Presentation Title Here



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə4/6
tarix22.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#111893
1   2   3   4   5   6
 

Boshlang’ich qiymat

Yillik eskirish summasi

Jamg’arilgan eskirish

Balans qiymati

1-yilning oxiri

500 000

40%*500 000= 200 000

200 000

300 000

2-yilning oxiri

500 000

40%*300 000= 120 000

320 000

180 000

3-yilning oxiri

500 000

40%*180 000= 72 000

392 000

108 000

4-yilning oxiri

500 000

40%*108 000= 43 200

435 200

64 800

5-yilning oxiri

500 000

64 800-30 000= 34 800

470 000

30 000

Yillar yig’indisi usulida (kumulyativ usul) har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo’lagi sifatida belgilanadi. Bo’lak amortizatsiya ajratmalarining tugagunigacha qolgan to’lik yillar miqdorini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yo’llarning tartib sonlari yig’indisiga bo’lib aniqlanadi.
5 yil foydalanish muddatiga mo’ljallangan asosiy vositalar ob’ekti uchun yillik raqamlar yig’indisi quyidagini tashkil etadi: 5 + 4 + 3+ 2+ 1= 15 yil.
Masalan, amortizatsiyalanayotgan qiymat 470 ming so’m (500 000 - 30 000) bo’lgan holda har yilgi amortizatsiya ajratmalarini hisoblash quyidagicha bo’ladi:

 

Boshlang’ich qiymat

Yillik eskirish summasi

Jamg’arilgan eskirish

Balans qiymati

1-yilning oxiri

500 000

5/15*470 000

156 667

343 333

2-yilning oxiri

500 000

4/15*470 000

125 333

218 000

3-yilning oxiri

500 000

3/15*470 000

94 000

124 000

4-yilning oxiri

500 000

2/15*470 000

62 666

61 334

5-yilning oxiri

500 000

1/15*470 000

31 334

30 000

Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasigacha yil davomida o’zgarmagan holda ketma-ket qo’llanilishi lozim.
Soliq solish maqsadida amortizatsiya hisobi respublikaning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jadallashtirilgan usulda hisoblangan amortizatsiya summasi bilan soliq qonunchiligida belgilangan me’yorlar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 146-moddasi 4-bandiga muvofiq joriy davrda soliq solinadigan bazadan chegirmasdan xarajatlar tarkibida, ammo keyingi davrlarda soliq solinadigan bazadan chegirgan holda xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.
3. Asosiy vositalarni qayta baholash va ta’mirlash hisobi
Asosiy vositalarni qayta baholash - asosiy vositalar tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalarni qayta baholash «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash tartibi to’g’risida»gi nizom qoidalari bo’yicha:
– har yili tashkilotlar tomonidan, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari;
– uch yilda bir marta mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan (1-fevralgacha) 1-yanvar holatiga ko’ra qayta baholash o’tkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.
Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati qayta baholanishi mumkin (shu jumladan o’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bo’yicha vaqti-vaqti bilan).
Asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda qayta baholash o’tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar indeksatsiya yo’li bilan yoki rasmiy tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali qayta baholanadi.
Asosiy vositalarning baholashdagi ortgan summasi qayta baholash natijasida "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’iga rezerv kapitali tarkibiga hisoblanadi.
Asosiy vositalarning baholashdagi kamayish summasi qayta baholash natijasida "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’i rezerv kapitalining mazkur ob’ektning avvalgi hisobot davrlarida o’tkazilgan baholashdagi ortgan summasi atrofida kamayishiga tegishlidir.
Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning butligini nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalarni inventarlash o’tkaziladi, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Asosiy vositalarni inventarlash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil qilish va o’tkazish”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
XYuS ning xohishiga ko’ra asosiy vositalar kuyidagi ikki xil usul bilan qayta baholanishi mumkin:
to’gridan-to’gri qayta baholash usuli aniqrog’i hisoblanadi, chunki u ob’ektlarning joriy qiymati haqidagi axborotdan kelib chiqadi. Bu axborot esa baholanadigan ob’ektga o’xshash ob’ektning qayta baholash davrida 1 yanvar holatiga shakllangan xujjatlar bilan tasdiqlangan alohida ob’ektlar qiymati haqidagi; ishlaab chiqruvchi zavodlardan, savdo qiluvchi tashkilotlardan yozma ravishda olingan narxlar haqidagi; davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi haqidagi, shuningdek asosiy fondlar ob’ektlarining narxlari haqidagi ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda chop etilgan ekspertlik xulosalari ma’lumotlariga asoslanadi;
boshlang’ich (tiklash) qiymatini indeksatsiyalash usuli. Bu usul bo’yicha alohida ob’ektlar O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan asosiy vositalar qiymati o’zgarishi indekslarini qo’llagan holda qayta baholanadi.
Asosiy vositalar to’g’ridan-to’gri usul bilan qayta baholanganda buxgalteriya hisobida hisobda turuvchi eskirish summasiga qayta baholangandan keyingi tiklash qiymatining qayta baholashdan oldingi qiymatga nisbati bilan hisoblanadigan qayta hisoblash koeffitsienti bo’yicha tuzatish kiritiladi.
Asosiy vositalar indeksatsiyalash usuli bilan qayta baholanganda qayta baholash sanasi holatiga hisobda bo’lgan eskirish summasi (to’liq eskirish hisoblangan ob’ektlar ham bunga kiradi) tiklash qiymatigacha qayta hisoblashda asosiy fondlar qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga ko’paytirilishi lozim.
Tuzatish kiritilgan eskirish summasi bilan qayta baholashgacha bo’lgan eskirish summasi o’rtasidagi farq asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar kreditida (oshgan taqdirda) va debetida (kamaygan taqdirda) zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish ularni ta’mirlash (joriy, o’rtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi.
Joriy ta’mirlash - asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
O’rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash - agregatni to’liq ajratib yig’ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig’ish, sozlash va sinab ko’rishdir.
Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash - bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruktsiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Ob’ektni ishchi holatida tutib turish va undan foydalanishdan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydaning belgilangan boshlang’ich summasini olish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar ular daxldor bo’lgan hisobot davridagi xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turishga doir xarajatlar (texnik ko’rikdan o’tkazish va holatini yaxshilashga oid xarajatlar) hamda ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlanishini (joriy, o’rtacha, kapital tarzda) o’tkazish xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi, ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan asosiy vositalari bo’yicha esa - davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalar balansdan:
bepul (tekinga) berish
ishtirokchining yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan chiqishida asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilish natijasida
ayirboshlash
moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha berish (Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo’yicha asosiy vositalarni berish chog’ida asosiy vositalar balansdan hisobdan chiqarilmaydi)
tugatish
sotish
ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko’rinishida berish hisobdan chiqariladi.
kamomad yoki talafot aniqlanishi

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə