Presentation Title Here


Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#111893
1   2   3   4   5   6
4. Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi
Mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishidan qat’iy nazar barcha korxonalarda asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobda va hisobotda «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to'g'risida»gi nizomga muvofiq aks ettirilishi lozim
byudjet tashkilotlari - yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot mavjud bo’lmaganda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda
unitar korxonalar tomonidan xo’jalik yuritish huquqi bilan ularga tegishli bo’lgan ko’chmas asosiy vositalar - korxona mol-mulkining mulkdori roziligi bilan, qolgan asosiy vositalar esa - qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda
boshqa korxona va tashkilotlar - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda
tezkor boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonalari (davlat korxonalari) tomonidan korxona muassisining roziligi bilan
Asosiy vositalarni balansdan chiqaradilar:
Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" 9210-hisobvarag’ida yuritiladi. Ushbu hisobvarag’ning debetida boshlang’ich qiymat va tugatish bo’yicha xarajatlar, kreditida esa chiqarish kuniga hisoblangan eskirish summasi va tugatishdan olingan daromad hisobga olinadi.
Korxona va tashkilotlarda asosiy vositalarning chiqib ketishi munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish uchun rahbar (rahbar o’rinbosari) yoki bosh muhandis raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga korxona va tashkilotning tegishli mutaxassislari, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslari kiritilishi kerak. Komissiya korxona va tashkilot rahbarining buyrug’i bilan tuziladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi tugatish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Unda asosiy vositaning boshlang’ich qiymati, eskirish summasi yoziladi va tugatish bo’yicha natijalar hisob-kitobi tuziladi. Ushbu dalolatnoma asosida inventor varaqasi yopiladi va arxivga topshiriladi, bu haqda asosiy vositalarning inventor ro’yxatida yozuv qayd etiladi.
Asosiy vositalar ob’ektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda ilgari qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlarini qo’shimcha baholash summasi, mazkur asosiy vositalar ob’ektini ilgarigi qo’shimcha baholashlar summasining ilgarigi arzonlashtirishlar summasudan oshib ketishi "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" 8510-hisobvarag’i bo’yicha rezerv kapitalini biryo’la kamaytirish bilan asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə