Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29

24

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

25

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



Preparat  quyidagi  kasalliklarda  yirik  qoramol,  qo’ylar,  echkilar, 

cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:

-  oshqozon-ichak  nematodozlari  (gemonxoz,  bunostomoz,  ezofagostomoz,  nematodiroz,  ostertagioz, 

xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);

-  o’pka  nematodozlari  (diktiokaulyoz,  protostrongilyoz,  myullerioz,  neostrongilyoz,  sistokaulyoz, 

metastrongilyoz);

- sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);

- trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).

1 ml preparat tarkibi:

Albendazol 

25 mg/100 mg

METSALBEN 

2,5%; 10%

Og’iz orqali ichish uchun suspenziya

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 Preparat og’iz orqali ichish uchun, bir marotaba, individual 

tarzda, doza beruvchi to’pponcha yoki boshqa doza berish moslamalari yordamida, yoki yem 

bilan aralashtirib beriladi.



Yirik qoramolga: nematodozlarda va dikrotseliozda Metsalben 2,5% 

suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 3 ml dozasida, Metsalben 10% 

suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi; 

fastsiolyozda Metsalben 2,5% suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 

4 ml dozasida, Metsalben 10% suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana 

vazniga 4 ml dozasida qo’llanadi.



Mayda shoxli molga: nematodozlarda, dikrotseliozda, moniyeziozda 

Metsalben 2,5% suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 2 ml 

dozasida, Metsalben 10% suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 

2 ml dozasida qo’llanadi; fastsiolyozda, mos holda, hayvonning 10 kg tana 

vazniga 3 ml dozasida, va 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi.

Otlarga: 

paraskaridoz, strongilyatoz, alfortioz, delafondioz, 

anoplotsefalyoz va siatostomozlarda Metsalben 10% suspenziyasi 

hayvonning 100 kg tana vazniga 7,5 ml dozasida qo’llanadi.



Cho’chqalarga:  Metsalben 2,5% suspenziyasi hayvonning 10 kg tana 

vazniga 2-4 ml dozasida, Metsalben 10% suspenziyasi - hayvonning 40 kg 

tana vazniga 2-4 ml dozasida qo’llanadi.

Qo’llashdan avval suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim.

Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Albendazol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita 

bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematodalar va sestodalar, shuningdek yetilgan trematodalar va ularning 

tuxumlariga nisbtatan faol ta’sir ko’rsatadi.

Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini 

buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Ovotsid 

ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi.

«Metsalben 2,5%» va «Metsalben 10%» suspenziyalari organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra mo’tadil 

darajada xavfli moddalarga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llangan holda, nojo’ya ta’sir etishi qayd 

etilmagan.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, 

yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar 

uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan 

bir qismida ruxsat etilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi 

hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) avvaldan sinaladi. 3 sutka davomida asoratlar bo’lmaganda, 

barcha mollarga dori berish boshlanadi.

KUTISH DAVRI: 

Yirik qoramol, otlar va cho’chqalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni qo’llashdan 

keyin kamida 14 kun, qo’ylar va echkilarni – 10 kun o’tganidan so’ng, sigirlarning sutini oziq-ovqat 

maqsadida ishlatish – 3 sutkadan keyin, qo’ylar va echkilar sutini – 4 sutkadan so’ng ruxsat etiladi. 

Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti va olingan 

sutini yem berish uchun ishlatilishi mumkin.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina 

qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni 

ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish 

lozim.


Preparatning idishini boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. 

Ta’sir etuvchi moddasi albendazol. 

QADOQLANISHI: 

1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni ehtiyotlik bilan, zavod o’ramida, quruq, qorong’i joyda, 

+25°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab - 3 yil.



26

27

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 

Gentamitsinning 4% eritmsi yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, itlar, mushuklarga 

respirator va oshqozon-ichak kasalliklarini, sepsis, peritonit, piyelonefrit, artritlar, poliartritlar, dermatitlar 

(itlarda) va gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar bilan qo’zg’atilgan boshqa hayvonlar kasalliklarini 

davolash uchun qo’llanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Gentamitsin 

40 mg

        

GENTAMITSIN

 4%

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Preparat mushakning ichiga quyidagi dozalarda kiritiladi:

-  yirik qoramol, mayda shoxli mol (qo’ylar, echki), otlar va 

cho’chqalar: 

hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5-0,75 ml eritma (1 kg tana 

vazniga 2-3 mg gentamitsin) kuniga ikki marta, 

- itlar va mushuklar: 

birinchi kuni – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga 

ikki marta (1 kg vazniga 4 mg gentamitsin); 

ikkinchi va undan keyingi kunlari – hayvonning 10 kg tana vazniga 

1,0 ml eritma kuniga bir marta. 

Yangi tug’ilgan hayvonlarga hayotining birinchi kunlarida tavsiya 

etilgan dozaning faqat yarmisi beriladi. Davolash kursi 3 – 5 kun.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Gentamitsin  keng  doirali  mikroblarga  qarshi  ta’siriga  ega, 

penitsillinlarga  va  boshqa  antibiotiklarga  chidamli  stafilokokklarning  shtammlariga  nisbatan;  ba’zi 

streptokokklar shtammlari, ko’pgina gram-manfiy mikroorganizmlarga (ko’k yiring tayoqchasi, klebsiyella, 

enterobakter, salmonellalar, shigellalar, protey) nisbatan yuqori samarali ta’sir etadi. Antibiotik anaerob 

bakteriyalarga, viruslarga, eng sodda hayvonlarga va zamburug’larga ta’sir etmaydi.

Preparat yuqori bioo’zlashuvchanlikka ega. Mushak ichiga kiritilganda ko’pgina a’zolarga va to’qimalarga 

yaxshi  kirib  o’zlashadi.  Preparatning  qondagi  maksimal  konsentratsiyasiga  kiritishdan  keyin  30-60 

daqiqa o’tganda erishiladi. Bir martalik inyektsiyadan keyin antibiotikning organizmdagi davolaydigan 

konsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan buyrak bilan chiqariladi, siydikda 

yuqori konsentratsiyasi hosil bo’ladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Sezgir hayvonlarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin (teri toshmalari, qichishish, 

bezgak). Preparat ototoksik va nefrotoksik ta’siriga ega. Preparatni uzoq qo’llash eshitish a’zolari va 

sakkizinchi miya nervining funksiyalari buzilishiga sabab bo’lishi mumkin (itlar va mushuklarda), 

shuningdek homilaga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Buyrak funksiyasining buzilishi, gentamitsinga o’ta sezgirlik, boshqa 

nefrotoksik preparatlar, miorelaksantlar va ba’zi umumiy anestetiklar bilan bir vaqtda qo’llash, 

gentamitsinga o’ta sezgirlik. 

Gentamitsinni penitsillinlar, ba’zi sefalosporinlar, boshqa aminoglikozid antibiotiklar (kanamitsin, 

neomitsin, streptomitsin), xloramfenikol, kolistin, polimiksin, sulfanilamidlar bilan bir vaqtda qo’llash 

mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Gentamitsin 4% eritmasini boshqa dori preparatlari bilan bitta shpritsda 

aralashtirish mumkin emas.

Gentamitsin 4% eritmasini antibiotik-aminoglikozidlarga yuqori sezgirlik bo’lganda va homiladorlik 

paytida ehtiyotlik bilan qo’llash lozim.

KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 kun 

o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Inyeksiya joyi va buyrak oziq-ovqat maqsadlari uchun 45 kun davomida 

ishlatilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti 

mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. 

Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni kishilarga ovqat maqsadlari uchun  preparatni qo’llash 

to’xtatilganidan keyin 3 kun davomida ishlatish taqiqlanadi. Bunday sutni hayvonlarni oziqlantirish 

uchun ishlatilishi mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun 

antimikrob vosita. Faol moddasi - gentamitsina sulfat. 

QADOQLANISHI: 

50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan 

joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə