Prezentatsiya mavzu: Gigiyenaning predmeti va metodlari


Shuningdek,  teri  funksiyalari  va  ularning  buzilish  sabablari;  terini  parvarishqilish;  allergiya,  yiringli  va  zamburug'  kasalliklari,  qichima  profilaktikasi



Yüklə 419,62 Kb.
səhifə2/16
tarix14.04.2022
ölçüsü419,62 Kb.
#85449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
gigiena predmeti

Shuningdek,  teri  funksiyalari  va  ularning  buzilish  sabablari;  terini  parvarishqilish;  allergiya,  yiringli  va  zamburug'  kasalliklari,  qichima  profilaktikasi,  

kiyim-kechak  gigiyenasi  -  ob-havo  sharoitiga  qarab,  kiyim  va  poyafzal  tanlash;  terini 

parvarish  qilish  vositalari,  teri  kasalliklarining  oldini  olish  borasida  ham  bilimberiladi. 

Gigiyena

Gigiyena (yun. hygieinos — sogʻlom) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. G.ning bir necha sohalari bor. Aviatsion G., harbiy G., mehnat G. si, bolalar va oʻsmirlar G.si (maktab G.si), shaxsiy G., ijtimoiy G., ovqatlanish G.si, radiatsion G. va h.k. G. fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chun-ki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish G.ning vazifasidir. Sogʻliqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini taʼminlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va i. ch. korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzallarning gigiyenik normativlarini ishlab chiqish zamonaviy G.ning eng muhim vazifalaridan biridir. G.ning amaliy tomonini maxsus boʻlim — sanitariya tashkil etadi. Gigiyenik tadqiqrtlarda tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan oʻrganish usullari, sanitariya statistikasidan foydalangan holda bakteriologik, biokimyoviy, klinik va demografik tekshirish usullari qoʻllaniladi.


Yüklə 419,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə