Present Continuous Xozirgi davomiy zamon



Yüklə 15 Kb.
tarix19.10.2023
ölçüsü15 Kb.
#128093
Unit 13


Present Continuous – Xozirgi davomiy zamon

Avvalo, bizga "verb" (fe'l) - harakatni ifodalovchi so'z kerak bo'ladi. Masalan: eat - yemoq. Fe'llarni har xil zamonlarga mos ko'rinishlari bo'ladi: yedi, yeyayotgan edi, yeyyapdi, yeydi va hokazo. Bugungi darsimizda "yeyobti" deyishni, ya'ni davom etayotgan hozirgi zamonni o'rganamiz. Buning uchun fe'lga "ing" qo'shimchasini qo'shish kerak bo'ladi:


He is eating bread - U non yeyobdi.
Eat - eating.
Davomiy hozirgi zamonda am/is/are qo'shimchalari ishlatilishi shart!
Subject+to be+ verb+ing+noun
Quyidagi kabi so'zlarda "ing" qo'shilishi bilan e harfi tushib qoladi:
come (kelmoq) - coming
smoke (chekmoq) - smoking
write (yozmoq) - writing.
Quyidagi kabi so'zlarda oxirgi harf ikkita bo'lib qoladi:
run (yugurmoq) – running cons+vow+cons
sit (o'tirmoq) - sitting
swim (suzmoq) - swimming
Quyidagi kabi so'zlarda ie o'rniga y qo'yiladi:
lie (yotmoq) - lying
die (o'lmoq) - dying

Boshqa ko'p so'zlarda hech qanday o'zgarishsiz "ing" qo'shilaveradi:


read - reading (o'qiyabdi)
learn - learning (o'rganyabdi)
watch - watching (tomosha qilyabdi).

Question - savol. Ya'ni, davomiy hozirgi zamon fe'lida savol berishni o'rganamiz.


Esimizda bo'lsa, 2-darsda darak gapni so'roq gapga o'zgartirish uchun "To be" (am/is/are) fe'lini otdan oldinga o'tkazishni o'rgangan edik. Bu ham xuddi shunday bo'ladi. "He is walking" (U yuryapdi) bo'lsa, "Is he walking?" (U yuryapdimi?) bo'ladi.
Har bir gapda what, who, where, how kabi so'roq so'zlar ko'pincha gapning avvalida keladi. Keyin "To be" fe'li, keyin subject (ot) keyin verb (harakat so'zi) yoziladi.
What are the children doing? - Bolalar nima qilishyapdi?
Why is she crying? - U (ayol) nimaga yig'layapdi?.
Inkor shakldaesa doim to be fe`lidan keyn not qo`shimchasini qo`shamiz!
Masalan: I am not crying – Men yig`layotganim yo`q.
She is not eating an ice cream – U muzqaymoq yeyotgani yo`q.

Opposite verbs
Opposite verbs bu qarama qarshi fe`llar.
Ex. Open- close
Love – hate
Start – finish
Yüklə 15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə