Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29

32

33

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Oksitetratsiklin-100 quyidagi kasalliklarda qo’llanadi:





yirik qoramol (katta hayvonlar va yosh hayvonlar): pnevmoniya, mastit, pasterellyoz, plevrit, buzoqlar 

bo’g’masi, tuyoq chirishi, keratokonyunktivit, yarali yuqumli kasalliklar, anaplazmoz, virusli kasalliklarda 

ikkilamchi yuqumli kasalliklar.



cho’chqalar:  pnevmoniya,  pasterellyoz,  plevrit,  mastit,  atrofik  rinit,  yolin  yallig’lanishlari,  metrit-

mastit agalaktiya sindromi, yiringli artrit, kindik sepsisi, abstsess, yarali va tug’ruqdan keyingi yuqumli 

kasalliklar, virusli kasalliklarda ikkilamchi yuqumli kasalliklar.



qo’ylar va echkilar: enzootik homila tushib qolishi, tuyoq chirishi, metrit, mastit, peritonit, yarali yuqumli 

kasalliklar, echkilar pnevmoniyasi.

1 ml preparat tarkibi:

Oksitetratsiklin 

100 mg

OKSITETRATSIKLIN

 

100

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 Tanlangan davolash sxemasiga qarab, antibiotikning 

terapevtik konsentratsiyasi 24 yoki 48 soat davomida saqlanadi (uzaytirilgan ta’siri).

Davolash quyidagi sxemalardan biri bo’yicha o’tkazilishi mumkin:

- 24 soatlik sxema: preparat mushak ichiga (sekin!) sutkasiga bir marta, 

hayvonning 10 kg tana vazniga 0,3-0,8 ml hisobidan kiritiladi. Davolashning 

davomiyligi - 3-7 kun;

- 48 soatlik sxema: preparat mushak ichiga hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0-

2,0 ml hisobidan kiritiladi. 48 soatdan keyin inyeksiya qaytariladi. 

Davolash kursi 3-4 ta kiritishdan iborat.

Hayvonlar turi

Hayvonning 10 kg tana vazniga bir marotabalik 

dozasi

24 soatlik sxema



48 soatlik sxema

Yirik qoramol

0,3-0,5

1,0


Buzoqlar 

0,8


2,0

Qo’ylar va qo’zichoqlar

0,8

2,0


Cho’chqalar 

0,5


1,0

Cho’chqachalar 

0,8

2,0


1 ta inyeksiya joyiga kiritiladigan preparatning maksimal hajmi yrik qoramol uchun 20 ml, 

cho’chqalar uchun 5-10 ml, qo’ylar va echkilar uchun 5 ml dan oshmasligi lozimligini inobatga 

olgan holda, preparatning talab etiladigan dozasini tananing bir nechta joylariga kiritish lozim.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Oksitetratsiklin bakteriostatik ta’sir etuvchi antibiotikdir. Preparatda 

oksitetratsiklin  magniy  bilan  birikma  holatida  bo’lib,  bu  uning  uzoq  muddatli  (uzaytirilgan)  ta’sirini 

belgilab  beradi.  Preparat  tarkibiga  kiruvchi  oksitetratsiklin  aminoatsil-tRNK  ning  ribosomalarning 

30S-subbirligi  bilan  bog’lanishini  bloklaydi  va  bakterial  oqsilning  sintezini  ingibirlaydi.  Ta’sir  qilish 

doirasi gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarning ko’pchiligini qamrab oladi, ya’ni: streptokokklar, 

stafilokokklar,  korinebakteriyalar,  klostridiyalar,  erizipelotrikslar,  pasterellalar,  fuzobakteriyalar, 

salmonellalar, psevdomonadalar, gemofiluslar, antinobakteriyalar, shigellalar, esherixiyalar, xlamidiyalar, 

rikketsiyalar, spiroxetalar va mikoplazmalar.

Mushak ichiga kiritilganda antibiotik inyeksiya joyidan tez so’riladi va kiritishdan keyin taxminan 30-50 

daqiqadan  so’ng  to’qimalarda  maksimal  konsentratsiyalarga  erishadi.  U  hayvonning  barcha  a’zolariga 

va to’qimalariga kirib o’zlashadi, yo’ldosh to’sig’idan o’tadi. Organizmdan asosan siydik va o’t bilan, sut 

emizayotgan hayvonlarda esa sut bilan ham chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Preparat kiritilishidan keyin eritema va qichishish shaklidagi mahalliy allergik 

reaksiyalar rivojlanishi mumkin, ular, odatda, davolashsiz tuzalib ketadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatnig tarkibiy qismlariga individual o’ta sezgirlik.

Kortikosteroidlar va estrogenlar bilan bir vaqtda qo’llash tavsiya etilmaydi. Antibakterial ta’siri sezilarli 

pasayishi tufayli, oksitetratsiklin penitsillin va sefalosporin qatorining antibiotiklari bilan bir vaqtda 

qo’llanmaydi.

Preparat otlarga, itlarga, mushuklarga, shuningdek buyrak yetishmovchiligi bo’lgan boshqa hayvonlar 

turlariga, homilador hayvonlarga, yangi tug’ilgan hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR:

 Kuchli allergik reaksiya rivojlanganda kalsiy preparatlarini (xlorli kalsiy, kalsiy 

borglyukonat) tomir ichiga kiritish yoki antigistamin vositalarini (dimedrol) qo’llash lozim.

KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 

kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan 

hayvonlarning go’shti bevosita hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish 

uchun ishlatiladi. 

Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash 

to’xtatilganidan keyin 7 sutka davomida ishlatish kerak emas, lekin qaynatilanidan keyin u hayvonlarni 

oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Antimikrob vosita. Ta’sir etuvchi moddasi oksitetratsiklin. 

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan 

+20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.




34

35

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

  

Oksitetratsiklin-200 quyidagi kasalliklarda qo’llanadi:



- yirik qoramol (katta hayvonlar va yosh hayvonlar): pnevmoniya, mastit, pasterellyoz, plevrit, buzoqlar 

bo’g’masi, tuyoq chirishi, keratokonyunktivit, yarali yuqumli kasalliklar, anaplazmoz, virusli kasalliklarda 

ikkilamchi yuqumli kasalliklar;

- qo’ylar va echkilar: enzootik homila tushib qolishi, tuyoq chirishi, metrit, mastit, peritonit, yarali yuqumli 

kasalliklar, echkilar pnevmoniyasi;



- cho’chqalar: pnevmoniya,  pasterellyoz,  plevrit,  mastit,  atrofik  rinit,  yolin  yallig’lanishlari,  metrit-

mastit agalaktiya sindromi, yiringli artrit, kindik sepsisi, abstsess, yarali va tug’ruqdan keyingi yuqumli 

kasalliklar, virusli kasalliklarda ikkilamchi yuqumli kasalliklar.

1 ml preparat tarkibi:

Oksitetratsiklin 

200 mg


OKSITETRATSIKLIN

 

200

 Inyeksiya uchun eritma

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

  Preparat bir marotaba, mushak ichiga, hayvonlarning 10 

kg tana vazniga 1 ml dozasida kiritiladi. 1 ta inyeksiya joyiga 

kiritiladigan preparatning maksimal hajmi yrik qoramol uchun 20 

ml, cho’chqalar uchun 5-10 ml, qo’ylar va echkilar uchun 5 ml dan 

oshmasligi lozimligini inobatga olgan holda, preparatning talab 

etiladigan dozasini tananing bir nechta joylariga kiritish lozim.

Antibakterial

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Oksitetratsiklin bakteriostatik ta’sir etuvchi antibiotikdir. Preparatda 

oksitetratsiklin  magniy  bilan  birikma  holatida  bo’lib,  bu  uning  uzoq  muddatli  (uzaytirilgan)  ta’sirini 

belgilab  beradi.  Preparat  tarkibiga  kiruvchi  oksitetratsiklin  aminoatsil-tRNK  ning  ribosomalarning 

30S-subbirligi  bilan  bog’lanishini  bloklaydi  va  bakterial  oqsilning  sintezini  ingibirlaydi.  Ta’sir  qilish 

doirasi gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarning ko’pchiligini qamrab oladi, ya’ni: streptokokklar, 

stafilokokklar,  korinebakteriyalar,  klostridiyalar,  erizipelotrikslar,  pasterellalar,  fuzobakteriyalar, 

salmonellalar, psevdomonadalar, gemofiluslar, antinobakteriyalar, shigellalar, esherixiyalar, xlamidiyalar, 

rikketsiyalar, spiroxetalar va mikoplazmalar.

Mushak ichiga kiritilganda antibiotik inyeksiya joyidan tez so’riladi va kiritishdan keyin taxminan 30-50 

daqiqadan  so’ng  to’qimalarda  maksimal  konsentratsiyalarga  erishadi.  U  hayvonning  barcha  a’zolariga 

va to’qimalariga kirib o’zlashadi, yo’ldosh to’sig’idan o’tadi. Organizmdan asosan siydik va o’t bilan, sut 

emizayotgan hayvonlarda esa sut bilan ham chiqariladi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 Preparat kiritilishidan keyin eritema va qichishish shaklidagi mahalliy allergik 

reaksiyalar rivojlanishi mumkin, ular, odatda, davolashsiz tuzalib ketadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatnig tarkibiy qismlariga individual o’ta sezgirlik.

Kortikosteroidlar va estrogenlar bilan bir vaqtda qo’llash tavsiya etilmaydi. Antibakterial ta’siri sezilarli 

pasayishi tufayli, oksitetratsiklin penitsillin va sefalosporin qatorining antibiotiklari bilan bir vaqtda 

qo’llanmaydi.

Preparat otlarga, itlarga, mushuklarga, shuningdek buyrak yetishmovchiligi bo’lgan boshqa hayvonlar 

turlariga, homilador hayvonlarga, yangi tug’ilgan hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Kuchli allergik reaksiya rivojlanganda kalsiy preparatlarini (xlorli kalsiy, kalsiy 

borglyukonat) tomir ichiga kiritish yoki antigistamin vositalarini (dimedrol) qo’llash lozim.

KUTISH DAVRI: 

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 

kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan 

hayvonlarning go’shti bevosita hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish 

uchun ishlatiladi. 

Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash 

to’xtatilganidan keyin 7 sutka davomida ishlatish kerak emas, lekin qaynatilanidan keyin u hayvonlarni 

oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Antimikrob vosita. Ta’sir etuvchi moddasi oksitetratsiklin. 

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan 

+20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə