Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

94

95

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat hayvonlarning markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi bilan kechadigan turli kasalliklarida, 



holsizlikda,  mushak  holsizligida,  asab  tizimini  susaytiruvchi zaharlar  (giyohvand  moddalar,  uxlatuvchi 

vositalar) bilan zaharlanganda markaziy asab tizimini qo’zg’atish uchun qo’llanadi. 

Preparat  shok  holatida,  yurak-qon  tomir  tizimining  kuchsizligida,    qo’zg’aluvchanlik  va  yurak 

o’tkazuvchanligi  pasayganda;  surunkali  miokardit,  miodistrofiyalar,  surunkali  miodegeneratsiyalarda; 

qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida – bosh miya, buyrak, yurak qon tomirlari spazm qisilishida; 

nafas olish markazini qo’zg’atish va nafas olishni yaxshilash uchun, yangi tug’ilgan hayvonlar asfiksiyasi  

holatida; tug’ruq parezlarida; mushaklarning, oshqozon-ichak a’zolarning spastik holatlarida qo’llanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Natriy fofein-benzoat  

200 mg


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 

Preparat teri ostiga, mushak ichiga va tomir ichiga kiritiladi. 



 

Kasallikning og’irligi darajasiga va hayvonning tana vazniga qarab, natriy kofein-benzoat 

eritmasi quyidagi dozalarda qo’llanadi (taxminan):

Hayvonlarning turlari 

20% eritma

Otlar   


 

 

5-10 ml



Yirik qoramol 

 

5-10 ml.



Mayda shoxli mol   

0,5-2 ml


Cho’chqalar   

 

0,5-2 ml



Itlar  

 

 



0,2-0,5 ml

Boshqa preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparat neytral asab tizimini, ayniqsa bosh miya po’stlog’ini, uzunchoq miyani va kamroq darajada – 

orqa  miyani  qo’zg’atadi.  Uzunchoq  miyada  u  nafas  olish va  harakatlanish  markazlarini  qo’zg’atadi,  bu 

nafas olish harakatlarining tezlashuviga va chuqurlashuviga, hamda o’pkani shamollatish yaxshilanuviga 

olib keladi.

Natriy kofein-benzoat ta’sirida, tomir harakat markazining qo’zg’alishi va bevosita yurakka ta’sir etishi 

tufayli, arterial qon bosimi ortadi. Uning ta’siri ostida qorin a’zolari va teri qon tomirlari torayadi hamda 

yurak, miya va buyrak qon tomirlari  kengayadi, bu ham qon bosimining ortishiga yordam beradi.

Natriy  kofein-benzoat  yurak  ishlashini  qo’zg’atadi,  shu  sababli  yurak  qisqarishlarining  mutlaq  kuchi 

ortadi, yurak  mushak  to’qimasining  qo’zg’aluvchanligi yuqorilashadi.  Kofein  suv va  azot  almashinuvini 

oshiradi, atsidozni yo’qotadi, ko’ndalang-yo’l-yo’l mushaklari ishlash qobiliyatini oshiradi. U oshqozon-

ichak  a’zolarining  harakat  funksiyasini,  asosan,  sayyor  nervning  qo’zg’alishi  va  moddalar  almashinuvi 

jarayonlarining yaxshilanishi hisobiga kuchaytiradi.

Natriy  kofein-benzoat  bilan zaharlanganda yurak  tomonidan  alomatlar  (tomir  urishining  sekinlashuvi 

yoki tezlashuvi, aritmiya), reflektor qo’zg’aluvchanliknng ortishi, sanchiq-tonusli tomir tortishish, skelet 

mushaklarining tonusi ortishi kuzatiladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparatni teri ostiga kiritish kofeinning achishtiruvchi ta’siri tufayli kelib 

chiqadigan mahalliy shishlarga olib kelishi mumkin. Ovqat hazm qilish bezlarining ajratuvchi faoliyati 

kuchayishi tufayli ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buzilish paydo bo’lishi mumkin. Dozasi ortib 

ketganda betoqatlik, taxikardiya, aritmiya, qusish kuzatiladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparat yuqori qo’zg’aluvchan-lik, yurakning kompensatsiyalamagan 

nuqsonlari, miodegeneratsiyalar, periferik qon tomirlar falaji, o’tkir yurak yetishmovchiligi holatlarida 

qo’llanishi mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Bitta hayvon turida natriy kofein-benzoat eritmasiga nisbatan shaxsiy 

sezgirlik yaqqol namoyon bo’ladi. Shuning uchun preparat dozalarini belgilash hayvonning asab 

faoliyatining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, o’tkazilishi kerak.

KUTISH DAVRI: 

Preparatni qo’llash paytida va undan so’ng olingan chorvachilik mahsulotlari oziq-ovqat 

maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Preparat ko’rinuvchan aralashmalari bo’lmagan, rangsiz yoki 

och sariq rangli steril shaffof suyuqlikdir.

QADOQLANISHI: 

10 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan 

joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



NATRIY KOFEIN-BENZOAT  

 20%

 Inyeksiya uchun eritma




96

97

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

 

Novokain 0,25%-0,5% eritmalar shaklida infiltratsiyaviy anesteziya 



uchun; 0,125-0,25% - A.V. Vishnevskiy usuli bo’yicha anesteziya uchun (qattiq sirg’aluvchan infiltratsiya); 

1-2% – orqa miya anesteziyasi uchun qo’llanadi. 

Novokain  eritmalari  mahalliy  anesteziya  uchun  qo’llanganda,  ularning  konsentratsiyasi  va  miqdori 

jarrohlik usulining xususiyatiga, qo’llash usuliga, hayvonning holati va vazniga bog’liq bo’ladi.

Novokain  eritmasi  maxsus  va  simptomatik  vositalar  bilan  birgalikda  hayvonlarga  turli  yuqmaydigan 

kasalliklarni davolashda belgilanadi. U oshqozonning yarali kasalliklarida, atoniya hamda old oshqozon 

va ichak timpaniyasi, dispepsiya, spastik sanchiq og’riqlarda, ichakning mexanik berkilib qolishi, travmatik 

peritonit, retikuloperitonit, qon tomirlarining spazmlarida (V.V. Mosin bo’yicha blokada va bel blokadasi); 

bronxopnevmoniya, kataral pnevmoniya, o’pka giperemiyasi va shishlari holatida (A.I. Fedotov bo’yicha 

blokada) qo’llanadi.

Oftalmologiyada novokain otlarda keratit, keratokon’yunktivit, vaqt-vaqti bilan ko’z yallig’lanishida (ko’z 

osti blokadasi) qo’llanadi.

Jarrohlikda novokain yaralarni, oqma yaralarni, miozitlarni, papillomatozni davolash uchun (tizza ichiga 

yoki tomir ichiga) ishlatiladi.

Akusherlik-ginekologiya amaliyotida novokain sigirlarda va echkilarda metritlar, endometritlar, bachadon 

va jinsiy qini tushib qolishi, yo’ldosh ushlanib qolishi (paranefral blokada), seroz-kataral mastitlarda (B.A. 

Bashkirov yoki D.D. Logvinov bo’yicha 0,5% eritmani shikastlangan joyga 30-50 ml dan sisternal usulda 

kiritish va yelin blokadasi usulida kiritish) belgilanadi. 

1 ml preparat tarkibi:

Novokain 

5 mg / 10 mg

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Qorin asablari va chegaraviy simptomatik asab naylarining V.V. Mosin bo’yicha 

novokainli blokadasi uchun 0,5% novokain eritmasi ishlatiladi. Eritma oxirgi qovurg’aning oldingi cheti va hayvon 

belining eng uzun mushagining lateral chetining kesishuvi nuqtasida, oxirgidan oldingi ko’krak umurtqasining tanasiga 

tiralguncha, kiritiladi. Yirik qoramol va otlarga 1 kg tana vazniga 0,5 ml hisobida, cho’chqalar, itlar, qo’ylar va echkilarga 

- har bir tomonidan 15-20 ml dan, tulkilar, quyonlar va mushuklarga - 3-5 ml dan kiritiladi.

Paranefral blokada uchun (A.V.Vishnevskiy bo’yicha) novokain buyrak yoni hujayra qatlamiga 0,25-0,5% eritma shaklida 

kiritiladi.

Novokain eritmalari shuningdek tomir ichiga, teri ostiga va og’iz orqali (0,25-0,5%), mushak ichiga (1-2%) qo’llanadi.



Novokainning eng yuqori bir marotabalik dozalari:

- otlarga  

 

 

 

 

- 2,5 g,

- yirik qoramolga  

 

 

 

- 2,0 g;

- mayda shoxli mollarga va cho’chqalarga    

- 0,5-0,75 g;

- itlarga  

 

 

 

 

- 0,5 g.

Novokainning 0,5%, 1%, 2% eritmalarini 0,125-0,25% eritmalarini olish maqsadida suyultirish uchun, natriy xloridning 

0,9% izotonik eritmasi yoki Ringer-Lokk eritmasi ishlatiladi. Ushbu suyultirishlar bevosita qo’llanishidan avval 

tayyorlanadi.

Novokainning 0,5% eritmasini antibiotiklar (bitsillin, penitsillin, streptomitsin) suyultirish uchun ishlatish mumkin.

Boshqa preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:  

Novokain mahalliy anestetik ta’sir ko’rsatadi, keng ko’lamli davolash 

ta’siriga ega. Novokain organizmga umumiy ta’sir ko’rsatadi, atsetilxolin hosil bo’lishini kamaytiradi va 

periferik xolinreaktiv tizimlarni qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi, vegetativ gangliylarga bloklovchi ta’sir 

ko’rsatadi, silliq mushaklarning spazmlarni pasaytiradi, yurak mushagining qo’zg’aluvchanligini va bosh 

miya po’stlog’ida motor zonalarining qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. 

Organizmda novokain tez gidrolizlanadi, hamda farmakologik faol moddalar bo’lgan paraaminobenzoy 

kislotasini va deetilaminoetanolni hosil qiladi.

Paraaminobenzoy kislotasi (N vitamini) foliy kislotasi molekulasining tarkibiy qismi bo’lib, antigistamin 

xususiyatiga ega, detoksikatsiya jarayonlarida ishtirok etadi, antisulfanilamid ta’siriga ega.

Deetilaminoetanol o’rtacha qon tomir kengaytiruvchi ta’siriga ega. 

Novokain tez va qisqa muddatli ta’sir etadi. Novokain eritmalarining so’rilishini kamaytirish va ta’sirini 

uzaytirish  uchun,  mahalliy  anesteziya  paytida  ularga  adrenalin  gidroxloridning  0,1%  eritmasini  1 

tomchidan, va 2-10 ml novokain eritmasi qo’shiladi.

Toksik dozalarida novokain markaziy asab tizimining qo’zg’alishi, keyin esa falajiga olib keladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatni novokainga yuqori shaxsiy sezgirligi bo’lgan hayvonlarga qo’llash 

taqiqlanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Sulfanilamidlarning antibakterial faolligi ehtimoliy pasayshi sababli

preparatni ular bilan birga qo’llash tavsiya etilmaydi.

KUTISH DAVRI: 

Preparatni 

qo’llash paytida va undan 

keyin olingan chorvachilik 

mahsulotlari cheklashsiz 

oziq-ovqat maqsadlari uchun 

ishlatiladi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 Faol ta’sir etuvchi moddasi novokain - paraaminobenzoy 

kislotasining betta-dietilaminoetil efirining gidroxloridi hisoblanadi. 

QADOQLANISHI:

 Novokain 1% 10 ml li, Novokain 0.5% 100 ml li  shisha flakonlarda 

qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat quruq, yorug’liqdan pana bo’lgan joyda, 0°C dan +25°C 

gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

NOVOKAIN 

0,5%; 1%

 Inyeksiya uchun eritma




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə