Преподавание зыка и литературы anguage and literature


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
uzb-2019 4-son

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdulla Qodiriy. Ro‘monlar. O‘tkan kunlar. Mehrobdan chayon. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at 
nashriyoti, 1994. 656-bet. 
2. Abdulla Qodiriy. To‘la asarlar to‘plami. Olti jildlik. 1-jild. – Toshkent: Fan, 1995. 296-bet. 
3. Umarali Normatov. Qodiriy bog‘i. – Toshkent: Yozuvchi, 1995. 220-bet. 


30
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
Chingiz Aytmatov nafaqat o‘zbek adabiyoti taraqqi-
yotida, balki o‘zbek xalqi hayotida ham muhim ahami-
yatga ega ijodkorlardan hisoblanadi. U o‘z asarlarida 
nafaqat qirg‘iz xalqi, balki Markaziy Osiyo xalqlarining 
turmush tarzi, qahramonlik xarakteri, orzu-intilishlari, 
istak-xohishlari-yu maqsadlarini, kurashini tasvirladi. 
Uning deyarli barcha asarlarida o‘zbek xalqi ruhiyati
dunyoqarashi, maqsadlari va dardiga yaqin obrazlarni 
ko‘rish mumkin.
Chingiz Aytmatov ijodi va XX asr o‘zbek adabi-
yotidagi uslubiy izlanishlar hamda sho‘rolar davri 
kishilari dardini his etish bilan bog‘liq mushtaraklik, 
qolaversa, Chingiz Aytmatovning XX asr o‘zbek adabi-
yotiga ta’siri, o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni kabi 
masalalar o‘zbek adabiyotshunosligida qisman tahlil 
etilgan, ammo monografik planda, atroflicha o‘rganil
-
magan. Zotan, o‘zbek va qirg‘iz xalqlari adabiyotidagi 
milliy ruhning yaqinligi, o‘zbek va qirg‘iz xalqlari paydo 
bo‘lishining tarixiy, ijtimoiy ildizlaridagi hamohanglik 
Chingiz Aytmatov asarlarini o‘zbek adabiyoti bilan ti-
pologik tahlil etishni taqozo etadi. Xususan, realistik
asarlar sujetida rivoyat va afsonalarni berish va undan 
zamonaviy g‘oyani yaratish, roman kompozitsiyasi va 
g‘oyaviy badiiy ruhi tasvirida O.Yoqubov, A.Muxtor, 
P.Qodirov, Sh.Xolmirzayev, N.Qobil, Murod Muham-
mad Do‘st kabi yozuvchilar ijodi Ch.Aytmatovning 
uslubiy izlanishlariga yaqin turishi va qirg‘iz adabiyo-
tining XX asr milliy so‘z san’atiga ta’siri masalalari xu-
susida o‘zbek va qirg‘iz adabiyotshunoslarining ayrim 
tadqiqotlarida aytib o‘tilgan. Hatto o‘zbek adabiyotining 
iste’dodli yozuvchilaridan biri Nurali Qobil o‘zbek va 
qirg‘iz adabiy aloqalariga bag‘ishlangan maqolasida 
o‘zining “Bolalikning tiniq osmoni” qissasini ayrim tan-
qidchilar “Oq kema”ning ikkinchi bir shakli, deb ta’kid-
lashganini e’tirof etgan edi.
1
Chingiz Aytmatovning O‘zbekistondagi eng faol 
targ‘ibotchilaridan biri, olim va tarjimon Asil Rashidov 
“Chingiz Aytmatov olami” nomli kitobida qirg‘iz yozuv-
chisining o‘zbek xalqi, adabiyoti, madaniyati va millati-
ga har jihatdan yaqinligi, Chingiz Aytmatovning o‘zbek 
ijodkorlari bilan adabiy aloqalari haqida ko‘plab ma’lu-
motlar keltirgan.
2
Sho‘rolar imperiyasining O‘rta Osiyo xalqlarini 
o‘tmishidan, tarixidan, an’analaridan ayirish, ular idroki-

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə