Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

12

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

13

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



Preparat yirik qoramol, qo’ylar, echkilarni gelmintsizlashtirish uchun 

quyidagi kasalliklarda qo’llanadi:

- fastsiolyoz, dikrotsiolyoz, moniyezioz, diktiokaulyoz, ostertagioz, gemonxoz, trixostrongilyoz, kooperioz, 

ezofagostomoz, edemagenoz;

Preparat shuningdek yirik qoramolga gipodermatozda, qo’ylarga oestroz va psoroptozda ishlov berish 

uchun qo’llanadi.

1 g preparat tarkibi:

Albendazol 

50 mg/100mg

Klozantel 

50 mg/100mg

ALKLOZAN 

10%;  20%  

Kukuni


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Qo’llanishi va dozalari. Preparat og’iz orqali, individual 



yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi. Preparat 

bir marotaba beriladi.

  Gelmintozlarda va so’nalar yuqishida «Alklozan 20%» 

hayvonning 1 kg tana vazniga 40 mg, «Alklozan 10%» - 

hayvonning 1 kg tana vazniga 80 mg dozasida bir marotaba, 

individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi 

yoki suvli suspenziya shaklida idishdan majburan ichiriladi.

  Qo’ylar psoroptozida preparat ikki marotaba 7 sutka 

oralig’i bilan, psoroptoz bo’yicha nomaqbul vaziyatli 

xo’jaliklarda profilaktika maqsadida preparat bir marotaba 

quyidagi dozalarda qo’llanadi: 

«Alklozan 20%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 100 mg, 

«Alklozan 10%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 200 mg. 

 

Hayvonlarni gelmintsizlashtirishni yiliga ikki marta: yaylovga haydashdan ikki hafta avval va 



molxonada saqlashga o’tishdan avval o’tkazish maqsadga muvofiq. Gipotermatoz, edemagenoz 

va estrozga qarshi hayvonlarga ishlov berish yozgi mavsum tugaganidan keyin o’tkaziladi. 

Psoroptozda qo’ylarni davolash yilning istagan faslida zarur bo’lganda amalga oshiriladi.

Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi 

gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning 

organizmidan  chiqarilishiga  olib  keladi.  Preparat  og’iz  orqali  ichilganda  albendazol  oshqozon-ichak 

tizimida tez so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas 

bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi. 

Klozantelning  ta’sir  etish  mexanizmi  parazitning  oksidlovchi  fosforillash  jarayonini  to’xtatilishidan 

iborat.  Preparatning  o’ziga  xos  ta’siri  ATF  fermentini  kuchaytirishdan  iborat,  bu  esa  fosforillash  va 

elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, bu holat parazitning energetik metabolizmini 

o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazol va klozantel, sinergik ta’siriga ega bo’lib, kavsh qaytaruvchi 

hayvonlarning endo- va ektoparazitlari, shu jumladan trematodalar, nematodalar, tsestodalar, jumladan 

benzimidazollarga  chidamli  parazitlar,  shuningdek  so’nalar  lichinkalari  va  sarkoptoid  kanalarining 

o’limini keltirib chiqaradi. 

Issiq qonli hayvonlar uchun zaharliliga ko’ra preparat 4-xavflilik toifasiga kiradi – «kam xavfli preparatlari» 

(GOST 12.1.007). Davolaydigan dozasida teratogen, embriotoksik, mutagen ta’siriga va allergiya keltirib 

chiqaruvchi xususiyatiga ega emas.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik. Organik xlorlangan va 

xlororganik parazitlarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo’llanmasin.

Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari 

bo’lgan va holsizlangan hayvonlar uchun ruxsat etilmaydi. 

Preparatni qo’llash shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi 

yarmisida, sigirlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.

Suti kishilar ovqatiga ishlatiladigan sog’iladigan hayvonlar uchun preparatni qo’llash taqiqlanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi 

avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar 

bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.

KUTISH DAVRI: 

Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 

preparatni qo’llashdan keyin 20 kundan so’ng ruxsat etiladi.

Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali 

hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 Qishloq xo’jalik hayvonlarining parazitlarini davolash va 

profilaktikasi uchun antigelmint vosita. Ta’sir etuvchi moddalari albendozol, klozantel. 

QADOQLANISHI:

 Og’irligi 500 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +30°C gacha haroratda 

saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.



14

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

15

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



Metsalben  yirik  qoramol  va  mayda  shoxli  molga,  cho’chqalarga  va 

itlarga quyyidagi kasalliklarida beriladi:



Yirik qoramol:

- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;

- fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz;

Qo’ylar va echkilar:

- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;

- fastsiolyoz, moniyezioz;

Cho’chqalar: askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz;

Itlar: toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar;

1 g preparat tarkibi:

Albendazol 

50 mg/100 mg



METSALBEN 

10%; 20%

  

Granulalangan kukuni

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Metsalben yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga va itlarga  bir marotaba, og’iz 



orqali yem bilan aralashtirib, avvaldan och qoldirib parhez qilmasdan quyidagi dozalarda beriladi 

(hayvonlarning 1 kg tana vazniga mg):



Hayvonlar turi va gelmintlarning nomi

10% 

granulyat

20% 

granulyat

Yirik qoramol: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, 

strongiloidoz;

- fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz

75

100



37, 5

50

Qo’ylar va echkilar:- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, 

strongiloidoz;

- fastsiolyoz, moniyezioz

50

75

25



37,5

Cho’chqalar: askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz

75

37,5



Itlar: toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar

200


100

 

Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin.



Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Albendazol keng ta’sir doirasiga ega, trematodalarning tuxumlari va 

etilgan shakllari, nematodalari va tsestodalarining yetilgan va yetilmagan shakllarining o’limini keltirib 

chiqaradi. U energetik almashinuvni buzadi, fumaratreduktaza faolligini kamaytiradi, bu gelmintlarning 

adenozintrofosforli kislota sintezining buzilishiga olib keladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalarda 

qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Majburan hollarda ko’rsatilgan 

muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning 

go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun 

ishlatilishi mumkin.

KUTISH DAVRI: 

Yirik qoramol va cho’chqalarni go’sht olish 

uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 

14 kun, qo’ylar va echkilarni 10 kun o’tganidan so’ng, 

sigirlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun 

ishlatish 3 sutka, qo’ylar va echkilardan sutni 4 sutka 

o’tganda ruxsat etiladi. 

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparatni qo’llash paytida 

veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va 

xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.

Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Foydalanish uchun tayyor, granullashtirilgan hayvonlarning 

gelmintlarini qirish uchun preparat. Ta’sir etuvchi moddasi albendazol. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar 

yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə