Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

16

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

17

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



Metstramizol  20%  granulyat  yirik  qoramol,  qo’ylar  va  echkilar, 

cho’chqalar,  otlar,  mo’ynali  hayvonlar  va  itlarga  oshqozon-ichak  tizimi  va  o’pka  nematodozlarida 

(oshqozon-ichak tizimining strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidozlar, 

oksiuroz, paraskaridoz, toksaskaridoz, untsinarioz va hokazo) qo’llanadi.

1 g preparat tarkibi:

Tetramizol

gidroxlorid 

200 mg


METSTRAMIZOL

  20%  

Granulyat

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Preparat guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, ikki marotaba (ikki kun 

ketma-ket, kuniga bir marta) quyidagi dozalarda beriladi (hayvonning 1 kg tana vazniga mg)

Hayvonlar turi va  gelmintozning nomi

Qo’llash 

martalari

Metstramizol

20% granulyat

dozalari

Yirik qoramol:

- oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz

Ikki marotaba

50

Qo’ylar va echkilar: 

oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz (diktiokaulyoz, gemonxoz, 

bunostomoz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz)

Ikki marotaba

37,5


Cho’chqalar: 

-askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz

Ikki marotaba

75

Otlar:

-paraskaridoz;

-oksiuroz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz

Ikki marotaba

Ikki marotaba

50

75



Itlar:

-toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz

Ikki marotaba

100

Mo’ynali hayvonlar:

-toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz

Bir marotaba

100

Antiparazitar 



preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning  ta’sir  etuvchi  moddasi  -  tetramizol  gidroxlorid 

(DL  2,3,5,6,-tetragidro-6-fenil-imidazo-(2,1-b)  tiazol-gidroxlorid)  nematoda-larda  fumarat-  va 

suktsinatdegidrogenezni yo’q qiladi va parazitlarning yetilgan shakllari va lichinkalari o’limiga olib keladi.

Tetramizol gidroxlorid kam zaharli birikmalarga kiradi, hayvonlarning oshqozon-ichak tizimidan yaxshi 

so’riladi, embriotoksik, sensibilizirlovchi, teratogen va kumulyativ xususiyatiga ega emas, teri va shilliq 

pardalarni achishtirmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya ta’sir ko’rsatishi 

aniqlanmagan.

KUTISH DAVRI:

 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 

7 kun o’tganidan so’ng, olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 2 sutka o’tganda 

ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning 

go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda 

ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish 

lozim.


Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. 

Ta’sir etuvchi moddasi tetramizol. Preparat oq yoki och kulrang granulalardan iborat.

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar 

yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.



18

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

19

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



Preparat nematodozlarda (oshqozon-ichak strongilyatozlari, askaridoz, 

trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz), trematodozlarda 

(fastsiolyoz, paramfistomatozlar), sestodozlarda (moniyezioz, teniozlar) yirik qoramol, qo’ylar va echkilar, 

cho’chqalar, otlar, itlar va mushuklarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi.

1 g preparat tarkibi:

Fenbendazol 

222 mg

PANAFENB

 22,2% 

 

Granulyat

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Preparat og’iz orqali, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, avvaldan parhez 

tayyorgarligisiz, bir marotaba quyidagi dozalarda beriladi:

Hayvonlar turi

Panafenb granulyat 22.2% 

(hayvonning 1 kg tana vazniga mg)

Yirik qoramol

34

Qo’ylar va echkilar



22

Cho’chqalar

22

Otlar


34

Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin.

Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning  ta’sir  etuvchi  moddasi  fenbendazol  gelmintlarga 

qarshi keng doiradagi ta’sirga ega, oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodalari, sestodalar, shuningdek 

trematodalarning yetilgan shakllari, lichinkalari va tuxumlariga nisbatan faol ta’sir etadi.

Preparatning  ta’sir  etish  mexanizmi  gelmintlarning  ichagi  hujayralarida  mikrokanallar  parchalanishi, 

energetik jarayonlar buzilishidan iborat, bu ularning o’limiga olib keladi.

Panafenb  granulyat  22.2%  issiq  qonli  hayvonlar  uchun  kam  zaharli  preparatlarga  kiradi.  Terapevtik 

dozalarda kumulyativ, embriotoksik, mutagen ta’siriga hamda allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatlariga 

ega emas.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Tavsiya etiladigan dozalarda preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi va 

hayvonlarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida 

(7-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. Asoratlar bo’lmasa, 3 kun ichida preparat barcha hayvonlarga 

beriladi.

KUTISH DAVRI:

 Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 

14 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval 

so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini 

ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. 

Preparatni kiritishdan keyin 4 sutka davomida sog’iladigan hayvonlardan olingan sutni oziq-

ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun 

ishlatilishi mumkin.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda 

ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish 

lozim. 


Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. 

Ta’sir etuvchi moddasi fenbendazol. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana 

joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə