Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

90

91

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Trivitamiks hayvonlarning gipo- va avitaminozlarida, kseroftalmiya, raxit, osteomalyatsiyani davolash va 



profilaktika qilish uchun qo’llanadi. Homiladorlik, sut emizish davrida, shuningdek organizm kasallikdan 

keyingi reabilitatsiya davrida qo’llash tavsiya etiladil.

1 ml preparat tarkibi:

Vitamin A 

30 000 ME

Vitamin D3 

40 000 ME

Vitamin Е 

20 mg

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:



 Preparat mushak ichiga, turi ostiga yoki og’iz orqali quyidagi 

dozalarda (bir bosh hayvonga) kiritiladi:



Hayvonlarning turlari

Mushak ichiga yoki teri ostiga, ml

Og’iz orqali, tomchi

Yirik qoramol

2,5


5

Otlar

2,0


4

Toychoqlar, buzoqlar

1,5


3

Qo’ylar, echkilar

1,0


2

Qo’zichoqlar

0,5


1

Cho’chqalar

1,5


3

Cho’chqachalar 

0,5


1

G’ozlar, kurkalar

-

1



Tovuqlar

-

Uchta boshga 1 ta



 

Preparat mushak ichiga yoki teri ostiga bir oy davomida haftada 1 marta kiritiladi. Zarur 

bo’lganda, preparatning inyeksiyalari bir oydan keyin takrorlanadi. Parenteral kiritish mumkin 

bo’lmaganda, preparat og’iz orqali, yaxshisi yem bilan aralashtirib, 3-4 hafta davomida har kuni 

beriladi. Preparat qo’llanishining samaradorligini oshirish uchun, hayvonlarning oziqlanish 

ratsionlari kalsiy, fosfor, magniy va mikroelementlar bo’yicha muvozanatlangan bo’lishi lozim.

Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi

va  vitamin-mineral preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Trivitamiks  majmuiy  vitaminli  preparat  bo’lib,  unda  A  (retinol 

palmitat  yoki  retinol  atsetat),  D3  (xolekalsiferol)  va  E  (α-tokoferol  atsetat)  vitaminlari  fiziologik 

asoslantirilgan nisbatda jamlangan, va hayvonning organizmiga moddalar almashinuvini me’yorga 

solish,  yuqumli  kasalliklarga  rezistentligini  oshirish,  serpushtligini  yaxshilash  va  yosh  hayvonlarning 

o’sishini rag’batlantirishda namoyon bo’ladigan sinergik ta’sir ko’rsatadi.

A vitamini organizmning o’sishini tezlashtiradi va uning rezistentligini oshiradi, shuningdek epiteliyning 

himoyalash  funksiyalarini  kuchaytiradi va  epitelial  to’qimalarning  regeneratsiyasiga yordam  beradi.  U 

jinsiy  gormonlarning  organizmga  ta’siri  bilan  uzviy  bog’liq  bo’ladi.  Uning  yetishmovchiligi  bo’lganda, 

hayvonlarda ko’rish buzilishlari, kseroftalmiya, yangi tug’ilgan bolalarning kam yashovchanligi, oshqozon-

ichak  a’zolari  va  nasl  qoldirish  a’zolarining  shilliq  pardalarining  kataral  yallig’lanishi  yuzaga  kelishi, 

shuningdek nasl qoldirish qobiliyati yo’qolishi mumkin.

D3 vitamini  organizmda  minerallar  almashinuvini  me’yorga  soladi.  Uning yetishmovchiligi  bo’lganda, 

hayvonlarda raxit yoki osteomalyatsiya, tetanik tomir tortishish va allotriofagiya kuzatiladi.

E  vitaminining  yetishmovchiligi  bo’lganda,  hayvonlarda  bepushtlik, 

o’sishining  kechikishi,  markaziy  asab  tizimining  shikastlanishi 

(zntsefalomalyatsiya),  jigar  va  mushak  to’qimasining  aynib  buzilishi, 

shuningdek yog’lar va uglevodlar almashinuvining buzilishi kuzatiladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Davolash dozalarida preparat hayvonlarning 

organizmiga nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan 

holatlar aniqlanmagan.

KUTISH DAVRI: 

Preparatni qo’llashdan keyin hayvonlarni go’sht 

olish uchun so’yish, hamda hayvonlar va parrandalar mahsulotlarini 

oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish hech qanday cheklashsiz amalga 

oshiriladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Vitamin vosita. Tashqi ko’rinishiga ko’ra trivitamiks sariq 

rangdan och jigar ranggacha bo’lgan, o’simlik moyiga xos hidli shaffof moyli suyuqlikdir.

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan 

joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil..

TRIVITAMIKS

 Inyeksiya uchun eritma




92

93

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Ixglyukovit  sigirlarda  bachadon  subinvolyutsiyasi,  tug’ruqdan  keyingi  endometritlarni,  mastitlarni, 



qishloq xo’jalik hayvonlarida telyazioz, oshqozon-ichak tizimining yallig’lanishi va buzilishini profilaktika 

qilish va davolash uchun qo’llanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Ixtiol 


35 mg

Glyukoza 

200 mg

Askorbin kislotasi 



20 mg

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 



 

Tug’ruqdan keyingi bachadon subinvolyutsiyasi, endometritlarni, mastitlarni profilaktika 

qilish uchun Ixglyukovit tuqqan sigirlarga 100 kg tana vazniga 10 ml dozasida ikki marta mushak 

ichiga yoki tos bo’shlig’ining to’qimalararo joyiga tug’ruqdan keyin ikki kun davomida kiritiladi. 

Preparat 48 soatdan keyin xuddi shunday dozada qo’llanadi.

 

Sigirlarda endometritlar, vulvitlar va mastitlar bo’lganda davolash maqsadida Ixglyukovit 

100 kg tana vazniga 10 ml dozasida 48 soat oralig’i bilan tuzalguncha mushak ichiga yoki tos 

bo’shlig’ining to’qimalararo joyiga kiritiladi. Kasallikning og’ir kechishida preparatni antibiotiklar 

va boshqa vositalar bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.

  To’qimalararo  joyiga kiritishda orqa teshigidan o’ng yoki chap tomonda to’g’ri ichak 

chuqurchasining oldingi-ustki burchagiga (navbati bilan) umumiy qabul qilingan uslublar 

bo’yicha ishlov beriladi. Qo’lning bir martalik harakati bilan itarib, nina chuqurchaning yuzasiga 

30-45° burchak ostida, to’qimalararo joyiga 3-5 sm chuqurlikka, ko’krak suyagining qilichsimon 

o’simtasi yo’nalishida kiritiladi. Porshenli shpritsdan foydalanib preparatni kiritish uchun 30-40 

soniya, o’zi oqib kirishi uchun - 1-1,5 daqiqa talab etiladi. Agar eritma o’zi oqib kiritilsa, nina 1-3 sm 

chuqurroq kiritiladi.

 

Oshqozon-ichak buzilishlari bo’lgan buzoqlarni davolash uchun Ixglyukovit hayvonning 1 

kg tana vazniga 1,5 (0,5) ml dozasida, sutkasiga 2-3 marta, 3-4 kun ketma-ket og’iz orqali ichib, yoki 

tomir ichiga - 1 kg tana vazniga 0,1 ml dozasida, sutkasiga 1 marta, 2-3 kun ketma-ket qo’llanadi.

 

Telyazioz bilan kasallangan yirik qoramol va otlarni davolash uchun, preparat 5-10 ml 

dozasida, sprintsovka yordamida uchinchi qovog’i orqasiga va kon’yunktival qopcha ichiga

hayvonning boshini chetga va pastga sal egib, kiritiladi. Davolash kursi - 2-3 kun oralig’i bilan 2-3 

marta kiritish.

Boshqa preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Ixglyukovit antiseptik, parazitlarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va qon to’xtatuvchi 

ta’siriga  ega,  tug’ruqdan  keyin  bachadon  involyutsiyasini  rag’batlantiradi,  bachadon  va  sut  bezining 

shikastlangan to’qimalari regeneratsiyalanishiga ko’maklashadi.

Eritmalar ichida ixtiol yodli tuzlar, alkaloidlar va og’ir metallarning tuzlari bilan qo’shila olmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Ixglyukovit qo’llanishidan keyin nojo’ya 

holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Mastit holatida yelinnin kasal qismining 

ichidagi sut sog’iladi, qaynatiladi va yo’q qilinadi.

KUTISH DAVRI: 

Chorvachilik mahsulotlaridan cheklashsiz 

foydalanish mumkin. Preparat bilan davolangan sigirlar yelinining 

sog’lom qismidan sut cheklashsiz ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 Ixglyukovit – majmuiy preparat. Preparat to’q jigar rangli, 

ixtiolning o’ziga xos hidi bo’lgan, chayqatganda ko’pik hosil qiluvchi bir jinsli moyli 

suyuqlikdan iborat. Idishning devorlarida yengil, chayqatishda parchalanadigan cho’kma 

bo’lishiga yo’l qo’yiladi.

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparat quruq, qorong’i joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda 

saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.



IXGLYUKOVIT

 Inyeksiya uchun eritma




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə