28
29
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Gentamitsinning 10% eritmsi yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, itlar, mushuklarga
respirator va oshqozon-ichak kasalliklarini, sepsis, peritonit, piyelonefrit, artritlar, poliartritlar, dermatitlar
(itlarda) va gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar bilan qo’zg’atilgan boshqa hayvonlar kasalliklarini
davolash uchun qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Gentamitsin
100 mg
GENTAMITSIN
10%
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat mushakning ichiga quyidagi dozalarda kiritiladi:
- yirik qoramol, mayda shoxli mol (qo’ylar, echki), otlar va
cho’chqalar:
hayvonning 10 kg tana vazniga 0,2 ml eritma (1 kg tana vazniga 2
mg gentamitsin) kuniga ikki marta,
- itlar va mushuklar:
birinchi kuni – hayvonning 10 kg tana vazniga 0,4 ml eritma kuniga
ikki marta (1 kg vazniga 4 mg gentamitsin);
ikkinchi va undan keyingi kunlari – hayvonning 10 kg tana vazniga
0,4 ml eritma kuniga bir marta.
Yangi tug’ilgan hayvonlarga hayotining birinchi kunlarida tavsiya
etilgan dozaning faqat yarmisi beriladi. Davolash kursi 3 – 5 kun.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Gentamitsin keng doirali mikroblarga qarshi ta’siriga ega,
penitsillinlarga va boshqa antibiotiklarga chidamli stafilokokklarning shtammlariga nisbatan; ba’zi
streptokokklar shtammlari, ko’pgina gram-manfiy mikroorganizmlarga (ko’k yiring tayoqchasi, klebsiyella,
enterobakter, salmonellalar, shigellalar, protey) nisbatan yuqori samarali ta’sir etadi. Antibiotik anaerob
bakteriyalarga, viruslarga, eng sodda hayvonlarga va zamburug’larga ta’sir etmaydi.
Preparat yuqori bioo’zlashuvchanlikka ega. Mushak ichiga kiritilganda ko’pgina a’zolarga va to’qimalarga
yaxshi kirib o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 30-60
daqiqa o’tganda erishiladi. Bir martalik inyeksiyadan keyin antibiotikning organizmdagi davolaydigan
konsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan buyrak bilan chiqariladi, siydikda
yuqori konsentratsiyasi hosil bo’ladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Sezgir hayvonlarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin (teri toshmalari, qichishish,
bezgak). Preparat ototoksik va nefrotoksik ta’siriga ega. Preparatni uzoq qo’llash eshitish a’zolari va
sakkizinchi miya nervining funksiyalari buzilishiga sabab bo’lishi mumkin (itlar va mushuklarda),
shuningdek homilaga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Buyrak funksiyasining buzilishi, gentamitsinga o’ta sezgirlik, boshqa
nefrotoksik preparatlar, miorelaksantlar va ba’zi umumiy anestetiklar bilan bir vaqtda qo’llash,
gentamitsinga o’ta sezgirlik.
Gentamitsinni penitsillinlar, ba’zi sefalosporinlar, boshqa aminoglikozid antibiotiklar (kanamitsin,
neomitsin, streptomitsin), xloramfenikol, kolistin, polimiksin, sulfanilamidlar bilan bir vaqtda qo’llash
mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Gentamitsin 10% eritmasini boshqa dori preparatlari bilan bitta shpritsda
aralashtirish mumkin emas.
Gentamitsin sulfat 10% inyeksiyalar uchun eritmasini antibiotik-aminoglikozidlarga yuqori sezgirlik
bo’lganda, buyrak funksiyasining og’ir buzilishlari, uremiya va homiladorlik paytida ehtiyotlik bilan
qo’llash lozim.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 kun
o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Inyeksiya joyi va buyrak oziq-ovqat maqsadlari uchun 45 kun davomida
ishlatilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti
mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni kishilarga ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash
to’xtatilganidan keyin 3 kun davomida ishlatish taqiqlanadi. Bunday sutni hayvonlarni oziqlantirish
uchun ishlatilishi mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun
antimikrob vosita. Faol moddasi - gentamitsina sulfat.
QADOQLANISHI:
50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan
joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
30
31
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparatlar yirik qoramol va mayda shoxli mollarda, cho’chqalar,
itlar va mushuklarda respirator kasalliklarda (rinitlar, tonzillitlar, laringitlar, bronxitlar, pnevmoniya va
hokazo kasalliklarda); yirik qoramolda mastitlarda; cho’chqalarning enzootik pnevmoniyasi, artritlari,
dizenteriyasi, atrofik rinitlari va yolin kasalliklari holatida; qo’ylar va echkilarning yuqumli sutsizligida
(agalaktiya), yirik qoramol va mayda shoxli mollarda kampilobakterioz (vibrioz) holatida; panaritsiylar,
bakterial kelib chiqishdagi otitlarda va yuqtirilgan yaralarda; buzoqlar va sigirlarning yuqumli
kon’yunktivitlarida, shuningdek virusli kasaliklarda ikkilamchi bakterial yuqumli kasalliklar holatida
davolash vositasi sifatida qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Tilozin
50mg/200 mg
VETILOZIN
50; 200
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparatlar hayvonlarda mushak ichiga, sutkasiga 1 marta, 3
kun davomida quyidagi dozalarda qo’llanadi (hayvonlarning 1 kg tana vazniga hisobida):
Hayvonlar turi
Preparatlarning dozasi
Vetilozin-50 (ml/kg)
Vetilozin-200 (ml/kg)
Yirik qoramol
0,8-2,0
0,2-0,5
Qo’ylar,
echkilar
1,0-2,0
0,25-0,5
Cho’chqalar
0,4-2,0
0,1-0,5
Itlar va mushuklar
0,4-2,0
0,1-0,5
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Tilozin ko’pchilik gram-musbat va ba’zi gram-manfiy bakteriyalar,
shu jumladan streptokokklar, leptospiralar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, erizipelotrikslar, pasterellalar,
xlamidiyalar, xiodizenteriya treponemalari, spiroxetalar va mikoplazmalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.
Mushak ichiga kiritilganda antibiotik organizm bo’ylab tez tarqaladi va kiritilganidan keyin taxminan 1
soat o’tganda to’qimalar ichida maksimal konsentratsiyalariga yetadi. Antibiotikning to’qimalar ichidagi
davolovchi miqdori darajasi kamida 20 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan siydik bilan,
emizuvchi hayvonlarda esa sut bilan birga ham chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Kamdan-kam hollarda cho’chqalarda eritema, qichishish, respirator alomatlari,
yengil shishlar va to’g’ri ichakning ozgina chiqib qolishi shaklidagi allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin,
ular preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin tez o’tib ketadi. Yirik qoramolning nafas olishi va tomir
urishi tezlashishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Tilozinning kuchli ifodalangan antibakterial
ta’siri tufayli, preparatni penitsillin bilan (ayniqsa ampitsillin va oksatsillin
bilan), sefalosporinlar va linkomitsin bilan bir vaqtda qo’llash, shuningdek
preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik bo’lganda, qo’llash
tavsiya etilmaydi.
Preparatni otlar uchun qo’llanishi tavsiya etilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Qo’ylar, echkilar va cho’chqalarga bir joyda 5 ml
dan ortiq, yirik qoramolga esa 10 ml preparatdan ortiq kiritish, shuningdek
bitta shpritsning ichida boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya
etilmaydi.
Vazni 80 kg dan ortiq bo’lgan yirik qoramolni, vazni 10 kg dan ortiq bo’lgan
boshqa hayvonlarni davolash uchun Vetilozin-50 dan foydalanish maqsadga
muvofiq emas.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni kiritish
to’xtatilganidan keyin 8 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat
tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun, go’sht-suyak
unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Davolash davrida va preparatni oxirgi kiritishdan keyin 4 sutka
o’tishidan avval hayvonlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday
sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita.
Faol moddasi tilozin.
QADOQLANISHI:
50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatlar ehtiyotlik bilan quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta
olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.