Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies



Yüklə 287,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü287,82 Kb.
#142947
1   2   3   4   5
1 (1)

Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 
19
th
April, 2023 
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
2 | 
P a g e
 
Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistondagi iqtisodiy muammolarga butunlay 
barxam berish uchun eng to’gri yo’l deb “Bozor iqtisodiyoti”ni tanladi va butun 
jaxon tan olgan taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni ishlab chiqdi. Ushbu model 
bo’yicha O’zbekiston yangi iqtisodiy tizimga “shok terapiyasi” yani birdaniga o’tish 
bilan emas balki bosqichma-bosqich o’tishi edi. O’zbek modelining besh bosqichi 
mavjut bo’lib bunda iqtisodiyotda davlat bosh islohotchi ro’lida edi. Bu tizim ishga 
tushirilib tajribaga tadbiq qilionishi bilan O’zbekistonda iqtisodiy muammolar vaqt 
o’tishi bilan hal qilina boshladi. Eng muhimi butun jaxon oldida O’zbekiston 1997-
yilga kelib qayt qilgan natijasi bozor iqtisodiyotini tanlab adashmaganini isbotladi. 
Ushbu model asosida hozirgi ishlab chiqarilayotgan yangi iqtisodiy rivojlannish 
tizimlari ham o’z samarasini berib kelmoqda lekin aynan hozirgi kunga kelib 
iqtisodiy muammolarni to’laqinli hal eta oldik deya olmaymiz. Chunki hozirgi 
rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixiga nazar tashlasak ular 
o’zidagi iqtisodiy muammolar va iqtisodiy o’sish darajasini sekinligini raqobat 
muhiti past ekanligida va ko’plab korxonalar tobora monopollashib borayotgani 
hamda ishlab chiqarish tarmoqlari faqat bir kompaniya qo’liga o’tayotganligini bilib 
bunga barxam beradi va korxonalarni maydalashtirish siyosatini qo’llay boshlaydi 
va natijada ulkan raqobat maydonini yaratishi hamda uni rivojlantirishi bilan hozirgi 
iqtisodiy yutuqlarga bir fundament quyadi deyishimiz mumkin. Hozirgi kunda 
O’zbekistonda ham monopoliyani qisqartirish va raqobat muhitini rivojlantirish 
uchun qator farmon va qarorlar ishlab chiqilmoqda, bu bilan mamlakatimiz 
hududidagi iqtisodiy muammolar tizimli yechilmoqda deya olamiz. Yirik korxonalar 
ma’lum darajada bizga foyda keltirmoqda masalan ko’plab odamlar ish bilan 
ta’minlanishi va yangi maxsulotlar ishlab chiqilsa keng miqyosda ishlab chiqarilishi 
kabiladir. Lekin raqobat yo’q joyda rivojlanish ham iqtisodiy o’sish ham bo’lmaydi. 

Yüklə 287,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə