Presentation Title Here


Bir maromli (to’g’ri chiziqli) usul



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#111893
1   2   3   4   5   6
Bir maromli (to’g’ri chiziqli) usul deb tugatish qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo’yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya me’yori o’zgarmaydi. Amortizatsiya summasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Binobarin, amortizatsiya hisoblashning berilgan usulida uning summasi foydalanish muddati davomida bir xil bo’ladi, jamg’arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga yetguncha - bir tekisda kamayib boradi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli har yilda asosiy vositalarning bajargan ishini hisobga olishga asoslangan.
Mazkur usul bo’yicha har yillik eskirish mikdorini hisob-kitob qilish uchun butun foydalanish muddatidagi umumiy baholangan jami bajariladigan ish hajmini va muayyan yildagi bajarilgan ish hajmini bo’lish lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va xokazolar olinishi mumkin.
Amortizatsiya meyori quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya summasining kamayib borishini anglatadi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki baravarga oshiriladi.
Misol uchun, agar 5 yillik xizmat muddatida me’yor 20% (100/5)ni tashkil etsa, qoldiqni kamaytirish usulida me’yor 40% (20%*2=40%)ni tashkil etadi. Ushbu belgilangan stavka (40%) har yilning ohirida asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga nisbatan olinadi.
Kamayib boruvchi qoldiq usulida amortizatsiya hisoblash:
Yuqorida keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, 1-yilda amortizatsiya ajratmalari tugatish qiymati ayirilmagan to’liq boshlang’ich qiymat, ya’ni 500 000 so’m asosida aniqlandi. Foydalanish muddatining oxirgi yilida amortizatsiyani hisoblash uchun qo’llanadigan hisob-kitob shakli o’zgartiriladi, chunki oldindan baholangan va mo’ljallangan asosiy vositalarni tugatish qiymatini hisobdan chiqarishga olib keladigan miqdorda amortizatsiyani hisoblash mumkin emas. Shuning uchun oxirgi yilda hisob-kitob bo’yicha belgilangan 25,92 ming so’m (64 800*40%) o’rniga amortizatsiya 34,8 ming so’m miqdorida belgilanadi. Binobarin, oxirgi yilning yakunida asosiy vositalarning qiymati 30 ming so’mgacha kamaytirilgan va tugatish qiymatiga teng.


Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə