Prezentatsiya mavzu: Gigiyenaning predmeti va metodlari



Yüklə 419,62 Kb.
səhifə3/16
tarix14.04.2022
ölçüsü419,62 Kb.
#85449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
gigiena predmeti

Gigiena eng qad. fanlardan. Kdd. Hindiston qonunlari majmuasida kiyim-kechakni almashtirish, teri va tishni parvarish qilish, oʻsimliklardan tayyorlangan ovqatlar yeyish zarur deb koʻrsatilar, ovqatga ruju qilish taqiqlanar edi. Misrda aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish uchun sanitariya tadbirlari amalga oshirilgan. Qad. Xorazm atrofidagi yirik obod shaharlarda hammomlar, toza suv olinadigan inshootlar boʻlgan. Qad. yunonlar shaxsiy G.ga qatʼiy amal qilishgan. Gippokrat havo, iqlim va suvni odam sogʻligʻiga taʼsir etadigan muhim omillar deb atagan. Abu Ali ibn Sinoning gigiyenaga doir fikrlari, sogʻliqni saqdash qoidalari koʻp asrlar mobaynida amaliy qoʻllanma boʻlib keldi; u havo va suv orqali tarqalib, kasallikka sabab boʻladigan qandaydir jonivorlar bor, deb faraz qilgan, suvni qaynatish yoki filtrlash kerak, degan talab esa ana shu farazga asoslangan. G. fani oldiga qoʻyilgan vazifa va talablarning ortishi, gigiyenik tekshirish usullarining murakkablashishi G. sohalarining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ilmiy G. 19-asrning 2-yarmidan rivojlana boshladi. Dastlab maktab G.si (hoz. bolalar va oʻsmirlar G.si), kom-munal G., ovqatlanish G.si va ijtimoiy G. maydonga keddi. Ionlashtiruvchi nurlar (radiatsiya)dan ishlab chiqarish, q.h. va tibbiyotda keng foydalanish xizmatchilarni radiatsiyadan saqlash va aholini nurlanish xavfidan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish muammosini vujudga keltirdi. Bu masalalar bilan radiatsion gigiyena shugʻullanadi.


Yüklə 419,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə