Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

8

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

9

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:



 

Yirik qoramolga  preparat  oshqozon-ichak  nematodozlari  (gemonxoz,  bunostomoz,  ezofagostomoz, 

strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo), fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, telyazioz, qo’tirlar 

holatida va iksod kanalari bilan kurashish uchun qo’llanadi. 

Echkilar va qo’ylarga  preparat  oshqozon-ichak  nematodozlari,  fastsiolyoz,  paramfistomatidozlar, 

dikrotselioz, qo’tirlar va estroz holatida qo’llanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Klozantel 

50 mg

KLOZANTEL 

50  

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Preparat kavsh qaytaruvchi hayvonlarga mushak ichiga yoki teri ostiga 

kiritiladi. Fastsiolalar ko’p miqdorda yuqqan holatda preparatning bir marotabalik dozasi ikkiga bo’linadi 

va hayvonlarga preparatning yarim dozasi ikki kun ketma-ket kiritiladi.

 

Preparatni hayvonlarga qo’llash dozalari.



Hayvon turi va parazitozning nomi

Dozalari


YIRIK SHOXLI QORAMOL

- fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, 

ezofagostomoz, bunostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo), 

telyazioz

Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 0,5 ml

- iksod kanalari hujum qilganda 

Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 0,5 ml

- qo’tirlar: sarkoptoz, psoroptoz, xoriopoz (yosh yirik qoramollarda)

Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml dan, 

ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan

- 2 va 3-bosqichdagi lichinkalar tomonidan qo’zg’atilgan gipodermatoz 

Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml, bir 

marotaba

MAYDA SHOXLI MOL:

- fastsiolyoz, paramfi-stomatidozlar, dikrotselioz

Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml

- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, ostartagioz, strongiloidoz, 

ezofagostomoz, xabertioz, bunostomoz, trixostrongilyoz)

Hayvonlarning 20 kg tana vazniga 1 ml

- qo’tirlar (psoroptoz va xoriopoz)

Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml dan, 

ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan

- estroz


Hayvonlarning 20 kg tana vazniga 1 ml

Agar dozaning umumiy kiritiladigan hajmi 10 ml dan oshsa, preparat ikkita turli joyiga kiritiladi.

Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:

  Klozantelning  ta’sir  etish  mexanizmi  parazitning  oksidlovchi 

fosforillash jarayonining to’xtatilishidan iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini 

kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, 

bu holat parazitning energetik metabolizmini o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi.

Parenteral kiritilganidan keyin preparat inyeksiya joyidan tez so’rilib, hayvonlarning a’zolari va 

to’qimalariga o’zlashadi..

Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasi kiritishdan keyin 12 soat ichida yetadi va 24-36 soat 

davomida saqlanadi. Preparatning davolash konsentratsiyasi hayvon organizmida 10-11 sutka davomida 

saqlanadi.

Klozantel organizmda amalda biotransformatsiya bo’lmaydi va asosan o’zgarmagan shaklida chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Ba’zi holatlarda inyeksiya joyida 

achishish paydo bo’lishi mumkin, u davolashsiz tuzalib 

ketadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 



Preparatning komponentlariga 

yuqori sezgirlik. 

Preparat kuchsizlangan va yuqumli kasalliklarga uchragan 

hayvonlarga qo’llanmaydi.  

Boshqa parazitlarga qarshi preparatlar bilan birga 

kiritilmasin.

Parazitlarga qarshi xlororganik va fosfororganik preparatlar 

bilan bir vaqtda qo’llashga yo’l qo’yilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Sog’iladigan sigirlarga va 

homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida qo’llash 

taqiqlanadi.

KUTISH DAVRI: 

Sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun hayvonlarga preparatni oxirgi marta kiritishdan 

14 kundan keyin, go’shtni 28 kundan keyin ishlatish mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning endo- va ektoparazitar kasalliklarini davolash 

uchun antigelmint vosita. 

QADOQLANISHI: 

50 va 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni quruq va qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, 

+4°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.



10

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

11

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



Preparatlar qo’llanadi:

• 

yirik qoramolga - diktiokokaulyoz, gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, 

xabertioz, kooperioz, strongiloidoz holatida;



• 

mayda shoxli molga - diktiokaulyoz, protostrongilyoz, gemonxoz, strongiloidoz, ezofagostomoz, 

kooperioz, trixostrongilyoz, nematodiroz, trixotsefalyoz, xabertioz holatida;



• 

cho’chqalarga - askaridoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, xiostrongilyoz, metastrongilyoz 

holatida;



• 

itlarga – toksokaroz va ankilostomoz holatida.

1 ml preparat tarkibi:

Levamizol 

75 mg


LEVAMIZOL 

75  

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Preparatlar bir marotaba, teri ostiga yoki mushak ichiga, 

hayvonning 1 kg tana vazniga 75 mg levamizol hisobidan dozasida kiritiladi, bu quyidagilarga 

mos keladi:

Hayvon turi

Preparatlar dozasi

Izoh

Yirik qoramol

 (teri ostiga yoki mushak ichiga)

10 kg ga 1,0 ml 

Vazni 300 kg dan ortiq hayvonlarga 

ko’pi bilan 30,0 ml

Qo’ylar, echkilar (teri ostiga)              

10 kg ga 1,0 ml 

Vazni 65 kg dan ortiq hayvonlarga 

ko’pi bilan 4,5 ml



Cho’chqalar (teri ostiga yoki mushak 

ichiga)


10 kg ga 1,0 ml 

Vazni 150 kg dan ortiq hayvonlarga 

ko’pi bilan 20,0 ml

Itlar (mushak ichiga yoki og’iz orqali)

10 kg ga 1,0 ml 

Kiritiladigan eritmaning hajmi 15 ml dan ko’p bo’lsa, uni hayvonning 2-3 joyiga kiritish kerak.

Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Ta’sir  etuvchi  vositasi  -  levamizol  (gidroxlorid  shaklida) 

nematodalarning hayotiy muhim fermentlarini (fumarat va suktsinatdegidrogenaza) ingibirlaydi. Keng 

ta’sir  etish  doirasidagi  preparat  buning  oqibatida  parazitlarning  yetilgan  va  lichinka  shakllarining 

o’limini keltirib chiqaradi.  

Parenteral kiritilganidan keyin levamizol kiritish joyidan tez o’zlashadi, a’zolarda va to’qimalarda davolash 

kontsentratsiyasiga 30 daqiqa ichida yetadi va 6-9 soat davomida saqlanadi. Levamizol organizmdan 

asosan siydik bilan chiqariladi.

Gelmintlarga  qarshi  ta’siridan  tashqari,  levamizol  gidroxlorid  hayvonlarning  immunitetiga 

rag’batlantiruvchi  ta’sir  ko’rsatadi.  U  qon zar-dobining  bakteritsid  faolligini,  leykotsitlarning  fagotsitar 

faolligini, immunoglobulinlar miqdorini, T-limfotsitlar miqdorini oshiradi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Hayvonlar preparatning terapevtik dozalarini yaxshi ko’taradi. Levamizolga 

yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining 

kuchayishi, ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi. Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan, 

terapevtik dorilar qo’llanmagan holda o’tib ketadi.

Levamizol bilan zaharlanishda zaharni kesuvchi vosita atropinni qo’llanishi bo’yicha yo’riqnomaga 

muvofiq qo’llash lozim.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparat bilan gelmintsizlashtirilmaydi:

- kuchsizlangan, holsiz, yuqumli kasalliklarga uchragan hayvonlar;

- jigar va buyrak kasalliklariga uchragan hayvonlar;

- homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida va tuqqanidan keyin 2 hafta davomida hayvonlar;

- vazni 10 kg dan oshmagan yosh hayvonlar.

Bundan tashqari, preparatni fosfororganik preparatlar, pirantel, morantel, fenotiazin, levomitsetin 

(xloramfenikol) qo’llanishidan avval va keyin 10 kun davomida qo’llash mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval har bir preparat partiyasi 

hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka davomida asoratlar 

bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi.

KUTISH DAVRI:

 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutka 

o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan 

hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab 

chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Levamizol bilan ishlov berilgan sog’iladigan hayvonlardan 

olingan sutni gelmintsizlashtirishdan keyin 48 soat davomida oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 

taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

«Levamizol-75» – imidazotiazol guruhidagi gelmintlarga qarshi 

preparat, hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun. 

QADOQLANISHI: 

100 ml. li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparat ehtiyotlik bilan, zavod  o’ramida, yorug’likdan pana joyda, 

bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə