sekinlashuvi bo’lishi mumkin, ular o’z-

o’zidan tez o’tib ketadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Giperkalsemiya holatida qo’llash mumkin 

emas.


KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni so’yish va chorvachilik mahsulotlarini oziq-

ovqat maqsadida ishlatish yuzasidan cheklash yo’q.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Kalsiy boroglyukonat (Calcii borogluconas). Kalsiy 

boroglyukonat tarkibida kalsiy glyukonat va yordamchi moddalar bo’lgan steril suvli 

eritmadir. 

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat qorong’i, salqin, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5

o

C dan 



+25

o

C gacha haroratda saqlash lozim.



YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil



KALSIY BOROGLYUKONAT

 Inyeksiya uchun eritma




88

89

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat selen va E vitaminining yetishmasligi tufayli kelib chiqqan kasalliklarni profilaktika qilish, oq 



mushaklik  kasalligiga  uchragan  hayvonlarni  davolash  maqsadida,  shuningdek  patogenetik  davolash, 

moddalar almashinuvini yaxshilash, urg’ochilarning nasl qoldirish qobiliyatini oshrish, yosh hayvonlar 

organizmining tabiiy rezistentligini va uning atrof muhitning nomaqbul omillariga chidamliligini oshirish, 

hayvonlarda jigarning toksik distrofiyasini davolash vositasi sifatida, shuningdek o’sishining kechikishi va 

kam vazn qo’shilishida, parrandaning entsefalomalyatsiyasi va ekssudativ diatezida qo’llanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Vitamin Е 

50 mg


Selen 

1 mg


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Preparat barcha hayvonlar turlariga mushak ichiga yoki teri ostiga (otlarga faqat mushak 



ichiga) profilaktika maqsadida 2-4 oyda 1 marta quiydagi dozada kiritiladi:

katta hayvonlarga (yrik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlar): hayvonning 50 kg tana 

vazniga 1 ml dan;

yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga: hayvonning 10 kg tana vazniga 0,2 ml dan;

itlarga, mushuklarga, mo’ynali hayvonlarga: hayvonning 1 kg tana vazniga 0,04 ml dan.

  Uy parrandalariga preparat 1000-2000 litr suvga 130 ml dozasida qo’llanadi. Preparat 

profilaktika maqsadida jo’jalarga 1 sutkalik yoshidan boshlab 2-3 haftada 1 marta, yetilgan 

parrandalarga – oyda 1 marta; davolash maqsadida - 1-2 hafta oralig’i bilan 2-3 marta beriladi..

 

Davolash maqsadida preparatning dozasi ko’pi bilan 1,5 marta oshirilishi mumkin. Zarur 



bo’lganda, preparat 7-10 kundan keyin takroran kiritiladi.

Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi

va  vitamin-mineral preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

«Selen + E vitamini» hayvonlar organizmida E vitamini va selen yetishmovchiligini to’ldiradi.

E vitamini oksidlanish-tiklanish jarayonlarini sozlaydi va uglevod-yog’lar almashinuviga ta’sir etadi, A 

va D3 vitaminlarining ta’sir etishini kuchaytiradi. Shuningdek u immunitetning holatiga, organizmning 

umumiy kurashuvchanligiga, reproduktiv funksiyasiga ta’sir etadi.

Selen E vitaminining samarali ta’sir etishiga ko’p jihatdan yordam beradi, u shuningdek oksidlanish-

tiklanish jarayonlarida ma’lum o’rin tutadi.

Organizmga preparatning kiritilishi qonda va boshqa to’qimalarda E vitamini va selen miqdorining tez 

ortishiga olib keladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalarida preparat hayvonlarda asoratlarni va nojo’ya ta’sirini 

keltirib chiqarmaydi. Anafilaktik reaksiya holatida zudlik bilan adrenalin kiritish lozim. Hayvonlar 

dozaning oshib ketishi tufayli zaharlanganda, davolash uchun arsanil kislota yoki arsanil kislotasining 

natriyli tuzi (atoksil) hayvonlarning 1 kg tana vazniga 1,5-2 

mg hisobidan qo’llanadi. Shuningdek, unitiol, natriy tiosulfat, 

metionin qo’llanadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Hayvonlar selenga yuqori shaxsiy 

sezgirligi bo’lganda, yoki hayvonlar oxirgi 10 kun davomida 

tarkibida selen bo’lgan preparatlar bilan ishlov berilganda, 

preparatning qo’llanishi mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Preparatning dozasi oshib ketganda 

zaharlanish holati yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun bitta 

hayvonning  dozasi: otlar uchun 20 ml, sigirlar uchun 15 ml, 

qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun - 5 ml dan oshmasligi 

lozim. Cho’chqachalarga preparat kamida 8 kundan katta 

bo’lganda qo’llanadi.

Yoppasiga ishlov berishdan avval 3-4 ta bosh hayvonlarda 

preparatning qabul qilinishiga sinama qilish lozim. Kuzatish 

muddati - 1 sutka.

KUTISH DAVRI: 

Preparat bilan davolash-profilaktik ishlov berilgan hayvonlar va parrandalardan olingan 

go’sht va sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatish mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 «Selen + E vitamini» (Selenium +Vitaminum E). Preparat 

tarkibida E vitamini (

α-tokoferol atsetat) va natriy selenit shaklidagi selen mavjud.  

QADOQLANISHI: 

50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha 

haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



SELEN+VITAMIN Е

 Inyeksiya uchun eritma




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə