XULQ-ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI. ONGNING TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK.
Презентация:
XULQ-ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI. ONGNING TARAQQIYOTI
VA ONGSIZLIK
Reja: 1. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. 2. Ong va uning taraqqiyoti. 3.
Psixologiyada ongsizlik muammosi.
Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta qiziqish uygotayotgan va inson sir-
sinoatlariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bolgan soha asab tizimini tadqiq
etish hisoblanadi. Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat korsatishini nerv
hosilalarining toplamlari taminlab beradi. Asab tizimi markaziy, periferik va
vegetativ bolimlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani oz
ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini otaydi va psixomotor
faoliyatni taminlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan
boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuygulari – korish, eshitish, tam
bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi. Periferik asab tizimi – nervlar va nerv
tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, opka, ovqat hazm qilish
tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va toqimalarni taminlaydi, bularning
barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga
bogliq bolmaydi
Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr
yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar koproq
kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari malum boldi.
Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kul rang
moddadan 6,5 marta koproq, gozal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta koproq
foydalanar ekan
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini
joylaydi, va natijada, kop miqdorda ortiqcha neyronlar hosil boladi. Ularning
taxminan 70% bolaning tugilish davrigacha nobud boladi va bu jarayon
tugilgandan song ham, umri boyi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud
bolishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan boladi. Neyronlar ota
egiluvchandir. Egiluvchanlikning manosi shundan iboratki, nobud bolgan asab
hujayralarining vazifalari ularning oz hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari»
zimmasiga yuklanadi, ularning olchamlari kattalashgani hisobiga yoqotilgan
vazifalarning orni toldiriladi. Malumotlarga kora, bosh miyadagi neyronlarning
90% ga yaqini nobud bolmagunicha, kasallik belgilari namoyon bolmay, inson
soglom korinishini saqlab qolar ekan. YAni, bitta tirik asab hujayrasi toqqizta
nobud bolgan hujayralarning ornini bosishi mumkin ekan.
Hayvon va odam tafakkurining bir-biridan farq qilishi ular tili ortasidagi farqqa
bogliqdir. Inson abstrakt tafakkurga, hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam
zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish korish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va
uni asrash qobiliyatiga egalik odam psixikasi bilan hayvon psixikasining bir-
biridan ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida
hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va
uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qoymaydi. Aniq vaziyatda qurol oz rolini
otab bolgach, shu zahotiyoq, hayvon uchun qurollik sifatini yoqotadi. Odam
ilgaridan oylab qoyilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda
foydalanadi hamda uni saqlab qoyadi.
Ong bu – obektiv borliqni aks ettirishning yuksak faqat insonga xos bolgan
shaklidir. Ong uzliksiz almashib turadigan aqliy va xissiy jarayondir. Binobarin
xissiy xolatlar bazzi miyasi rivojlangan hayvonlarda ham kuzatish mumkin.
Masalan: it, delfin, maymun va boshqalar. Inson hayvonlarni obektiv olamni
anglashi nima bilan farq qiladi? Inson va hayvonlar psixikasining tuzilishi jihatdan
bir xil bolishi mumkin lekin aynan psixik obrazlarni tashkillashtirish mexanizmi va
ular bilan munosabatga kirishuvchi jarayon insonda shunday fenomen ya,ni ong
borligini bildiradi
Dostları ilə paylaş: |